Yo’ltransport hodisalarini tahlil qilishning asosiy vazifalari va usullari
Harakat xavfsizligini tashqil etish uchun aniq tadbirlar belgilashda asosiy tayanch ko’rsatma sifatida YTH ni har taraflama chuqur obyektiv tahlil qilish natijalaridan olingan xulosalardan foydalaniladi.
YTH quyidagi vazifalarni hal qilish maqsadida tahlil qilinadi:
harakat xavfsizligiga taalluqli «Avtomobilhaydovchiyo’lpiyodamuhit» tizimiga kiruvchi har bir faktorning faoliyatiga tegishli tadbir va choralar ishlab chiqish uchun;
bironbir boshqaruv territoriyasidagi, vazirliklardagi va ularning korxonalaridagi falokatlar ahvolini, o’zgarish tendentsiyasini hamda istiqboldagi o’zgarishini bashorat qilish maqsadida;
YTH ning kelib chiqish sabablarini va ularni bartaraf qilish borasida tuziladigan ko’rsatmalarni ishlab chiqish uchun;
YTH ko’p qaytariladigan yo’l bo’laklarini aniqlash maqsadida;
bitta yoki bir necha bir xil YTH ning vujudga kelish sabablarini;
YTH ni tahlil qilish uchun universal dastur tuzish maqsadida.
Maqsad va vazifalariga qarab YTH ni tahlil qilishning miqdoriy, sifat va topografik usullari mavjud. YTH ni miqdoriy usul bilan tahlil qilishda halokatlarning
absolyut, nisbiy va solishtirma ko’rsatkichlari o’rganiladi.
Halokatlarning absolyut ko’rsatkichlariga quyidagilar misol bo’ladi: YTH ning umumiy (yillik, oylik, kvartal) soni; YTH da jarohat olganlar (o’lganlar) soni; jarohat olganlarning yoki o’lganlarning yoshiga, kasbiga qarab YTH dagi soni; haydovchilarning aybi bilan o’lganlar; jarohat olganlar soni; avtomobil yoki ular holatining nosozligi bilan bo’lgan YTH soni va h.k.
Nisbiy halokatlilik ko’rsatkichlari. Nisbiy halokatlilik ko’rsatkichlarini hisoblashda bitta absolyut ko’rsatkichni boshqa absolyut ko’rsatkichga nisbatan olinadi. Bunda nisbiy ko’rsatkichni umumiy ko’rinishda quyidagi formula orqali hisoblash mumkin.
О КА/ В
(3.1)
bu yerda Onisbiy ko’rsatkich; AVbironbir absolyut ko’rsatkichlar; Kmasshtabli koeffitsient.
Masalan AYTH soni, Vtransport vositalari soni bo’lsa va K*104 olinsa, bunda juda ko’p ishlatiladigan nisbiy ko’rsatkich YTH soni 10 ming transport vositasiga to’g’ri keladigan hisobi kelib chiqadi. Xuddi shuningdek, 10 ming aholi soniga va boshqa hisoblar olinishi mumkin.
Yo’l sharoitlarini hisobga olishda ko’pincha nisbiy halokatlilik koeffitsientidan foydalaniladi.
Uzun bir xil geometrik elementga ega yo’l uchastkalarini hisoblashda YTH sonini 1 million avtomobilkilometrga nisbati bilan o’lchanishi qabul qilinib, nisbiy halokatlilik koeffitsienti quyidagi formula bilan aniqlanadi.
106 Z
N 365LN ; (3.2) YTH sonimln.km.
bu yerda: Zbir yillik halokatlar soni; Nbir sutkadagi o’rtacha yillik harakat miqdori, avtsutka; Lyo’l uzunligi, km.
Juda qisqa masofada (ko’prik, yo’l o’tkazgich, chorraha va h.k.) yo’l sharoiti bilan farqlanadigan uchastkalar nisbiy halokatlilik koeffitsienti odatda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
106 Z
N 365N ; (3.3) YTH sonimln.avt.
Solishtirma halokatlilik ko’rsatkichi. YTH bironbir ko’rsatkichidan boshqa YTH qancha qismini tashqil qilishini tushuniladi va odatda foiz ko’rsatkichda keltiriladi. Masalan, jami YTH sonidan to’ntarilish (to’qnashish, piyodalarni bosib ketish yoki YTH halok bo’lgan bo’lganlar, jarohat ko’rganlar va h.k.) necha foizni tashqil qiladi.
O’zbekiston avtomobil yo’llarida YTH ning solishtirma avariyalik ko’rsatkichiga yaqqol misol qilib 2000 yilda jami YTH ni 21,4% piyodalar aybi bilan bo’lganligini aytish joiz.
YTH ni tahlil qilishning sifat usuli hodisalarning nima sababdan vujudga kelganini aniqlashga qaratiladi. Bu usul bilan yo’l harakatini tashqil etuvchilar
«avtomobilhaydovchiyo’lpiyodamuhit» tizimidagi elementlarning qaysi birining aybi bilan yoki birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan YTH ni tahlil qilish odat tusiga kirgan. Masalan, avtomobil yo’lining ma’lum chorraha bo’lagida yo’l
sharoitiga bog’liq ravishda YTH vujudga kelishi, unda piyodalarning o’rni yoki ma’lum yoshdagi haydovchilar sodir etadigan YTH turi, vaqti va h.k.
Yo’ltransport hodisalarining vujudga kelish joylarini aniq ko’rsatish uchun topografik usuldan foydalaniladi. Hozirda asosan uch turdagi topografik tahlil o’tkaziladi: haritada, chiziqli grafikda (yo’lko’cha bo’yicha) va masshtabli sxema.
SHahar, tuman yoki viloyatning masshtabli haritasida bir yoki bir necha yillar ichida sodir etilgan YTH ni ko’chayo’l, maydonlarda aniq joylarini shartli belgilar yordamida ko’rsatiladi. Bunday YTH haritasi yordamida YTH ni ko’p bo’ladigan joyi, turi, vaqti va hokazolar aniqlanib, ularni tahlil qilish natijalariga tayangan holda harakat xavfsizligini oshirish borasida aniq tadbirlar belgilanadi.
YTH ni chiziqlik grafigi ko’cha va yo’lning butun uzunasi bo’yicha yoki ma’lum bo’lagi uchun haritaga nisbatan katta masshtablarda YTH ni joylashni ko’rsatadi. Masshtab katta bo’lganligi sababli YTH yo’lning qanday elementlarining kamchiligi bilan sodir bo’lganligini yoki boshqa sabablarni aniq topishda bu usul ijobiy natijalar beradi.
YTH ni masshtabli sxemasida yo’l chorrahasini, temir yo’l pereezdni yoki boshqa yo’l bo’lagida bo’lgan YTH ni katta masshtablarda barcha yo’l qatnashchilarini (transport vositasini, piyodani) sxematik ravishda joylashtirilib ko’rsatiladi. Sxemani tahlil qilish natijasida YTH nima sababdan vujudga kelgani va har bir ishtirokchining hodisani oldini olish bo’yicha imkoniyatlari qay darajada ekanligi aniqlanadi. Bu sxemada transport vositalari va piyodalarning harakatlanish traektoriyalari ko’rsatilib, keyinchalik hodisa ro’y bergan joydagi yo’l sharoitini yoki harakatni tashqil etish bo’yicha o’zgartirish takliflari ishlab chiqiladi.
YTH ni tahlil qilida avtomobilyo’l xo’jaliklarida va davlat harakat xavfsizligi xizmati tizimida ko’pchilik hollarda amaliyotda uchraydigan savollarni yechishda va sodda tushunarli bo’lishda jadval, grafik, gastrogramma, tsiklogramma yoki topografik ko’rinishlarda foydalaniladi. Quyida xo’jalik faoliyatida keng tarqalgan jadval, grafik, gistrogramma, tsiklogramma va topograik ko’rinishlarida miosllar keltiramiz.
2000 yilning oylari bo’yicha haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTH to’g’risida ma’lumot 3.4jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |