O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 9,72 Mb.
bet158/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

21-diagramma



Import

  2014 yil yanvar-sentyabrida import hajmi 2013 yilning yanvar-sentyabri bilan solishtirganda 0,9 foizga oshdi. Import tarkibida mashina va uskunalar (2013 yil yanvar-sentyabridagi 44,6 foiz bilan solishtirganda 2014 yil yanvar-sentyabrida 40 foiz), kimyoviy mahsulotlar va undan tayyorlangan buyumlar (14,4 foiz va 16,3 foiz), oziq-ovqat tovarlari (9,7 foiz va 10,9 foiz) yuqori ulushga ega (22-diagramma).



22-diagramma



Hududiy tashqi savdo aylanmasi

  2014 yil yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi hajmi 7 776,6 mln. AQSh dollariga teng bo’ldi. Bu esa O’zbekiston Respublikasidagi jami tashqi savdo aylanmasining 36,5 foizini tashkil qilishini anglatadi. Shuningdek, Toshkent (12,5 foiz) va Andijon (9,1 foiz) viloyatlari ham bu borada sezilarli yutuqlarni qo’lga kiritdi.

23-diagramma

Tashqi savdo mamlakatlararo rivojlantirilishi O’zbekistonga uning tarmoqlar bo’yicha yo’nalishini ham ancha takomillashtirish imkonini berdi, eksportda xom ashyo resurslari, avvalo, paxta tolasi miqdori kamaydi va tayyor mahsulot hajmi ortdi. Importda oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol mollari hajmi qisqardi hamda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tuzilmaviy qayta qurish uchun zarur mashina va uskunalar, zamonaviy texnologiyalar salmog’i keskin o’sdi.

Asosiy eksport mahsulotlari bo’yicha o’zgaruvchan jaxon narxlari sharoitida, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mavqeini mustahkamlash uchun, 2014 yilda mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda, eksportga mo’ljallangan mahalliy mahsulotlar hajmi va turlarini kengaytirish bo’yicha ishlar amalga oshirildi.

Xususan, ammiak selitrasi, soda, kaliy xlorid, suprefos, mis qotishmalari, avtobuslar, yuk avtomobillari, ip-kalava va boshqa mahsulotlarni eksport qilishning fizik hajmi sezilarli oshdi.

O’zbekiston avtomobillari Rossiyada doim xaridorgir. “Matiz”, “Neksiya” kabi mashinalarimiz bu erda bir necha bor yilning eng yaxshi avtomobili deb topilgan. Joriy yilning birinchi choragida ushbu mamlakatda yangi brend ostidagi “Ravon Gentra” savdosi 7 foiz o’sgan. 

2014 yilda 200 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi, jumladan «Kobalt» va «Djentra» avtomobil modellari, shtamposvarka komponentlari, radiatorlar, shamollatish tizmlari, ugleammoniy tuzlari, poliakrilamid, ammoniy xlorid, natriy nitrati, magniy xlorat defolianti, ammoniy ozuqa fosfatlari, fitochoylar, tibbiy idishlar, emal idishlar, argon, elektr isitish choyshablari, avtomobil o’rindiqlari, uyinchoqlar, polimer materiallardan turli xil buyumlar va tashqi bozorda talab mavjud bo’lgan boshqa mahsulotlar.

O’zbekiston–Rossiya azaldan yirik iqtisodiy hamkorlardan biridir. O’zbekiston – Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy o’rin tutadi. 2013-2017 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2015-2019 yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda. 

Rossiya O’zbekistonning tashqi savdo sheriklari orasida ikkinchi o’rinda turadi. O’zbekiston Rossiyaga transport vositalari, paxta tolasi, trikotaj, meva-sabzavotlar, qora va rangli metallar, turli xizmatlar eksport qiladi. Rossiya mamlakatimizga transport vositalari, kimyo va qog’oz sanoati tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib beradi. 

O’zbekistonda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 900 dan ortiq qo’shma korxona faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda Rossiyaning 85 firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. O’zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o’sib bormoqda.

Investitsiyaviy hamkorlik ham faol rivojlanmoqda. Keyingi yillarda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 6 milliard dollardan oshgan. O’tgan yili bu ko’rsatkich 2014 yilga nisbatan 40 foiz o’sgan.  


O’zbekiston ham, Rossiya ham yoqilg’i-energetika sohasida ulkan salohiyatga ega. Bu mazkur yo’nalishdagi hamkorlik rivojida muhim o’rin tutmoqda. Rossiyaning «Lukoyl» va «Gazprom» neft-gaz kompaniyalari mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va o’zlashtirishda faol ishtirok etmoqda. Shu yil 19 aprel kuni Buxoro viloyatida «O’zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi bilan «Lukoyl» kompaniyasi hamkorligida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlandi. 

Mashinasozlik, asbobsozlik, elektorotexnika sanoatidagi texnologik Kooperatsiyaga asoslangan samarali aloqalar tiklanmoqda. Kabel mahsulotlari, elektrotexnik mashinalar, jihozlar va apparatura ishlab chiqarish sohalarida 19 ta O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi faoliyat yuritmoqda. 33 ta qo’shma korxona sanoat va maishiy turdagi asbob-uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mashinasozlik, mashina va jihozlarni ta’mirlaydigan 68 ta qo’shma korxona tuzilgan.

Rossiyada qishloq xo’jaligi mahsulotlariga talab yuqori. O’zbekiston bu sohada ulkan salohiyatga ega. Davlatimiz rahbarining shu yil 12 apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratdi. 

«Vimm Bill Dan» kompaniyasi yirik «Toshkensut» birlashmasi aksiyalarining 77 %ini xarid qilish hakida shartnoma imzoladi. Ushbu hujjatda sut mahsulotlarini qayta ishlash va meva sharbatlari ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona tuzish uchun 20 mln. dollar sarmoya kiritish ko’zda tutilgan.

So’nggi paytlarda Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning kengayishi iqtisodiy sharoit va o’zoro manfaatlarni ifodalovchi tabiiy jarayonga aylandi.


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish