33-rasm. Shikastlanganni bir kishi ko‘tarishi: a—qo‘lda; b—opichlab ko‘tarish; d—yelkada ko‘tarish.
108
Ikki kishining qo‘lini «qulf» qilib ko ‘tarishi. Bun- da to‘rtta qo‘l «qulf» qilib ushlanadi. Sanitarlardan har bin chap panjasi bilan o‘zining o‘ng qo‘li bi- lagidan, o‘ng qo‘li bilan esa, ikkinchi sanitarning chap qo‘li bilagidan ush-
laydi. Bemor shu «o‘rin- diqqa» o‘tiradi va qo‘lini sanitarlar yelkasiga qo‘yadi (35-rasm).
Bemorni yarim o‘tirgan holatda ko‘ta- rish. Sanitarlardan bin shikastlangan kishining orqa tomoniga o‘tib, qo‘ltig‘idan, ikkinchisi bemorning oyoqlari orasiga o‘tib, uning tiz- zasidan ushlab ko‘ta- radi.
Zambilda ko‘tarish.
Bemorni olib borishda zambil eng qulay vosita hisoblanadi (36-rasm).
U hamma kasalxonalarning qabulxona
36-rasm. Tibbiyot zambili.
35-rasm. «Qulf» usuli. bo‘limida, tez tibbiy yordam stansiyalarida va tez yordam mashinalarida bo‘ladi. Zambilni turli narsalardan, hatto qo‘lda ham yasash mumkin. Shi- kastlanishning turiga qa- rab, zambilda bemorlar turli vaziyatda yotqiziladi 37-rasm. Q°‘lda yasalgan zambillar. (37-rasm).
Bemorning odatdagi vaziyati chalqancha yotishdir, bunda u boshini balandroq ko‘tarib, qo‘l-oyoqlarini uzatib yotadi. Bemor
109
hushsiz bo‘lganda, boshini baland ko‘tarmasligi lozim (38-rasm, a).
Boshi yaralanagan bemor chalqancha yotqiziladi. Biroq, tanasining yuqori qismi va boshi balandroq qilib yotqiziladi. Boshi tagiga tarnovsimon qilib buk- langan adyol qo‘yiladi.
Bo‘yinning oldingi qismi va yuqori nafas yo‘llari yaralanganda bemorni qaddi baland ko‘tarib o‘tqaziladi, u boshini pastga en- gashtirib iyagini ko‘kragiga tegizib turadi. Bemorni zambilda ko‘ta- rishda bitta sanitar zambilning bosh tomonida, ikkinchisi oyoq tomonida turadi. Sanitarlar zam- bil belbog‘ini yelkaga taqib, zambil dastasini qo‘lga tutishadi va ayni vaqtda bemor yotgan zambilni silkitmasdan ehtiyotlik bilan ko‘tarib borish kerak. Zinaga ko‘tarib chiqayotganda va undan olib tushayotganda bemorning gorizontal holatini saqlab qolish zarur. Shu maqsadda sanitarlardan biri zambilning orqa tomonini baland ko‘tarsa, ikkinchisi pastga tushiradi (38-rasm, b).
Shikastlangan bemorni transportirovka qilish usuli
Ko‘kragi yaralanganda bemorning qaddi baland qilib o‘tqazilib yoki yaralangan yonboshi bilan yotqizib ko‘tariladi.
Qorin yaralanganda, bemorning oyoqlari tizzadan bukilib, chalqancha yotqizish tavsiya qilinadi. Shu maqsadda bemorning taqimiga bolishsimon buklangan odeal qo‘yiladi.
Umurtqa pog‘onasi va chanoq yopiq shikastlanganda bemor chalqancha vaziyatda yoki yuz tuban yotishi lozim.
110
Qo‘llari shikastlangan bemor sog‘lom tomonga ozroq burilgan holda chalqancha yotishi kerak. Bunda bilak ko‘krakka yoki qoringa qo‘yiladi.
Oyoqlar va bosh shikastlanganda shikastlangan oyoqqa shina qo‘yilib, bemor chalqancha yotqiziladi.
Oyoq suyagi singanda Diterixs shinasi qo‘yilib, bemor zambilga chalqancha yotqiziladi.
Boldir suyagi singanda dastlab shina qo‘yilib keyin zambilga chalqancha yotqiziladi.
Ommaviy shikastlanishlarda yordam ko‘rsatish, transportirovka qilish navbati va yo‘nalishlari
Zilzila vaqtida, avtomobil halokatida, temiryo‘l falokatida, yong‘inlarda, portlash yuz berganda ommaviy shikastlanish hodisalari sodir bo‘ladi, bunday hollarda birinchi yordamni muvaffaqiyatli ko‘rsatish uyushqoqlik va tartib-intizomga bog‘liq. Avvalo, birinchi navbatda kimga tibbiy yordamni ko‘rsatishni aniqlab olish zarur. Uni quyidagi tartibda ko‘rsatish lozim:
birinchi galda nafas olishi qiyinlashib qolgan bemorlarga, so‘ngra ko‘krak va qorin bo‘shliqlariga teshib kirgan jarohatlari bor yaradorlarga, keyin jarohatidan ko‘p qon oqayotgan yaradorlarga, so‘ngra behush yoki shok holatidagi shikastlangan kishilarga, keyin ko‘p suyaklari sinib shikastlanganlarga va nihoyat, jarohatlari kichik va suyaklari singan shaxslarga yordam beriladi. Shikastlangan kishilarni zararlanishning og‘ir-yengilligiga ko‘ra, guruhlarga taqsimlab, ketma-ket tashib ketiladi.
Birinchi navbatda tashilishi kerak bo‘lgan guruhga: ko‘krak va qorin bo‘shliqlariga teshib kirgan jarohatlari bo‘lgan yaradorlar, behush holatdagi yoki shok holatidagi, kalla suyagi yaralangan, ichiga qon ketayotgan yaradorlar, oyog‘i yoki qo‘li kesilgan, suyak sinishi ochiq bo‘lgan, kuygan bemorlar kiradi.
Ikkinchi navbatdagi guruhga: oyoq yoki qo‘l suyaklari yopiq singan, ko‘p qon oqqan, biroq qon oqishi to‘xtatilgan yaradorlar kiradi.
Uchinchi navbatdagi guruhga: kam qon oqqan, mayda suyaklari singan, lat yegan yaradorlar kiradi. Bu guruhlarning har birida kichik yoshdagi bolalarni, agar sharoit imkon beradigan bo‘lsa, onasi (otasi) bilan birinchi navbatda evakuatsiya qilish zarur.
111
Do'stlaringiz bilan baham: |