b
39-rasm. Sun’iy nafas berish usullari: a—katta yoshdagi kishilarga; b—yosh bolalarga.
reanimatsiya yordami ko‘rsatishda, odatda, renimatsiya chora- tadbirilarini yaxshi biladigan va texnikasini egallab olgan 2—3 kishi (brigada) bir yo‘la ishtirok etadi.
Boshlang‘ich reanimatsiya usul-amallarining to‘g‘ri qo‘llanilishi aksari, umuman shoshilinch yordam oqibatini va shikastlangan kishining keyingi taqdirini belgilab beradi. Kasalxonadan tashqaridagi sharoitda feldsher yoki tibbiy hamshira mustaqil holda o‘tkazadigan reanimatsiya chora-tadbirlari, odatda, yurakning ustidan massaj qilish, sun’iy nafas berish bilan cheklanadigan bo‘lsa, reanimatsiya bo‘limi intensiv terapiya bloki yoki tez yordam maxsus brigadasidagi o‘rta ma’lumotli tibbiy xodim ba’zan yurak defibrillatsiyasini ham mustaqil o‘tkazishga majbur bo‘ladi, chunki yurak qorinchalari fibrillatsiyaga tushib qolganda ozgina kechikish yoki uquvsizlik biologik o‘limga olib keladi.
116
Nafas to‘xtash sabablari. Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash, nafas tovush boylamlarining spazmi, nafas yo‘llariga qusuq massasi tiqilib qolishi, intubatsion naychaning buralib ketishi, tilning halqumga ketib qolishi va hokazolar. Ana shu xatarli asoratning oldini olish uchun shuni yodda tutish kerak va tegishli profilaktik tadbir o‘tkazish zarur. Nafas yo‘llari to‘liq yoki qisman bekilib qolishi mumkin. Behush holatda yotgan odamda nafas yo‘llari erkin o‘tkazuvchanligini tiklash uchun tez va izchillik bilan quyidagi tadbirni o‘tkazish zarur:
Bemorni qattiq yuzaga chalqancha yotqizish.
Bemorning boshi imkoni boricha orqasiga engashtirib qo‘yiladi, ayni vaqtda til ildizi bilan epiglotis oldinga surilib, hiqildoq ochiladi, ana shu yo‘l bilan havoning undan traxeyaga bemalol o‘tadigan bo‘lishi ta’minlanadi.
Og‘zi va tomog‘ini shilimshiq va boshqa ajralmalardan tozalash kerak.
Bemorning og‘ziga havo yuborib, ko‘krak qafasi ekskursiyasi va nafas chiqarishini kuzatib borish (39, 40-rasm).
40-rasm. Sun’iy nafas berish va yurakni yopiq usulda uqalash.
Ayrim hollarda nafas to‘xtashining sabablari bartaraf qilingandan keyin ham nafas tiklanmasligi mumkin. Bunday hollarda bemorga 1—2 ml 20 % li lobelin yoki sititon, 1—2 ml 20 % kor- diamin, 10—20 ml 40 % glukoza eritmasi bilan birga yuboriladi va zudlik bilan sun’iy nafas oldirishga kirishiladi.
O ‘pkani sun ’iy nafas oldirish yo ‘llari. Nafas oldirish usuli bemor bo‘lgan sharoitlarga va nafas olishning to‘xtash sababiga ko‘ra tayinlanadi. Tashqi nafas olish jarayoni buzilgan paytda sun’iy
117
ventilatsiya qilishning asosiy usuli o‘pkaga nafas kiritishdir. O‘pkaga sun’iy nafas berishning oddiy usullaridan foydalanish mumkin. Bu maqsad uchun «og‘izdan—og‘izga», «og‘izdan—burunga» nafas berish usullari, maxsus havo berish qopchasi (Ambu qopchasi) havo kirituvchi naychalardan, narkoz niqobi va narkoz asbobidan nafas beruvchi maxsus asboblar (apparatlar) yoki endotraxeal va S simon naychalardan foydalaniladi.
Reanimatsiya tadbirlari erta gipoksiya holatigacha boshlansa, uning natijasi ham yuqori bo‘ladi. Klinik o‘limning 3 daqiqasi davomida o‘tkazilgan tadbirlardan keyingi ijobiy natija 75 %, 4 daqi- qadan keyin 50 %, 5 daqiqadan keyin 25 %, ammo 9—10 daqiqa- dan keyin natija nolga teng. Chunki odatdagi haroratda to‘qima- larning qaytmas o‘limi 10 daqiqa davomida ro‘yobga chiqadi. Sun’iy ventilatsiya qilishdan oldin nafas yo‘llarini erkin o‘tkazuvchanligini ta’minlash uchun dastlab nafas yo‘lini to‘siqlardan — yot jism- lardan, suv, shilliqlardan va qondan tozalash zarur.
Og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘rib chiqish bilan birga, ko‘krak qafasini siqib turuvchi kiyimlar ham yechiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i sochiq yoki ro‘molchani barmoqqa o‘rab tozalab artiladi. Agar yosh bola bo‘lsa, uni oyog‘idan ko‘tarib yoki yordam ko‘rsatuvchining tizzasiga qorni bilan yotqizilib, nafas yo‘llaridagi suyuqliklar va boshqa xalaqit beruvchi narsalardan tozalanadi. Shundan so‘ng bemorni chal- qancha yotqizib, uning yelkasi tagiga yostiqcha qo‘yiladi va bemorni boshi orqaga engashtiriladi, pastki jag‘i esa, birmuncha oldinga va yuqoriga suriladi. Shu paytda reanimatsiya o‘tkazuvchi chuqur nafas
olib, so‘ngra bemorning og‘- ziga yuboradi, havo chiqarish paytida bemor boshi egilgan pastki jag‘i esa, tishlari bir-biri- ga tegib turgan holatidan bo‘- shatiladi. Nafas chiqarish na- fas kiritishga nisbatan ikki marta uzoqroq bo‘ladi (41-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |