PIYoDALARNING HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
AVTOMOBILNING HARAKATI NAZARIYaSI.
Transport vositalarining parametrlari. Transport vositasiga ta’sir etuvchi kuchlar. Balandlikka harakatlanishdagi qarshilik kuchi. Havoning qarshilik kuchi. Inertsiya kuchi. Tortish kuchi. SHina bilan qoplamaning tishlashish
kuchi.
Avtomobil transporti yuk tashuvchi, yo’lovchi va maxsus turlarga bo’linadi. Yuk avtomobillari o’z navbatida:
yuk tashuvchi avtomobillarga;
etakchi avtomobillarga:
tirkamalar va yarim tirkamalarga bo’linadi.
Yo’lovchi avtomobillar yo’lovchilarni tashishga mo’ljallangan bo’lib ular o’rindiqlar soniga qarab:
yengil avtomobillar:
avtobuslarga bo’linadi.
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo’ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jixozlangan bo’ladi. Bularga sanitariya, o’t o’chirish, avtotsisternalar, tsement tashuvchi, ko’cha supiruvchi, yuk ortish avtomobillari va boshqalar kiradi.
Avtomobillar umumfoydalanadigan yo’llarda harakatlanishga mo’ljallangan va yo’ldan tashqarida foydalanadigan – kar’er avtomobillariga bo’linadi.
Barcha avtomobillar ikki raqamdan iborat g’ildirak formulasi bilan tavsiflandi. Birinchi raqam – umumiy g’ildiraklar, ikkinchi tortuvchi g’ildiraklar soni. Masalan, Neksiya avtomobili 4 2, NivaSHevrole 4 4 g’ildirak formulasiga ega.
Barcha avtomobillar quyidagi asosiy parametrlar bilan tavsiflanadi:
Gabarit parametrlar. Bo’nga transport vositasining uzunligi, eni, balandligi, bazasi, g’ildirak izlari orasidagi masofa, yo’l tirqishi(avtomobilning eng pastki nuqtasidan yo’lgacha bo’lgan masofa), eng kichik burilish radiusi kiradi.
Og’irlik parametrlari Bularga to’liq og’irliktransport vositasining yuk, haydovchi, va yo’lovchilar bilan ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan og’irligi. Yuk ko’tarish qobiliyati transport vositasining tavsifnomasida ko’rsatilgan yuk og’irligi. Transport vositasining o’zining og’irligi(aslaxalangan,yuksiz, yoqilg’i, moylash, sovitish ash’yolari va jixozlari bilan).
Tortish qobiliyati. Transport vositasining tortish qobiliyati yuqori tezlik bilan yurishi, yo’l qarshiligi katta bo’lgan yo’l bo’lagida harakatlana olishi bilan tavsiflanadi. Tortish qobiliyati tortish g’ildiraklaridagi har xil tezliklardagi tortish kuchiga bog’liq.
Tortish qobiliyati maksimal tezlik, tezlanish vaqti(ma’lum tezlikka yetguncha ketgan vaqt, ma’lum yo’l bo’lagini bosib o’tish uchun sarflangan vaqt), harakatlanish mumkin bo’lgan maksimal nishablik bilan tavsiflanadi.
Tormozlanish qobiliyati. Transport vositalarining tormozlanishi tormoz yo’li, to’xtash yo’li va sekinlashish ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Turg’unlik transport vositasining sirpanish, siljish va ag’darilib ketishiga qarshi xususiyati.
Boshqaruvchanlik transport vositasining haydovchi belgilagan yo’nalishda harakatlanish xususiyati.
O’tuvchanlik transport vositasining notekis joylarda kuzovning pastki qismlari bilan tegmasdan harakatlana olishi.
Yoqilg’i tejamkorligi Transport vositasining belgilangan masofada sarflagan
yoqilg’i miqdori bilan (ko’pincha l/100 km), bir birlik bajarilgan transport ishi uchun sarflangan yoqilg’i(g/tkm) bilan tavsiflanadi. Yoqilg’i tejamkorligi transport vositasi dvigatelining quvvati va uning texnik holati, transmissiyaning texnik holati va unda ishqalanishlarni yengish uchun sarflanayotgan yoqilg’i, transport vositasining yuklanganligi, harakatlanish rejimi, haydovchining kvalifikatsiyasi, yo’l sharoiti va boshqalarga bog’liq..
Transport vositasining tavsifnomasida asosan yoqilg’ining nazorat sarfi ko’rsatiladi. Yoqilg’ining nazorat sarfi quyidagi sharoitda aniqlanadi: quruq , gorizontal, qattiq qoplamali yo’lda, shamolsiz sharoitda, shu transport vositasiga xos bo’lgan tezlikda, belgilangan og’irlikda. Transport vositasining yoqilg’i nazorat sarfiga qarab uning texnik holatini belgilanishi mumkin. Quyidagi jadvalda ayrim avtomobillarning nazorat yoqilg’i sarfi keltirilgan.
Avtomobillar
|
Benzin markasi
|
Yoqilg’i sarfi l/100 km.
|
Malibu
|
AI – 93
|
|
Captiva
|
AI – 91
|
|
Lasetti
|
AI – 91
|
|
Nexia
|
AI – 80
|
|
Spark
|
AI – 91
|
|
Transport vositasining yoqilg’i nazorat sarfi ekspluatatsiya sharoitida o’zgarishi mumkin. SHahar sharoitida yoqilg’i sarfi ortadi.
Transport vositasiga ta’sir etuvchi kuchlar
Avtomobilga harakat vaqtida quyidagi kuchlar ta’sir etadi: tortish kuchi, harakatga qarshilik kuchlar va inertsiya kuchi rasm12. Inertsiya kuchi harakat rejimiga qarab oldinga, orqaga va ko’ndalang yo’nalishga qaratilgan bo’lishi mumkin.
Avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlar va momentlar
Harakatga qarshilik kuchlariga: g’ildirakning g’ildirashiga qarshilik kuchi Rf , avtomobilga havoning qarshilik kuchi Rw , balandlikka chiqishga qarshilik kuchi – Ri , inertsiya kuchi – Rg. Qarshilik kuchlarini yengish uchun avtomobilning dvigateli ishlab chiqargan quvvat sarflanadi. Dvigatelda xosil bo’lgan burovchi moment transmissiya orqali yetakchi g’ildiraklarga uzatiladi. G’ildiraklar aylanib yo’l qoplamasiga ta’sir etuvchi aylanma kuch xosil qiladi. Yo’lning teng aks ta’sir etuvchi kuchi avtomobilni harakatlanishiga olib keladi. Avtomobilga ta’sir etuvchi barcha kuchlarni quyidagi ifoda bilan ko’rsatsh mumkin:
bunda
R t = R f+ R w + R i + Rg.
Rt – tortish kuchi
R f g’ildirashga qarshilik kuchi
R i balandlikka chiqishga qarshilik kuchi R w havoning qarshilik kuchi ,
Rg. inertsiya kuchi
Bu ifoda tortish balansi formulasi yoki kuchlar muvozanati tenglamasi deb nomlanadi va tortish kuchini qanday taqsimlanishini aniqlaydi.
G’ildirakning g’ildirashiga qarshilik kuchi shinaning yo’l qoplamasi bilan ta’siri natijasida xosil bo’ladiva quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
bunda R f g’ildirashga qarshilik kuchi Ga – avtomobilning og’irligi
Do'stlaringiz bilan baham: |