O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Eng ko’p tarqalgan zararli moddalarning PDKsi



Download 9,72 Mb.
bet164/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

Eng ko’p tarqalgan zararli moddalarning PDKsi

Zararli moddalarning nomi

PDK max mg/m3

PDK sut. o’rt. me’yori mg/ m3

Azot dioksidi

0.085

0.04

Azot oksidi

0.4

0.06

Oltingugurt (IV) oksidi

0.5

0.05

Ammiak

0.2

0.04

Benz(a) piren

-

0.1

Uglerod oksidi

5

3

Ko’mir

0.05

0.02

Formaldegid

0.35

0.003

Xlor

0.1

0.03

43 - jadval

Quyidagi jadvalda esa ba’zi zaharli moddalarning ya’ni doimo massasi ortib boradigan moddalarning PDKsi berilgan (yog’ochli o’simliklar PDKsi).

Zararli moddalarning nomi

PDK mg/l

Azot oksidi

0.02

Ammiak

0.04

Benzol

0.05

Metanol

0.1

Sulfat kislotaning bug’lari

0.03

Oltingugurt (IV) oksidi

0.02

Vodorod sulfide

0.008

Chang

0.05

Siklogeksan

0.2

Formaldegid

0.003

Agar kam miqdordagi zararli modda atrof – muhitga salbiy ko’rsatib, lekin insonga zarari bo’lmasa, u holda uni atrof – muhitga ta’sirini olgan holda PDKsi belgilanadi. Ba’zi zararli moddalarga PDK o’rnatilmagan. U holda bunday moddalarga atmosferaga etkazgan zarariga qarab mo’ljal qilib olinadi.(OBUV – orientir bezopasniy uroven veshestv). OBUV – qisqa vaqtli gigienik normativ bo’lib, uni hisob kitob qilish natijasida miqdori belgilanadi. Asosan uni ishlab chiqarish korxonalar atrofida qo’llaniladi.

O’zbekistonda moddiy ishlab chiqarishning keng miqyoslarda rivojlanishi Chirchiq, Ohangaron, Farg’ona vodiysida, Qizilqum past tog’lari etaklarida, Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vohalarida bir necha sanoat va transport tugunlari, shaharlarni tarkib topishiga olib keldi. Sanoat ishlab chiqarishining beqiyos darajada taraqqiy qilishi atrof muhitni, xususan atmosfera havosi ifloslanishiga ta’sir etmoqda.

Sanoat ishlab chiqarishning atmosfera havosini ifloslantirishda ulushi quyidagicha (% hisobida): yoqilg’i sanoati-40, elektroenergetika-28, metallurgiya-14, qurilish industriyasi-5, kimyo sanoati-3 ni tashkil qiladi. O’zbekistonda boshqa davlatlar qatori atmosfera havosini muhofaza qilish ishlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan “Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun asosida amalga oshiriladi, bu qonun O’zR Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda tasdiqlangan.

Atmosferaga chiqarilayotgan sanoat chiqindilarini tozalash katta amaliy ahamiyatga ega. O’zbekiston hukumati 2015 yilda mamlakta sanoat sohasi korxonalarining ekologik dasturlari uchun 250 million dollar yo’naltiradi. “Ushbu loyihalar paxta tozalash, kimyo, metallurgiya sohasi korxonalarini belgilangan ekologik talab va normalarga muvofiq tarzda qayta qurollantirishni ko’zda tutadi.

Xususan, hujjatga asosan Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stantsiyasidagi chiqayotgan chiqindilarni yo’q qilish, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining balansdan chiqarilgan konlarini qayta ishlash, engil sanoat korxonalarida buyoqdan chiqqan oqova suvlarni chiqishi qayta ishlash bo’yicha uskunalarni o’rnatish, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasida qazib olish bo’yicha uskunalarni modernizatsi qilish, paxta sanoati korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ko’zda tutilgan.

O’zbekiston hukumati atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy va biologik resurslardan oqilona foydalanish bo’yicha 2015 yilga mo’ljallangan 14ta hududiy dasturni ma’qullagan. Hududiy dasturlar umumiy hisobda 690ta ekologik tadbirni o’z ichiga olgan. Xususan, baliqchilik sohasi salohiyatini oshirish, asalarichilik bo’yicha fermalarni tashkil etish, yovvoyi hayvonlar uchun yangi qo’riqxonalarni yaratish ko’zda tutilgan.

Sanoat revolyutsiyasi tufayli inson tabiatga ta’sirini juda kuchaytirdi. Ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tubdan o’zgardi, tabiiy resurslardan foydalanish xajmi keskin ortib ketdi.

XVIII-XIX asrlarda texnik taraqqiyot tabiiy resurslardan, qazilma boyliklar, er-suv resurslari, baliq zahiralaridan foydalanish va yovvoyi hayvonlarni ko’plab ovlashning kuchayishiga imkon yaratdi. Sanoat ishlab chiqarishda avval bug’ mashinalari, keyinchalik ichki yonuv dvigatellariga o’tilishi, shaharlar va sanoat markazlarining o’sishi ko’plab zararli chiqindilar miqdorining ortishiga sabab bo’ldi. Daryolardan foydalanish, suv havzalari, atmosfera havosi va tuproqlarning sanoat chiqindilari va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi sezila boshladi.

Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, aholi sonini tez sur’atlarda o’sib borishi insonning tabiatga ta’sir doirasini kengaytirib yubordi. Ayniqsa, insonning tabiat ustidan qozongan g’alabasidan mag’rurlanib amalga oshirilgan tadbirlar tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro muvozanat tarozini butunlayo buzilishga olib keldi. Insonning tabiatga ta’sirining salbiy oqibatlari, pirovard natijada uning o’ziga og’ir kulfatlar keltira boshladi.

Sanoatning kislorodga bo’lgan ehtiyoji orta borayotgan bir paytda, sayyoramiz o’simliklari ishlab chiqarayotgan kislorodning chorak qismiga yaqini inson tomonidan yoqib yuborilmokda. Yana yiliga atmosfera tarkibidan ishlab chiqarish maqsadlari uchun 90 mln. t. Kislorod va 70 mln. t. azot olinmokda. Olimlarning hisoblaricha yiliga yoqib yuborilayotgan kislorodning 1 foizi qayta tiklanmay qolaversa, yana VI –VII asrdan so’ng Er atmosferasi kislorod zahirasining 70 foizga yaqini tugashi mumkin ekan.

Buning ustiga Er sharida kislorodning asosiy manbai hisoblangan o’rmonlar maydoni yil sayin 125 mingkm.ga. qisqarmokda. Inson sayyoramiz yashil boyligi-o’rmonlarni 50 foizdan ortig’ini kesib bo’ldi. Evropa mamlakatlarida o’rmonlarning 85-95 foizi kesib yuborilgan bo’lsa, AQShda o’rmonlar maydoni qadimgi 900 mln. gadan 260 mln. gaga qisqardi. Hozir Hindistonning 18 foiz hududi o’rmon bilan qoplangan bo’lsa, XXI asrda bu ko’rsatkich atiga 9 foizni tashkil etadi.

Inson xo’jalik faoliyati natijasida atmosferaga yiliga faqat turli yoqilg’ilar yoqish hisobiga 22 mlrd. t. karbonad angidrid, 200 mln. t.dan ortiq, uglerod oksidi, 160 mln. t. sulfat oksidi, 50 mln. t. azot oksidi, yana shuncha uglevodlar, 250 mln. t. Turli kimyoviy zarrachalar – aerozollar hamda 300 mingt. qo’rg’oshin chiqarilmoqda.

XX asr o’rtalarida faqat toshko’mir yoqishning o’zidan er yuzasiga har yili 2 mlrd.t. shlak chiqarilgan. Faqat yoqilg’i yoqish maqsadida esa 15 mlrd.t. kislorod sarflanmokda.

Hozir inson quruqlik yuzasining 60 foizdan ortiq, qismdan o’z maqsadlari uchun foydalanayotgan bo’lsa (30 foizdan ortig’ida qishloq xo’jalikda, 11 foizda erlarni haydab ekin ekmoqda), 20 foizdan ortig’ini turli qurilishlar tufayli butunlay o’zgartirib yuborgan (XXasrning o’zida bunday erlar 250 mln.ra.ga ortdi), 100 mln. ga er faqat shaharlar qurilishi bilan band, sanoatlashgan hududlarning yarmidan ortig’ini muhandislik qurilmalari egallagan.

O’rmonlarning betartib kesib yuborilishi oqibatida keyingi 80-90 yil mobaynida dunyo bo’yicha sug’oriladigan erlarning chorak qismi eroziyaga uchrab (AQShda “eroziyaga uchragan” erlar 50 foizga yaqinlashdi) qishloq xo’jalikda foydalanishga yaroqsiz holga kelgan bo’lsa, suv eroziyasi tufayli yiliga 24 -10 t. Tuproqlarning unumdor qismi yuvilmokda.

Eroziyaning muqarrar rivojlanishi evaziga, keyingi asr mobaynida 2. mlrd. ga. Er yaroqsizlandi, yiliga 200-300 ming ga. Er sho’rlanish va botqoqlashish evaziga qishloq, xo’jalik ahamiyatini yo’qotmoqda.

1940 yilda 10 mln. t, 1983 yili 124 mln. t. Mineral o’g’itlar ishlab chiqilgan bo’lsa, hozirda yiliga 200 mingt. pestitsidlar ishlab chiqarilmoqda.

Ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar uchun yiliga sayyoramiz bo’yicha 4000 km. Suv talab etilayotgan bir paytda suv havzalarining, xususan dunyo okeani ifloslanish darajasining hozirgi ahvoli juda achinarli holdir.

Hozir inson Erdagi barcha kimyoviy elementlardan foydalanishdan tashqari yangilarini ham kashf etdi (XIXasrgacha 28 ta, XIXasrda esa 50 ta XXasr boshlarida 59 ta kimyoviy elementdan foydalangan). Yillik energiyaga bo’lgan ehtiyoj 15 mlrd. t. Shartli yoqilg’i hisobiga qondirilmoqda. Er qa’ridan yiliga 5 mlrd. t. ko’mir, 3 mlrd.t. neft va gaz kondensati, 700 mln. t. Temir rudasi, bir necha o’n milliont.lab: fosfat va kaliy tuzlari, boksid, marganets rudasi, million tonnalab: mis, kaliy, qo’rg’oshin, azbest, flkyurit, minglab t.lab: oltin, toriy va boshqa qazilma boyliklar olinmoqda. Agar mineral resurslardan foydalanish utarzda davom etadigan bo’lsa, mutaxassislar hisobi bo’yicha alyumin 550, ko’mir 500, temir 250, qalay 23, qo’rg’oshin esa 19 yilga etishi mumkin. Umuman 2500 yilga borib, barcha metallar zahirasi batomom tugaydi, degan bashoratlar mavjud.

Birgina Sobiq Ittifoq, hududida tabiiy resurslarga bo’lgan ehtiyoj 1914 yilda jon boshiga 7 t.ni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich 1940 yilda 8,6 t, 1960 yilda 17,3t, 1975 yilda 25-6 t ni tashkil etdi. Dunyo bo’yicha tabiiy resurslar va suvdan foydalanish yiliga 5 foizga, energiya ishlab chiqarish 8 foizga ortdi.

Shubhasiz, jamiyat rivojlanib borgan sari uning tabiatga ta’siri, tabiiy resurslardan foydalanish me’yori va tabiatni o’zgartirish imkoniyatlari ortib boradi. Ammo tabiatdan foydalanish va o’zgartirishning ham me’yori bor, o’sha me’yorni bilmaslik oqibatida endi tabiatning inson hayotiga va uning xo’jalik faoliyatiga teskari ta’siri namoyon bo’la boshladi.

XX asrda amalga oshirilgan qator yirik kashfiyotlar insoniyatning tabiatga va unda sodir bo’layotgan hodisalarga munosabatida inqilobiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Endilikda insoniyat fan-texnika taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida kompyuter, mikroelektronika, informatika va biotexnologiya yutuqlaridan keng foydalanish ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirishi bilan birga tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishga yo’l ochayotgan bo’lsada, fan-texnika yutuqlarini hayotda keng qo’llanilishi tufayli tabiatda bir qator muammolar ham vujudga keldi. Bunday noqulay ekologik sharoitlar hayot maqomining o’zgarishiga, kishilarning jismonan va ruhan toliqishiga, ularda turli surunkali-og’ir kasalliklarning paydo bo’lishi bilan birga, katta miqdorda ijtimoiy-iqtisodiy zarar ham keltira boshladi. Endi tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yo’nalishi faqat ilmiy asosda tabiatni, umuman biosferani saqlashga qaratilmog’i darkor. Inson biosferaning vazifasini engillashtirishga yordam berishi lozim -, deb yozadi akademik S.S.Shvarts- aks holda u vayron bo’ladi va Erda hayot yo’qoladi. Inson aslo bunga yo’l qo’ymasligi kerak. Ammo vujudga kelgan ekologik muammolarni bartaraf etish o’ta dolzarb, murakkab, serqirra, jumladan: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy va ilmiy masaladir. Uni ilmiy asosini yaratishda ekologiya fanining ahamiyati beqiyosdir.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish