Terminal holat (lotin. terminus — chegara, sarhad) — hayot va o‘lim o‘rtasidagi holat ma’nosini bildiradi. Bu atama yig‘ma tushuncha hayot funksiyalari, yurak-qon tomiri, markaziy asab tizimi hamda o‘pka nafas tizimi funksiyalarini pasayishi yoki ishdan chiqishini anglatadi. Bu holat agonal oldi, agonal fazalar va klinik o‘limni o‘z ichiga oladi.
Yurak va nafas faoliyatining buzilishi turli sabablarga ko‘ra ro‘yobga chiqadi. Ma’lum darajada o‘pkadagi havo almashinuvining buzilishi tufayli yurak faoliyati ham izdan chiqib, bemorda terminal holat boshlanadi.
Klinik va biologik o‘lim
Klinik o‘lim. Yurakning to‘xtab qolishi, nafas to‘xtashi, hushsiz holat, tashqi ta’sirlarga javob bo‘lmasligi, tomir urishi (puls) sust yoki aniqlab bo‘lmasligi — hali qaytmas, tiklanmaydigan o‘zga- rishlar — biologik o‘lim yuz berdi degani emas.
Yuqorida sanab o‘tilgan belgilar biologik o‘limdan oldingi 4— 5 daqiqa davom etadigan klinik o‘limdir. Klinik o‘lim birdaniga yuz bermay, balki qator agonal oldi va agonal fazalarni o‘taydi.
Agonal oldi fazasida es-hush saqlangan, biroq, tormozlanish bo‘ladi. Arterial bosim past bo‘ladi. Bunda maksimal bosim 40— 60 mm simob ustuniga teng minimalni aniqlab bo‘lmaydi. Tomir urishi sust bo‘lib, hansirash kuzatiladi, nafas ritmi buziladi, bu faza bir necha soatdan to bir sutkagacha davom etadi.
Agonal fazada bemorning es-hushi yo‘qoladi, ko‘z qorachiqlari kengayadi, yorug‘likni sezmaydi, arteriya bosimi aniqlanmaydi, tomir urishi bilinmaydi, yurak tonlari bo‘g‘iq, nafas olish siyrak va yuzaki bo‘ladi. Bu faza bir necha daqiqadan bir necha soatgacha cho‘zilishi mumkin.
114
Kliniko‘lim deganda, yurak, nafas, bosh miya faoliyati to‘xtashi tushuniladi va 4—5 daqiqa davom etadi. Bunday holatda hayot ham so‘nmagan bosh miya po‘stloq qavati hujayralarida qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlar yuzaga kelmagan va hayot faoliyatini to‘liq tiklash imkoniyati bo‘ladi. Klinik o‘lim biologik o‘limga o‘tishi mumkin.
Biologik o‘lim — organizmning hayotiy jarayonlarini qayta tiklab bo‘lmaydigan holat. Nafas va yurak faoliyatining to‘xtashidan tashqari, murda dog‘lari va murdaning qotishi, bosh miyada gipoksiya boshlanishi bilan ko‘z qorachig‘ining keskin kengayishi eng muhim belgilari hisoblanadi.
Reanimatsiya haqida tushuncha
Reanimatsiya (tiriltirish) deganda, tasodifiy shikastlanishlar, zaharlanishlar, kuyishlar, og‘ir jarohatlar oqibatida, narkoz, operatsiya bilan bog‘liq asoratlar natijasida yuz bergan klinik o‘limda, shokda, koma holatida organizmni tiriltirishga qaratilgan shoshilinch chora-tadbirlar tizimi tushuniladi.
Reanimatsiya xizmatini tashkil qilinishi. Kompleks reanimatsiya chora-tadbirlarini imkoni boricha ertaroq, yurak asitoliyasi paydo bo‘lmasidan va nafas batamom to‘xtab qolmasdan ilgari boshlash kerak, shunda reanimatsiyaning bevosita naf berishi va keyingi oqibatining yaxshi bo‘lib chiqishiga ko‘proq umid bog‘lasa bo‘ladi. 6—7 daqiqa davomida klinik o‘lim holatida yotgan bemorni yurak faoliyatini va mustaqil nafasini muvaffaqiyat bilan asliga keltirilganligi klinik amaliyotdan ma’lum, lekin bunday kasallarning ko‘pchiligi 2—5 kundan keyin o‘lib qolgan, yashab qolganlarida esa, nevrologik va ruhiy o‘zgarishlar paydo bo‘lib, ular doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan nogironlarga aylangan. Shu munosabat bilan intensiv terapiyani o‘z vaqtida o‘tkazish, ayniqsa, katta rol o‘ynaydi. Bu degan gap og‘ir, aksari kritik holatda yotgan (o‘tkir yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishuvi, astma statusi, komatoz holat va boshqalarda).
Intensiv terapiyani muvaffaqiyat bilan o‘tkazish bir qancha hollarda bemorda terminal holat boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Barcha reanimatsiya chora-tadbirlari: yurakni massaj qilish, o‘pkaga sun’iy yo‘l bilan havo berib turish (sun’iy o‘pka ventilatsiyasi) elektr bilan yurakni defibrillatsiya qilish va stimullash kompleks tera- piyaning boshqa usullari bilan birga qo‘shib olib boriladi. Bemorga
115
Do'stlaringiz bilan baham: |