- kitob tayyorlash jarayoni
Kitob tayyorlash tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Turli xalqlar turli yo’llar bilan yozuvni shakllantirishgan. Buning uchun ular turli narsalardan foydalanishgan: tosh, suyak, daraxt, temir, mato, teri, o’simliklarning po’stlari va hokazo. - Kitob tayyorlash tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Turli xalqlar turli yo’llar bilan yozuvni shakllantirishgan. Buning uchun ular turli narsalardan foydalanishgan: tosh, suyak, daraxt, temir, mato, teri, o’simliklarning po’stlari va hokazo.
- kitob tayyorlash jarayoni
- Qadimda yozuv uchun TOSHdan foydalanishgan. Birinchi rassomlarning rasmlarini tog’lar va qoyalardan topishgan. Keyinchalik toshlarda hatto hukmdorlar o’z davlatlarining qonunlarini, ismlarini va tarixiy voqealarni o’yib yozib qoldirishgan.
- kitob tayyorlash jarayoni
Loydan yasalgan kitoblar - LOYdan yasalgan kitoblar ham eng qadimiy kitoblar hisoblanadi. Yumshoq loyda tayoq bilan harflar va rasmlar, belgilarni o’yib yozishgan. Keyin uni issiq o’choqlarda kuydirishgan. Ularning o’lchami 32x22 sm va qalinligi 2,5 sm bo’lgan – yani g’ishtga o’xshagan. O’ylab ko’ringlar, kitob yozish uchun bunday taxtachalardan nechtasi ketadi?! Bunday kitoblar Mesopotamiyada yaratilgan.
- kitob tayyorlash jarayoni
Papirusdan yasalgan kitoblar - Misrda esa kitobni papirusdan tayyorlangan. Papirus daryolarda o’sadigan baland qamish poyalaridan tayyorlangan. Ularni uzun qilib kesib olib quritishgan. Keyin ularga tayoqchalar bilan siyoh orqali yozishgan. Keyin papirusli varoqlar bir biriga yopishtirilib kitob yaratilgan. Odatda bunday kitoblarning razmeri 6 metr bo’lgan. Bunday kitobni o’qib bo’lgach, o’rab qo’yishgan va maxsus idishlarda saqlangan.
- kitob tayyorlash jarayoni
Pergament - Keyinchalik papirus o’rnini pergament bosgan. U qadim Pergam davlatida hayvonlarning terisigan tayyorlangan. Bunday qog’ozda ikkala tarafida yozsa ham bo’lar edi. Pergament qog’ozini ikkiga buklashganda 4 betli daftarcha hosil bo’lar edi. Bir nechta bunday daftarchalar birga tikilib kitob hosil bo’lardi. Ko’rinishi hozirgi kitoblarga o’xshash bo’lgan. Bir kitob yozish uchun bir nechta qo’y terisi kerak bo’lardi. Kitob qo’lda yillar davomida yozilardi.
- kitob tayyorlash jarayoni
- Eramizning 2 asrida Xitoyda qog’ozni o’ylab topishgan. Bu boshqa qog’oz turlariga qaraganda arzonroq edi. Tsay Lun degan odam qog’ozni o’ylab topgan. U qog’ozni tut daraxtidan qilardi. Uni suvda yaxshilab ivitib, keyin yumshoq tolalarini ajratib olardi. Suvni tekis joyga to’kishgan. Suv oqib ketgandan keyin qolgan tolalarni tekis joylashtirib quritishgan. Shunday qilib qog’ozni tayyorlashgan.
- Kitobga qo’yilgan haykal. Berlin
- kitob tayyorlash jarayoni
- Birinchi kitob bosadi-gan mashinani Iogann Gutenberg o’ylab topgan. Bun-day mashina o’ylab topilgach, bir yilga 300 ta kitob bosish imkoniyati yaratil-gan. Oldin esa 1 ta kitobni ko’chirish uchun 10 yil ketardi.
- kitob tayyorlash jarayoni
Zamonaviy kitob ishlab chiqarish jarayoni - Hozirgi kunda eski kitob bosadigan mashinalarining o’rnini zamonaviy kompyuter texnologiyalari egallagan. Juda qulay, tez va kam xarajat talab qiladi.
- kitob tayyorlash jarayoni
E’tiboringiz uchun rahmat - kitob tayyorlash jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |