O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI(sirtqi) PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI Xasanova Madinaxonning Katta o’smirlarda “Men” obrazining shakllanishiga ta’sit etuvchi psixologik omillar mavzusidagi KURS ISHI TAQDIMOTI KIRISH - Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosat tufayli ta’lim - tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashgan darajaga olib chiqish, islohotlar taqdiriga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi yangi insonni voyaga yetkazishning muhim manbai sifatida "Ta’lim haqida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" singari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar qabul qilindi.
- Mazkur hujjatlarda ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, talab va maqsadlari aniq belgilab berilgan, hamda ularni amalga oshirish hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi bosqichma-bosqich o‘tkazilishi asosiy vazifa qilib qo‘yilgan.
Tarbiya jarayonida ayniqsa, o‘smir yoshdagi maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik, milliy g‘oya va baynalminalchilik, voqelikka faol munosabatda bo‘lish, o‘rtoqlik, mehnat kishisiga chuqur hurmat hislarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy taraqqiyot goyasini o‘zida mujassam etgan ma’naviy jihatdan barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun munosib hayot shart-sharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi deb qaraladi. - Tarbiya jarayonida ayniqsa, o‘smir yoshdagi maktab o‘quvchilarida vatanparvarlik, milliy g‘oya va baynalminalchilik, voqelikka faol munosabatda bo‘lish, o‘rtoqlik, mehnat kishisiga chuqur hurmat hislarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy taraqqiyot goyasini o‘zida mujassam etgan ma’naviy jihatdan barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun munosib hayot shart-sharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi deb qaraladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 4.4-bandi Ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda “ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” qat’iy vazifa sifatida belgilanadiki, uning asosida zamon bilan birga faoliyat yuritish muhim hisoblanadi.
O‘smirlik davri o‘zining betakrorligi, mustaqilligi, ijodiyligi, tanqidiyligi va boshqa xususiyatlari bilan boshqa davrlardan ajralib turadi. Shuningdek, bu davr o‘zining murakkabligi - o‘smir shaxsida o‘ziga, o‘zgalarga nisbatan tanqidiylikni shakllanishi bilan ham bog‘liqdir. Aynan o‘smir shaxsini shaxs sifatida shakllanishida bilish jarayonlari, psixologik xususiyatlarini o‘rganish hozirgi kun uchun dolzarb muammo bo‘lib kelmoqda.
O‘smirlik davri ham yosh davrlari o‘rtasidagi eng murakkab mexanizmlar yuzaga keladigan davr hisoblanadi. O‘smir jismoniy o‘sishi bilan birgalikda tafakkurning rivojlanishi ongli ravishda ko‘plab bilim va axborotlarni qabul qilishida takomillashadi. O‘smirlik inson shaxsining kamol topishida alohida o‘rin egallaydi. U inson kamolotining muhim bosqichi hisoblanadi. O‘smirlik davrida katta ahamiyatga ega bo‘lgan psixologik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
O‘smirlik davrida muayyan ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur ta’lim-tarbiya ta’sirida barqaror mustahkam bo‘lib qoluvchi xislatlar namoyon bo‘ladi. Shaxs o‘smirlik kamolotiga erishgan sayin uning psixik dunyosida yangi fazilatlar va sifatlar paydo bo‘la boshlaydi, aslida keskin qayta qurish sodir bo‘ladi.
Bu davrda mustaqil tafakkur, dunyoqarash, e’tiqod nuqtai – nazar, o‘zligini anglash, baholash shakllanadi. Shuningdek, o‘smirlik davrida “Men” siymosining yanada rivojlanishi ko‘zga tashlanadiki, ularni psixologik-pedagogik muammo sifatida o‘rganilishi hozirgi kundagi muhim va dolzarb masalalardan biri desak, adashmaymiz. Aynan o‘smirlik davridagi “Men” siymosining psixologik xususiyatlarini nazarda tutgan holda kurs ishimiz mavzusi “O`smirlik davrida “Men” siymosining xususiyatlari” deb tanlab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |