MDH va boshqa mamlakatlarning ulushi dinamikasi
MDH davlatlari va boshqa mamlakatlar kesimida tashqi savdo tarkibida quyidagi tamoyil kuzatilmoqda:
-Tashqi savdo aylanmasida xorijiy davlatlar ulushi 2013 yil yanvar-sentyabrdagi 56,6 foizdan joriy yilning xuddi shu davrida 54 foizga tushdi. Tegishincha, MDH davlatlari ulushi 43,4 foizdan 46 foizgacha o’sdi;
-Tashqi savdo aylanmasida boshqa davlatlar ulushining pasayishiga asosan ushbu davlatlarga O’zbekiston eksporti ulushining 2013 yil yanvar-sentyabrdagi 51,4 foizdan 2014 yil yanvar-sentyabrdagi 47,3 foizgacha kamayishi sababchi bo’ldi;
-Import tarkibida sezilarsiz o’zgarish ro’y berdi – xorijiy mamlakatlardan import ulushi 2013 yil yanvar-sentyabrdagi 62,4 foizdan 2014 yil yanvar-sentyabrda 61,3 foizga o’zgardi (20-diagramma).
Do'stlaringiz bilan baham: |