O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet52/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Sabablari. Og‘ir shikastlanishlarda, jarohatlarda, kuyish va turli xil kasalliklarda organizmning hayot faoliyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar paydo bo‘ladi. Bular avval og‘riq, qon quyish, qon yo‘qotish, shikastlangan to‘qimalarda hosil bo‘lgan zaharli moddalardir. Bu omillar butun organizm faoliyatini boshqarib turadigan bosh miya va ichki sekretsiya bezlari funksiyalarini keskin izdan chiqaradi va shok holatida murakkab reaksiyalar paydo bo‘ladi. Shok tufayli organizmning hamma tiriklik funksiyalari: markaziy asab tizimi, qon aylanish, nafas olish, moddalar almashinuvi, jigar va buyraklar faoliyatining buzilishi tez rivojlanadi. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra, bir necha xil shoklar farqlanadi:

  1. shikastlanish shoki 5) septik shok

  2. kuyish shoki 6) gemotransfuzion shok

  3. kardiogen shok 7) sitrat shok

  4. anafilaktik shok 8) gemorragik shok

Gemotransfuzion shok — mos kelmaydigan qonni quyishdan keyin yuz beradi. Kasallik simptomlari: bemorning ko‘kragida qisilish sezgisi paydo bo‘ladi, boshi, qorni va beli og‘riydi, puls tezlashadi,

127
arteriya bosimi tushib ketadi, ba’zan qusadi, yotgan joyini beixtiyoriy bulg‘ab qo‘yadi. Bunday holda quyilayotgan qon to‘xtatilib, shokka qarshi eritmalar, 5 % li glukoza quyiladi, mos keladigan guruh qonini almashib quyiladi, paranefral novakain blokadasi qilinadi. Uremiya bo‘lganda me’da yuviladi va «sun’iy buyrak» apparati yordamida gemodializ qilish buyuriladi.



Sitrat shok — natriy sitrat ko‘p bo‘lgan ko‘p miqdordagi qon quyilganda paydo bo‘ladi. Klinikasi gemodinamika buzilishlar, talvasaga tushish bilan ifodalanadi. Davolash uchun 10 % li kalsiy xlorid eritmasi venaga yuboriladi.

Gemorragik shokning kelib chiqishi o‘tkir qon ketishi bilan bog‘liq. Ammo qon hajmining yo‘qotilishi bilan birga uning qancha vaqt davomida ro‘yobga kelgani ham katta ahamiyatga ega.

Gemorragik shok uch bosqichda kechadi: kompensatsiya, subkompensatsiya va dekompensatsiya. Kompensatsiya bosqichida yurak-qon tomiri sistemasining himoya kompensatsiyasi funksiyasi yaxshi bajarilishi natijasida markaziy gemodinamika uzoq vaqt o‘zgarmasdan turadi, qon ketish bartaraf etilganda esa, umuman o‘zgarmaydi. Subkompensatsiya urat darajadagi qon yo‘qotilishida kerakli vositalar ta’sirida tiklanishning iloji bo‘lmaganda dekompensatsiya vujudga kelishi mumkin. Unda qon tomirlarining qisqarishi ham yetarli foyda bermaydi, bemorga qon bosimi kamayib, arterial gipotoniya ro‘yobga chiqadi. Mikrosirkulatsiyaning buzilishi kuzatiladi. Siydik miqdori kamayishi buyrakda qon aylanishi buzilishiga sabab bo‘ladi. Davosi: qon oqishini vaqtincha to‘xtatish, qon ketishini batamom to‘xtatish.



Shok — hayot bilan o‘lim o‘rtasidagi holat va to‘g‘ri, kechik- tirmay davo qilishgina bemor hayotini qutqarib qolishi mumkin. Shok ko‘pincha og‘ir travmatik shikastlanish natijasida paydo bo‘ladi. Travmatik shok rivojlanishiga asab va jismoniy jihatdan toliqish, qo‘rqish, sovqotish, surunkali kasalliklar (sil, yurak kasalliklari, modda almashinuvi kasalliklari va hokazo) moyil qiladigan sabablar hisoblanadi.

Shikastlanish shoki qon yo‘qotishni yomon ko‘taradigan (bolalarda, keksalarda, og‘riqni juda sezuvchan kishilarda) tezroq rivojlanadi. Shikastlanish shokining patogenezida asosiy omillardan bo‘lgan qon va plazmani yo‘qotish yotadi. Natijada, organizmda aylanayotgan qon va plazma hajmi kamayadi. Bu esa, gipoksiya, giperkapniya rivojlanishiga olib keladi. Shu bilan birga qon yo‘qotishning tezligi ham ahamiyatga ega. Sirkulatsiyadagi qon

128

hajmining 20—30 % kamayishi, qon bosimining pasayishiga, va nihoyat, o‘limga olib kelishi mumkin.



Qon aylanishi buzilishi natijasida o‘pka ventilatsiyasi pasayadi, buyrakning ajratish funksiyasi izdan chiqadi. Buyrak usti gormonlarining ajralish miqdori kamayadi, unga nisbatan organizmning talabi kuchayadi, jigar funksiyasi izdan chiqadi va nihoyat kengaygan kapillarlardan plazma hujayralararo bo‘shliqlarga chiqa boshlaydi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish