O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet54/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

TEST SAVOLLARI

  1. Shokning ikkinchi fazasi qanday ataladi:

  1. erektil faza;

  2. paralitik faza;

  1. torpid faza;

  2. uremik faza;

  3. gipoglikemik faza.

  1. Kuyish shokining oldini olish maqsadida qanday tadbirlar qilinadi:

  1. antibakterial terapiya;

  2. og‘riqsizlantirish infuzion terapiya;

  1. terini ko‘chirish;

  2. gemotransfuziya;

  3. qoqsholga qarshi emlash.




  1. Shokning birinchi fazasi qanday ataladi:

  1. erektil faza;

  2. paraletik faza;

  1. torpid faza;

  2. uremik faza;

  3. gipoglikemik faza.

  1. Kuyishning qaysi darajasida qoqsholning oldini olish maqsadida qoqsholga qarshi zardob qilinadi:

  1. 4 darajasida;

  2. 2 darajasida;

  1. 1 darajasida;

  2. 3 darajasida;

  3. hamma darajasida.

  1. Travmatik shokning oldini olish uchun qaysi analgetiklar qo‘llaniladi:

  1. promedol;

  2. analgin;

  1. baralgin;

  2. amidopirin;

  3. pentalgin.

  1. Kuyish shokini davolashda suv-elektrolit balansini tiklash uchun quyidagilarning qaysi biri qo‘llaniladi:

  1. glukoza 5 %;

  2. Ringeo-Lokk eritmasi;

  1. konservalangan qon;

  2. albumin;

  3. leykotsit massasi.

  1. Travmatik shok rivojlanishiga nimalar sabab bo‘ladi:

  1. ko‘p qon quyish;

  2. kuchli og‘riq;

  1. og‘riq qoldirish;

  2. infuzion terapiya o‘tkazish;

  3. immobilizatsiya.

  1. Kuyishning 2—3-darajasida tananing necha foizi kuyganda shok rivojlanishi mumkin:

  1. 30 %;

  2. 20 %;

  1. 40 %;

  2. 10 %;

  3. 2 %.




  1. vitaminoterapiya;

  2. antibiotiklar;

  1. sulfanilamidlar;

  2. antigistamin preparatlar, kortikosteroidlar;

  3. gemotransfuziyalar.

10. Shokning belgilarini ko‘rsating:

  1. arterial bosimning pasayishi, yuzaki taxipnoe;

  2. arterial bosimning ko‘tarilishi;

  1. bradikardiya;

  2. arterial bosim o‘zgarmaydi;

  3. teri quruq.


  • torpid faza

  • erektil faza


gemotransfuziya


  • urimik faza

  • paralitik faza


  • leykotsit massasi

  • eritrotsit massasi

  • immobilizatsiya

  • gipoglikemik faza

  • bradikardiya





BU SO‘ZLARNI ESLAB QOLING

SHIKASTLANISHLARDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH

Jarohatlar haqida tushuncha, uning tasnifi, belgilari

Jarohat deganda, teri yoki shilliq pardalarning mexanik shikastlanishi yoki boshqa ta’sirlar natijasida buzilishiga aytiladi. Bunda ichkarida yotgan to‘qimalarni butunligi buzilishi mumkin. Shikast yetkazuvchi predmetning tana ichkarisiga kirishi natijasida to‘qimalar orasida hosil bo‘ladigan bo‘shliqqa jarohat kanali, deyiladi. Jarohatlanishlar xususiyatiga qarab quyidagi turlari farqlanadi:



  1. yuza jarohatlar — teri va shilliq pardalarning shikastlanishi bilan xarakterlanadi;

  2. chuqur jarohatlar — tomirlar, asablar, suyaklar, paylar, ichki a’zolarning shikastlanishi bilan o‘tishi mumkin. Operatsiya vaqtida steril asboblar hosil qiladigan jarohatlardan tashqari, hamma jarohatlarni infeksiya tushgan jarohatlar, deb hisoblash mumkin.

Jarohat turlari

  1. Sanchilgan jarohatlarbiror predmet, pichoq, nayza, bigiz, igna sanchilganda hosil bo‘ladi. Jarohatning bu turida jarohatning tashqi teshigi kichkina bo‘lib, o‘zi odatda chuqur bo‘ladi. Jarohat kanali, aksari tor va to‘qimalarning so‘rilishi natijasida (muskullarning qisqarishi, terining surilishi) u uzuq-uzuq egri-bugri bo‘ladi. Bu sanchilgan jarohatlarni, ayniqsa, xavfli qiladi, chunki shikastning chuqurligini va ichki a’zolarning shikastlanganligini aniqlash qiyin. Ichki a’zolarning payqalmay qolgan shikastlari ichki a’zolardan qon ketishi, peritonit (qorin pardasining yallig‘lanishi) va pnevmotoraksga sabab bo‘lishi mumkin.

  2. Kesilgan jarohatlar o‘tkir, tig‘li predmet (pichoq, ustara, oyna, skalpel) kesganda yuzaga keladi. Bunday jarohatning chetlari tekis kesilmagan bo‘ladi. Jarohat ochiq bo‘lib qonab turadi, bitishi yaxshi kechadi.

  3. Shilingan jarohatlar kesilgan jarohatning bir turi bo‘lib, bunda teri va teri osti yog‘ to‘qimasi yotgan to‘qimalardan ko‘chib chiqqan bo‘ladi. Bunday jarohatlar urinma chiziq bo‘yicha harakat qilayotgan kesuvchi buyumdan shikastlanish oqibatida yuz beradi.

  4. Chopilgan jarohatlar o‘tkir, biroq og‘ir predmet (bolta, qilich va boshqalar) bilan urilganda sodir bo‘ladi. Tashqaridan qaraganda u kesilgan jarohatni eslatishi mumkin, biroq, jarohat kattagina sohani egallaydi va aksari suyaklarning shikastlanishi bilan o‘tadi. Jarohat chetlari birmuncha majaqlangan bo‘ladi.

  5. Lat bo‘lgan jarohatlar to‘mtoq predmet (bolg‘a, tosh va boshqalar) bilan to‘qimalarga ta’sir qilganda paydo bo‘ladi. Urilgan jarohat chetlari majaqlangan, notekis, qonga belangan. Tomirlarning shikastlanishi va ularning trombozga uchrashidan jarohat chetlarining oziqlanishi buziladi va ular nekrozga uchraydi. Majaqlangan to‘qimalar mikroblar ko‘payishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Shu sababli urib olingan jarohatlarga infeksiya oson tushadi.

  6. O‘q tekkan jarohatlar tananing o‘q otadigan quroldan otilgan snaryaddan jarohatlanish oqibatidir. Snaryadning turiga ko‘ra o‘qdan, sochma o‘qdan, oskolkadan yaralanish farq qiladi. O‘q tekkan jarohat teshib o‘tgan bo‘lishi mumkin, bunda yaralovchi predmet teshib o‘tadi va jarohatning kirish va chiqish teshiklari bo‘ladi: tanada tiqilib qolganda yopiq yaralanish deyiladi. Predmet yuza jarohatlab, organga sal tegib o‘tganda tegib o‘tgan yaralanish deb ataladi. Teshib o‘tgan yaralanishda o‘qning kirish teshigi, chiqish teshigidan hamisha kichik. Yopiq yaralanishda jarohatlovchi predmet jarohat kanali to‘qimalariga tiqilib yot jism bo‘lib qoladi. Jarohat kanaliga kiyimdan uzilgan parchalar ham tushib qolishi mumkin. Yot jismlar jarohat kanalida qolib, jarohatni yiringlatadi.


  7. Download 2,28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish