O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Shanxay hamkorlik tashkiloti – xavfsizlik va hamkorlik garovi



Download 9,72 Mb.
bet153/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

2.Shanxay hamkorlik tashkiloti – xavfsizlik va hamkorlik garovi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tuzilganiga ham ko’p bo’lgani yo’q. Lekin 2001 yildan buyn o’tgan qisqa vaqt davomida u o’zining samaradorligini to’la namoyon etdi va jahon hamjamiyatining e’tiboriga tushdi. 2002 yili Sankt-Peterburg shahrida tashkilotning asosiy ta’sis hujjati – xaritasi qabul qilindi. 2004 yildan Pekinda uning Kotibiyati, Toshkentda esa Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) doimiy faoliyat ko’rsata boshladi.

ShHT asosiy vazifalari xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda savdo iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir. Shu yo’nalishdagi hamkorlik izchil rivojlantirilmoqda. 2020 yilgacha bo’lgan davrda ko’p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni ko’zda tutuvchi dastur qabul qilingan, terrorchilik, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi birgalikda kurash to’g’risida bitim imzolangan.

Bu nufuzli uchrashuvning yuksak saviyada o’tishi va umuman, mazkur anjumandan ko’zlangan maqsad va vazifalarga ershishda sammit ishiga raislik qilgan O’zbekiston rahbari xizmati katta bo’lgani ham ko’pchilik tomonidan haqli ravishda e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimizning ushbu anjumandagi nutqida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) faoliyatini yanada takomillashtirish, xalqaro terrorizm va diniy eksremizmga qarshi kurashish, mintaqamizdagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish bo’yicha ilgari surilgan g’oya va takliflar sammit ishining ma’no-mazmunini belgilash va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Yurtboshimiz o’z nutqida sammit ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, kun tartibiga qo’yilgan masalalar haqida to’xtalib, quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tdi: - «O’ylaymanki, Toshkent sammiti ShHTning tashkiliy jihatdan shakllanishi va avval tuzilgan tashkiliy tuzilmalar va institutlarni aniq ma’no- mazmun bilan to’ldirishdagi yakuniy bosqich sifatida tarixda qoladi».

Hozirgi vaqtda Pekinda ShHTning kotibiyati ish olib bormoqda.

Toshkentda Mintaqaviy antiterror markazi tuzildi. O’tgan davr mobaynida bu masala bo’yicha uch bor yig’ilish o’tkazgan O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari kengashi o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni izchil bajarmoqda, ShHTning Muvofiqlashtiruvchilar kengashi tezkor, o’ta muhim ishlarni amalga oshirmoqda.

Ushbu sammit arafasida ShHTga a’zo mamlakatlar xavfsizlik kengashlari kotiblarining uchrashuvi hamda iqtisodiyot va savdo vazirlarining majlisi samarali o’tganini alohida qayd etish zarur. Bularning barchasi haqida gapirganda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’tgan davrda bajarilgan jami ishlar ShHT mamlakatlari, birinchi galda, Rossiya va Xitoy rahbarlarining Shanxay hamkorlik tashkiloti o’z zimmasiga shu mintaqada yashovchi xalqlar xavfsizligi va barqarorligi hamda faravonligini ta’minlash mas’uliyatini olishga qodir bo’lgan nufuzli xalqaro tashkilotga aylantirishga qaratilgan qat’iy irodasi va azmu shijoati tufayli amalga oshirildi.

ShHT faoliyati istiqboli va samaradorligi ko’p jihatdan BMT xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bo’lmish ana shu ikki etakchi davlat – Rossiya Federasiyasi va Xitoy Xalq Respublikasining faol ishtiroki va hamkorlikdagi harakatlariga bog’liq.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyodagi vaziyatga baho berar ekan, butun dunyoda xavfsizlik va barqarorlikka tahdid va xavf-xatar oshib borayotgan bir sharoitda bu mintaqa o’zining geosiyosiy va geostrategik ahamiyati hamda boy tabiiy - iqtisodiy, mineral-xom ashyo va birinchi navbatda uglevodorod zahiralari tufayli xalqaro hamjamiyat diqqat markazida bo’lib kelayotganini qayd etdi. Xususan, Afg’onistondagi tiklanish jarayoni bilan bog’liq masalalarga e’tiborni qaratdi.

Voqealar ijobiy yo’nalishda rivojlanayotganiga qaramay, Afg’oniston vaziyatni barqarorlashtirish va mamlakatni tinch yo’l bilan qayta tiklash uchun jiddiy yordamga ehtiyoj sezmoqda. Bu zaminda giyohvand moddalar ishlab chiqarish hajmi ortib borayotgani, ayniqsa, katta xavotir uyg’otadi.

Mintaqa mamlakatlaridagi vaziyatga xavf soladigan xalqaro terroristik, ekstremistik va ayirmachi kuchlarning faollashayotgani ham qattiq tashvish uyg’otmay qolmaydi.

Islom Karimov hozirgi kunda har bir mamlakatning va butun mintaqaning manfaatlarini inobatga olgan holda, kommunikatsiya va transport sohasi, suv-energetika va xom ashyo zahiralari, insoniy salohiyatdan oqilona foydalanishga doir loyihalarni amalga oshirish bo’yicha harakatlarni o’zaro kelishish va muvofiqlashtirish masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Mintaqaga xorijiy kapital va investitsiyalarni jalb etish, shu maqsadda bu hududiydagi barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan sharoit va qoidalarni shakllantirish lozimligini uqtirib o’tdi.

«Markaziy Osiyo mustaqil davalatlari har biri o’ziga xos tarixiy, etnik-madaniy ildizlarga, diniy va ijtimoiy turmush tarziga, o’z mentalitetiga ega bo’lgan mamlakatlar va xalqlar yashaydigan mintaqa ekanini doimo yodda tutish muhim O’zbekiston Prezidenti – ularning har biri vazmin, juda e’tibor bilan, ta’bir joiz bo’lsa, hurmat-ehtirom bilan yondashishni talab qiladi-dedi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Markaziy Osiyoda yuz berayotgan ko’plab voqealarni tushunishning kaliti va mintaqada barqarolik va xavfsizlikni saqlash borasidagi murakkab muammolarning echimi ko’p jihatdan ana shunday yondashuv zamirida mujassamlashadi. Aynan ana shu omillarni hisobga olmaydigan barcha tashabbuslar samarali va muvaffaqiyatli bo’lmaydi.

Biz shunga qat’iy aminmizki, ShHTning binosini ko’tarib turadigan asosiy ustunlar, eng muhim yo’nalishlar xavfsizlik va iqtisodiyot bo’lishi zarur. Ana shu ikki ustun yoki ta’bir joiz bo’lsa, aravaning ikki g’ildiragiga tayangan holdagina, ShHT faoliyati samaradorligi va uning xalqaro nufuzini, shiddat bilan o’zgarayotgan dunyodagi vaziyatga mos tarzda harakat qilishini ta’minlash mumkin.

Islom Karimov O’zbekiston ShHTning ustuvor vazifasi sifatida e’lon qilingan xalqaro terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik va giyohvand moddalar savdosiga qarshi murosasiz kurashni so’zsiz qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirokida rasman ochilayotgan Mintaqaviy antiterror markazining faoliyati ayni ana shu maqsad va vazifalarga qaratilgan, dedi davlatimiz rahbari va ushbu tuzilma faoliyatini takomillashtirish haqida to’xtalib, jumladan, qo’yidagi amaliy taklif va mulohazalarni ilgari surdi:

«Mintaqaviy antiterror tuzilmaning o’z vaqtida ishga tushirilishi ShHTga a’zo barcha mamlakatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari davlat rahbarlarining bu masalaga shaxsiy e’tibori tufayli amalga oshdi».

Mintaqaviy antiterror tuzilmaning maqomi, faoliyat yo’nalishlari ShHTning davlat boshliqlari darajasida tasdiqlangan asosiy hujjatlari bilan belgilab berilgan. ShHTning turli darajadagi uchrashuvlarida Mintaqaviy antiterror tuzilma faoliyatini bevosita shakllantirish va tashkil qilish bilan bog’liq jami 9 ta xujjat qabul qilindi.

«Mintaqaviy antiterror tuzilma muvaffaqiyatli faoliyat olib borishining eng muhim sharti – bizning Markaziy Osiyo mintaqasi va butun dunyodagi xavfsizlik va barqarorlikka qarshi qaratilgan xavf-xatar va tahdidlarga umumiy hamda yagona yondashuv va qarashimiz, desam, umumiy fikrni aytgan bo’laman», – dedi yurtboshimiz.

Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz xavfsizligiga bir xilda tahdid solayotgan xatarlarning umumiyligini anglash bizni birlashtirishi zarur va shart.

Ikkinchidan, Mintaqaviy antiterror tuzilmani ShHT mamlakatlarining tegishli xizmatlari vakillari qo’yilgan vazifalarni yuksak professional darajada hal etishga qodir bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to’ldirish o’ta dolzarb ahamiyatga ega. Mintaqaviy antiterror tuzilmaning bosh idorasi xodimlari ularni vakil qilib yuborgan mamlakatlar poytaxtlaridagi o’z hamkasblari bilan bog’lanishlari, muloqot qilishlari va doimiy aloqada bo’lib turishlari juda muhim.

Uchinchidan, biz ishonamizki, faqat maxsus xizmatlar va huquq - tartibot idoralari o’rtasidagi yuqori darajadagi ishonch va yaqin hamkorlikkina tezkor ahamiyatga ega bo’lgan axborotlar bilan o’z vaqtida almashish, turli xavf-xatarlarga qarshi oldindan zarba beradigan tadbirlarni hamkorlikda aniq rejalashtirish va amalga oshirishni ta’minlaydigan haqiqiy samarali aloqalarni yo’lga qo’yish imkonini beradi.

To’rtinchidan, Mintaqaviy antiterror tuzilma BMT, ASEAN, Interpol, Evropol singari etakchi xalqaro tashkilotlarning antiterror markazlari bilan amaliy hamkorlik uchun ochiq bo’lishi lozim.

Beshinchidan, agarki xalqaro terrorizm va uning ortida turgan ekstremistik markazlar va kuchlar katta moliyaviy va boshqa resurslarga, o’zgarayotgan vaziyatga qarab tez shaklini o’zgartirish va moslashish qobiliyatiga ega bo’lsa, bunday balo-qazoga qarshi kurashish ularga maxsus, ko’p tomonlama hamkorlik usullarini va birinchi navbatda oldindan payini qirqish ishlarini qo’llashni talab qiladi.

Oltinchidan, ShHT ish yuritishning faqat kuch ishlatish va huquq-tartibot usulari bilan cheklanib qolmasligi lozim. Muammoga kengroq qarash zarur. Bizning nazarimizda, terrorizmning mafkuraviy negizi va manbalarini tag-tomiri bilan qo’porib tashlash uchun butun bir tabirlar majmui, jumladan, ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim, targ’ibot - tashviqot yo’nalichidagi ishlarni amalga oshirish lozim.

Mintaqaviy antiterror tuzilmaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo’yicha O’zbekiston bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarini ishga soladi, deb ishontirib aytmoqchiman,-dedi mamlakatimiz rahbari.

Biz faqat terrorchilik ko’rinishlarining o’ziga, portlashlar sodir etib, begunoh odamlarning umriga zomin bo’layotganlarga qarshi kurash bilan cheklanmasligimiz kerak. Bular aslida biz terrorizm deb ataydigan nayzaning bir ushi, xolos.

Avvalambor, nafrat va terrorchilik mafkurasini yaratayogan ko’p sonli radikal va ekstremistik markazlarga, odamlarning ongini zaharlayotgan va birinchi galda yoshlarni yo’ldan ozdirayotgan, aytish mumkinki, bo’lajak terrorchilarni tayyorlaydigan bamisoli konveer yaratayotganlarga qarshi kurashish darkor».

O’zbekiston Prezidenti hech qaysi mamlakat narkoagressiya, xalqaro terrorchilik, diniy ekstremizm va ayirma chilik kabi hududiydan boshqa hududiyga o’tishiga befarq qarayodigan shunchaki «tranzit» bo’lolmasligi va bo’lishi ham mumkin emasligini alohida ta’kidladi. Afsuski, ba’zi qo’shni hududiylarda bu borada o’zgacha fikrlar ham quloqqa chalinmoqda. Yovuzlik nayzasi hozircha boshqalarga qaratilganiga ishonib, bunday ofat va tahdidlarga qarshi qat’iy kurashdan o’zini chetga olishga urinish xatarli xato bo’lishi mumkin. Chunki xavfsizlik yaxlit va bo’linmaydigan tushuncha ekanini hayotning o’zi takror va takror isbotlamoqda. Shu bois «ShHTning javobgarlik hududi» degan tushuncha iste’molga kirishga haqli va buning uchun barcha asoslar bor.

ShHTning iqtisodiy tuzilmalarini kuchaytirish zarurati haqida to’xtalib, Prezidentimiz sammit ishtirokchilarining e’tiborini yana bir muhim masalaga qaratdi. Markaziy Osiyo umumiy bozorini shakllantirishni biz bu vazifani tubdan hal etishing echimlaridan biri deb bilamiz. Bu vazifaning amalga oshirilishi, bizning nazarimizda, mintaqa mamlakatlari va xalqlarining tub strategik manfaatlariga mos kelgan bo’lur edi. Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning faol ishtirokida umumiy bozor tuzish bugun amalda bo’lgan tor milliy doiradagi bozorlar o’rniga mintaqada tovarlar va xizmatlarning, mehnat va sarmoyaning yagona yondashuv, yagona qonuniy me’yor va qoidalar joriy etilgan yirik va juda keng ko’lamli bozorini shakllantirish imkonini beradi.

Shu tariqa xorijiy sarmoya va ilg’or texnologiyalarni jalb etish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Bu esa pirovardida iqtisodiyotni barqaror o’stirish va odamlar turmush darajasini oshirishni ta’minlashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Islom Karimov O’zbekiston tomoni sammit yig’ilishida Markaziy Osiyo hududi orqali o’tadigan yirik transport-kommunikatsiya loyihalari, transport yo’laklari va yo’nalishlari borasida ilgari surilgan g’oya va takliflarni qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi. Bu g’oya va takliflar o’z navbatida ShHTga a’zo davlatlar bilan Evropa Ittifoqi, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytiruvchi omilga aylanishi mumkinligiga e’tiborni qaratdi.

Afg’onistonni mintaqaviy muammolarni echishga jalb etish, mamlakatni tinchlik yo’li bilan qayta tiklash jarayonida zarur yordamni ko’rsatish maqsadida ShHT davlatlarining Afg’onistonga ko’maklashish bo’yicha o’zaro kelishilgan, aniq qo’shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va qabul qilish maqsadga muvofiq bo’lur edi.


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish