O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi



Download 2,28 Mb.
bet41/101
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#227756
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

Nazorat savollari.

1. Bosh miya haqida nimalarni bilasiz.

2. Bosh miya po‘stlog‘i haqida nimalarni bilasiz.

3. Proektsion o‘tkazuv yo‘llari.

4. Sezgi a’zolari haqida nimalarni bilasiz.
3-Mavzu: Bemorlarni parvarish qilishning mohiyati, unda tibbiy hamshiraning roli va vazifalari. Tibbiy hamshiraning tashqi va ma`naviy fazilati, kasalxonada tibbiy hamshiraning vazifalari, uning ish joyi va hamshira postida dori moddalarining saqlanish tartibi.

Reja:

1. Kasallikni tekshirishning asosiy usullari

2. Bemorlarni umumiy davolash jarayonida birinchi tibbiy yordamning o‘rni

3.

4.

Bemorni tekshirish usullari subyektiv va obyektiv tekshirish usullaridan va asboblar yordamida tekshirish usullaridan iborat (1-rasm). Subyektiv (so‘rab-surishtirish yoki bemorlar bilan so‘roq savollari asosida) tekshirish usullari o‘z navbatida to‘rt qismdan tashkil topgan:

a) pasport qismi;

b) bemorlarning shikoyati;

d) kasallikning rivojlanish tarixi;

e) bemorning hayot tarzi.

Obyektiv tekshirish usuli ikki katta qismga, ya’ni asosiy va qo‘shimcha (laboratoriya, tibbiy texnika vositalari asosida va boshqalar) tekshirish usullariga bo‘linadi. Tashxis (diagnoz) kli- nik tekshirish usullari asosida qo‘yiladi. Taxminiy diagnoz — sub¬yektiv va obyektiv tekshirish usuli asosiy qismning natijalariga asosan bemor shifokorga uchragan zahotiyoq qo‘yiladi. Differensial (taqqoslash) diagnoz subyektiv va obyektiv tekshirish usullari to‘liq o‘tkazilib bo‘lingach qo‘yiladi. Uzil-kesil (aniq yoki klinik ) diagnoz barcha tekshirish usullarini o‘tkazib bo‘lib, uch kun muddatga yetmasdan qo‘yiladi.

Subyektiv (so‘rab- surishtirish, anamnez yig‘ish) tekshirish usuli. Pasport qismi. Diag- nostika uchun katta aha- miyatga ega. Bunda be- morning ismi, fami- liyasi, kasbi, jinsi, yoshi yoziladi. Hozirgi vaqtda Umumjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 4000 dan ortiq kasallik mavjud bo‘lsa, shu xastaliklarning ma’lum bir qismi erkaklarda (masalan, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalliklari, o‘pka va me’da raki va boshqalar), ma’lum bir qismi ayol- larda (masalan, kam- qonlik, me’da osti bezi kasalliklari va boshqalar) ko‘proq uchraydi.

Jinsni aniqlash — shu jinsda uchraydigan kasalliklarni tezroq aniqlashga yordam beradi (bemorning tug‘ilgan yili, yoshi) bayon etilgan kasalliklarning ayrim guruhlari ma’lum yoshlarda uchraydi. Masalan, qizamiq yosh bolalarda uchrasa, ateroskleroz katta va keksa odamlarda uchraydi. Yashash joyi, manzili, ana shu davrda dastlab shu manzildagi tarqalgan kasallikni inkor etish kerak. Masalan, shu davrda gripp epidemiyasi aniqlanayotgan bo‘lsa, eng avval, shu kasallikni inkor etish zarur. Ish joyi va kasbda kasallik keltirib chiqaruvchi bor yoki yo‘qligini aniqlash kerak, masalan, ko‘mir shaxtasida ishlasa, zax, qorong‘i, chang va boshqa kasallik keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganish lozim.

Bemorning shikoyatlari. Bemorning shikoyatlari bilan tanishib chiqqanimizda, biz uning bir xil his-tuyg‘u va kechinmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ya’ni kasallikning subyektiv ko‘ri- nishlari)ga ega bo‘lamiz.

Kasallik anamnezi. Bemor kasallikning qanday boshlanganini so‘zlab berayotganda, bir qancha hollarda o‘zining kasalligi to‘g‘risida aniq, izchil va tamomila yetarli ma’lumotlami beradiki, bunday paytlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri obyektiv tekshirishga kirishish mumkin bo‘lib qoladi. Biroq, ba’zi bemorlarga kasallikning xusu- siyatlarini, nima sababdan paydo bo‘lganini va klinik manzarasini tavsifli tomonlarini oydinlashtiradigan bir qancha savollar berish zarur. Qo‘shimcha savollarga quyidagilar kiradi: kasallik qachon va qanday (to‘satdan, asta-sekin) boshlanganligi, uning dastlabki belgilari, shuningdek, sabablari (bemorning o‘z fikriga ko‘ra), mehnat va turmush sharoitlari, kasallik boshlanganda atrofdagi vaziyatning qanday bo‘lgani (bunda turli noqulay omillar kimyoviy, fizik, meteorologik omillar va boshqalarning ta’siri nazarda tutiladi), bemor kimga murojaat qilgan, unga qanday davo qilingan (qanday dori-darmonlar va boshqa davo usullari qo‘llanilgani) va boshqalar.

Hayot anamnezi (bemorning turmush tarzi). Bemorni hayot anamnezi quyidagi sxema asosida yig‘ib olinadi: uning tarjimayi holi (bemor qachon, qayerda, qanday oilada, nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilgan), boshidan kechirgan kasalliklari, mehnat va turmushning sharoitlari, zararli odatlari, alkogolli ichimliklarni suiiste’mol qilishi, chekishi, ishlab chiqarishi turmushdagi intoksikatsiyalari (zaharlanishlar), jinsiy hayoti oilaviy anamnezi (oilaning tarkibi, psixologik muhit, irsiyat).

Obyektiv tekshirish. Bemorni subyektiv tekshirish usuli bilan obdon ko‘rib chiqilgandan keyin uning obyektiv holati bilan tanishishga o‘tadi. Obyektiv tekshirish ikki qismga bo‘linadi:

• asosiy;

• qo‘shimcha.

Asosiy tekshirish usuliga bemorni ko‘zdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya kiradi.

Bemorni ko‘zdan kechirish. Bemorni, odatda, bir qancha zarur qoidalarga rioya qilib turib, ma’lum bir tartib bilan ko‘zdan kechirib chiqiladi. Bemorni tarqoq kunduzgi yorug‘lik yoki ravshan sun’iy yorug‘likda ko‘zdan kechiriladi, bunda yorug‘lik manbayi yon tomonda bo‘lishi kerak, shunda badan terisi turli qismlari undagi toshma, chandiq va boshqalar ancha aniqroq ko‘rinadi. Avval bemorning vaziyati, umumiy ahvoli, tashqi qoplamlari (terisi, shilliq pardalari)ning ahvoli aniqlab olinadi, so‘ngra badanining ayrim qismlari — yuzi, boshi, tomog‘i, gavdasi, qo‘l va oyoqlarni ko‘zdan kechirishga o‘tiladi.

Odamning es-hushi. Odamning es-hushi joyida yoki aynigan bo‘lishi mumkin, stupor (karaxtlik), sopor (qattiq gangish, subkoma) va koma (butunlay o‘zidan ketib, behush bo‘lib qolish) holatlari bo‘ladi. Es-hushi aynib turganda bemor miyasi gangib, savollarga sekinlik bilan, kechikib, lekin oqilona javob beradi. Gohida esa, mutlaqo javob bermaydi.

Yuzni ko ‘zdan kechirish. Isitmalab turgan kasallarning yuzi o‘ziga xos qiyofaga kirib, bejo bo‘lib turadi, lunjlari qizarib ko‘zlari yaltirab turadi. Tinkani quritadigan og‘ir isitma (sepsis, sil)da chaqa-chaqa bo‘lib ketgan yuz lunjlarida qizil dog‘lar paydo bo‘ladi. Qon aylanish ko‘p darajada izdan chiqib qoladigan bir qancha kasalliklarda, shuningdek, peritonit, ya’ni qorin pardasining o‘tkir yallig‘- lanishida, holdan toydirib, suvsizlantiradigan kuchli ichketar tez- tez qusish paytlarida (masalan, vabo vaqtida) odamning yuzi xarakterli qiyofaga kirib, ko‘zlari ich-ichiga kirib ketadi, burni cho‘chchayib qoladi, yuz terisi oqarib, lablari ko‘karib ketadi, yuzni sovuq ter bosadi. Bemorning yuzi niqobga o‘xshab, go‘yo qotib qolgandek, harakatsiz bo‘lib turishi mumkin. Qalqonsimon bezning ba’zi kasalliklarida, shuningdek, ensefalitda shunday bo‘ladi.

Ko‘zlarni ko‘rib chiqish. Bemorlarning ko‘zlarini diqqat bilan qarab chiqish zarur. Yog‘lar almashinuvi buzilganda, ko‘z qovoqlarida yassi sariq dog‘lar — ksantomalar paydo bo‘ladi. Ko‘z olmasining chaqchayib turishi (baqa ko‘z) diffuz toksik bo‘qoq (Bazedov kasalligi)ning alomatlaridan biridir. Ko‘z qovoqlarining shishib turishi nefrit bilan og‘rigan bemorlar, badaniga umuman shish kelganda va yurak yetishmovchiligi bor mahallarda uchraydi.

Ko‘z qorachiqlarining torayib turishi uremiyada, bemor alkogol, morfin bilan zaharlangan paytlarda kuzatiladi. Odam atropin bilan zaharlanganda ko‘z qorachiqlari kengayib ketadi. Ko‘z rangdor pardasining katta-kichikligi va tusi, ko‘z qorachiqlarining yorug‘likka qanday reaksiya ko‘rsatishi ham diagnostikada rol o‘ynaydi. Ko‘z qorachiqlarining yorug‘likka reaksiya ko‘rsatmasligi koma yoki og‘ir nevrologik kasallikdan darak beradi.

Ko‘z skleralarining sarg‘ayib qolgani jigar yoki o‘t yo‘llari zararlanganini ko‘rsatadi. Ko‘z skleralari tomirlarining qonga to‘lib turishi (inyeksiyasi) bir qancha yuqumli kasalliklarda (toshmali tifda) uchraydi. Ko‘z olmalari tonusini tekshirib ko‘rish mumkin. Gipoglikemik komada ko‘z olmalari tonusi pasayib qoladi.

Badan terisini ko‘zdan kechirish. Bemorni umuman ko‘zdan kechirib chiqilgandan keyin terisi va shilliq pardalarini ko‘zdan kechirishga o‘tiladi. Badan terisini rangi yuza qatlamlar orqali qonning nechog‘li ma’lum bo‘lib turishiga bog‘liq bo‘ladi. Badan terisi rangining o‘zgarib qolishi quyidagi omillarga: qon rangi, teri tomirlari yo‘lining holati, terining qalin-yupqaligi va tiniqligiga bog‘liq. Teri qalin tortib tiniqligi yo‘qolib ketganda, dag‘allanib qolganda, qondagi gemoglobin va eritrotsitlar miqdori kamayib yoki ko‘payib ketganda (bu qon rangini aynitib qo‘yadi), tomirlar torayib yoki kengayib turgan mahallarda teri rangi o‘zgarishi mumkin. Bir qancha hollarda teri rangi uning bag‘rida bo‘yoq moddalar — pigmentlar (bilirubin va boshqalar) to‘planib qolishi natijasida ham o‘zgarishi mumkin.

Bemor konstitutsiyasi va tana tuzilishini aniqlash. Konstitutsiya (insoning nisbatan o‘zgarmas morfologik va funksional, jumladan, ruhiy xususiyatlari majmuasi) va tana tuzilishi xususiyatlari ba’zan salomatlik haqida bir fikrga kelish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki bu narsa organizmning funksional xususiyatlari va reaktivligi to‘g‘risida tushuncha beradi. Konstitutsiyaning bir necha tipi mavjud bo‘lib, tana tuzilishining ma’lum shakllari shularga to‘g‘ri keladi.

Astenik tip kishi ortiqcha qo‘zg‘aluvchan, qo‘l va oyoqlari uzun hamda ingichka, qo‘l barmoqlari uzun va qo‘l panjalari tor, skeleti ixcham va kelishgan bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bo‘yni uzun va ingichka, yelkalari tor, ko‘krak qafasi uzun va tor, qovurg‘alararo masofa keng bo‘ladi.

Kuraklar aksari ko‘krak qafasidan ko‘tarilib turadi, to‘sh osti burchagi o‘tkir, qorin katta emas, muskullar sust rivojlangan, tana terisi yupqa va rangpar bo‘lib ko‘rinadi. Teri osti yog‘ qatlami yetarlicha rivojlanmagan, diafragma, ichki organlar ko‘pincha past turgan bo‘ladi. Astenik tipdagi kishilarda moddalar almashinuvi kuchaygan bo‘lib, arterial bosim pastroq yuradi. Ular tana tuzilishining asosiy harakatlari tomoni vertikal o‘lchamlarining gorizontal o‘lchamlarga qaraganda ancha katta bo‘lishidir.

Giperstenik tipga quvnoqlik, odamlar bilan tez qo‘shilib, el bo‘lib ketish xosdir. Bu astenik tipning butunlay aksi. Bunda vertikal o‘lchamlar gorizontal o‘lchamlarga qaraganda ancha kichikroq bo‘ladi. Qo‘l-oyoqlar kalta va yo‘g‘on, bosh katta dumaloq shaklli, yuz keng bichimli, peshona baland, kalta va yo‘g‘on bo‘ladi. Yelkalar serbar va to‘g‘ri, qovurg‘alar gorizontal yo‘nalgan, qovurg‘alararo masofa kichikroq, to‘sh osti burchagi o‘tmas, qorin katta bo‘ladi.

47

Suyaklar yo‘g‘on bo‘lib, diafragma yuqori turadi, me’da baland va ko‘ndalang joy oladi. Moddalar almashinuvi susaygan bo‘ladi.



Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan har ikki tip — astenik tip bilan giperstenik tip o‘rtasida normostenik tip oraliq holatni egallaydi. Bu tip hammadan ko‘ra, ko‘proq uchraydi. U odamning o‘z kuchiga ishonuvchan, serg‘ayrat bo‘lishi bilan tavsiflanadi, bunday odamlar vertikal va gorizontal tana o‘lchamlari to‘g‘ri nisbatda bo‘lishi bilan ajaralib turadi. Hayotda bayon etilgan tiplardan boshqacharoq bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar uchraydi. Konstitutsiyaga, tana tuzilishiga baho berish bilan bir qatorda, oliy asab faoliyati tipi (asosiy asab jarayonlarining har kimda har xil bo‘ladigan jamiki xususiyatlari, kuchi muvozanatlashgani va harakatchanligi)ning temperamenti (his-hayajonlarga aloqador reaksiyalar xusu- siyatlari)ni aniqlash zarur. I.P. Pavlov oliy asab faoliyatining to‘rt tipini ajratib bergan, ularga qadimgi yunon hakimlari tasvirlab ketgan temperamentning to‘rt turi xosdir:

1. Xolerik.

2. Sangvinik.

3. Flegmatik.

4. Melanxolik.

U insonga xos bo‘lgan xususiy tiplar: rassomlar, mutafakkirlar va o‘rtacha tipni ham ajratadi. Odamda birinchi signal sistemasining ikkinchi signal sistemasidan ustun turishi rassomlar tipini yuzaga keltiradi, bu tipdagi odamlar uchun ifodali va konkret ravishda fikrlash xarakterilidir. Mutafakkirlar tipiga kiradigan odamlarda fikrlash umumlashtirilgan, abstrakt xarakterda bo‘ladi. O‘rtacha tipdagi birinchi va ikkinchi signal sistemasiga bir xil rivojlangan odamlar kiradi; ularga obrazli qilib konkret ravishda fikrlash ham, umumlashtirilgan, abstrakt fikrlash ham bir xilda xos bo‘ladi.

Oliy asab faoliyatining tipi inson umumiy konstitutsiyasining eng muhim qismi va asosi bo‘lib hisoblanadi. Ba’zi patologik o‘zgarishlar to‘g‘risida bemorning yurishiga qarab, fikr bildirsa bo‘ladi. Ataktik (noto‘g‘ri ) yurish orqa miya sohasida kuzatiladi va shu bilan ifodalanadiki, bunda kasal oyog‘ini arang yerdan uzib olib, shu oyog‘i bilan kattakon doira yasaydi-da keyin tovonini yana yerga qo‘yadi; gemiplegik yurish qon quyilgandan keyin kuzatiladi, bunda bemor oyog‘ini sudrab yuradi, miyachaga aloqador ataksiya miyacha kasalliklarida bo‘ladi, odam gandiraklab yuradigan bo‘lib qoladi va hokazo.

Mushaklar ko‘zdan kechirilganda, ularning qay darajada rivoj- langanligiga ham ahamiyat beriladi. Ularning ingichkalashib ketishi (atrofiya) miya insultlarida, asab dastalarining zararlanishi tufayli yuz beradi. Suyak va bo‘g‘imlarni tekshirganda, harakatlar hajmi cheklanganligi, shishib chiqqan, qizarib turganligiga ahamiyat beriladi. Qo‘llar-oyoqlar ko‘zdan kechirilganda shishlar, varikoz chandiqlar, yaralar bor-yo‘qligi hisobga olinadi. Qo‘l va oyoq uchlarining kattalashib, dumaloq shaklga kirishib (nog‘ora cho‘pi), tirnoqlarning soat oynasi shaklida bo‘lishi, yurakning tug‘ma nuqsonlarida, o‘pkaning yiringli kasalliklarida, septik endokarditda kuzatilishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, bemorni diqqat-e’tibor bilan ko‘zdan kechirish, kasallikni aniqlashda, unga to‘g‘ri tashxis qo‘yishda, qolaversa, bemorni to‘g‘ri davolashda juda muhimdir.

Paypaslab ko‘rish (palpatsiya). Palpatsiya yoki paypaslab ko‘rish yuza va chuqur bo‘ladi. Yuza palpatsiya qilish bilan biz teri namligi, tarangligi va teri osti yog‘ klechatkasining ahvoli to‘g‘risida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

Perkussiya. Perkussiya yoki to‘qillatib eshitib ko‘rish — bu chiqa- digan tovushning xususiyatlariga qarab tekshirilayotgan organning ahvoli to‘g‘risida fikr yuritish uchun bemor tanasining yuzasiga to‘qillatib urib, eshitib ko‘rishdir.

Auskultatsiya. Bu usul organlarni ishlab turgan vaqtida hosil bo‘lgan tovushlarni eshitib ko‘rishdan iborat. Shunga qarab, organning sog‘lom yoki kasal holatida ekanligi to‘g‘risida fikr yuritsa bo‘ladi. Auskultatsiya tekshirish usulining amaliyotga keng joriy etilishini fransuz shifokori Laennek nomi bilan bog‘liq. Bevosita va bilvosita auskultatsiya tafovut qilinadi. Bilvosita auskultatsiya kasal tananing u yoki bu qismiga to‘g‘ridan to‘g‘ri quloqni qo‘yib eshitish, bilvosita auskultatsiya esa, maxsus tibbiyot asboblari (fonendoskop, stetoskop) yordamida eshitib ko‘riladi.

Asosiy davolash usullari. Barcha davolash usullarini uch guruhga ajratish mumkin: terapevtik, fizik va ortopedik davolash usullari shular sirasiga kiradi.

Terapevtik davolash usuli qo‘llaniladigan vositalarga qarab quyidagilarga bo‘linadi: dorilarni qo‘llab davolash asosiy davolash usullaridan biri hisoblanadi. Bemorlarga dori berish ko‘pgina kasalliklarni davolashning asosiy usuli hisoblanadi. Dori yordamida davolash ham o‘z navbatida bir necha kichik guruhlarga bo‘linadi:

a) etiologik davolashda dori ta’siri kasallik sababini yo‘qotishga qaratiladi;

b) patogenetik davolashda dori ta’siri kasallikning rivojlanish mexanizmiga qarshi qaratiladi;

d) poliativ davolashlarning bemor ahvolini vaqtincha yengil- lashtirishga, kasallik belgilarini yo‘qotishga qaratilgan ta’siridan foydalaniladi;

e) gormon o‘rnini to‘ldiruvchi dori bilan davolashda orga- nizmdagi ishlab chiqariladigan gormon yetishmasligi natijasida ana shu gormon o‘rnini bosadigan dorilar beriladi.

Fizik usullar:

a) fizik davolash usullaridan bin bu jarrohlikdir. Bunda jarroh organizmdagi hayot qobiliyatini yo‘qotgan to‘qimalarni olib tashlaydi, suyak siniqlarini o‘z joyiga qo‘yadi va hokazo;

b) davolash jarayonida turli xil fizik apparatlarni qo‘llash ham fizik davolash usuliga kiradi.

Ortopedik davolash usullari, asosan, organizm a’zolari to‘la yoki bir qismi yo‘qotilganda qo‘llaniladi. Bunda organizm yoki yetishmagan qismi protezlar yordamida to‘ldiriladi. Shu sababli, bunday davolash usulini o‘rnini to‘ldiruvchi davolash usuli, deyish mumkin.




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish