O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti fizika – matematika fakulteti


«Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim» interfaol metodi



Download 152,96 Kb.
bet12/19
Sana04.06.2022
Hajmi152,96 Kb.
#635228
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
401-IO\'M G\'ulomova shalola

«Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim» interfaol metodi.
Bu metod o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Buning uchun o’qituvchi doskani uch qismga bo’ladi. Birinchi qismiga «Bilaman», ikkinchi qismiga «Bilishni xohlayman», uchinchi qismiga «Bilib oldim» deb yoziladi. Keyin o’quvchilarga murojaat qilib, kim o’tilayotgan ma’lum mavzuga tegishli tushuncha haqida nima bilishlarini so’raydi va o’quvchilar fikrini birinchi ustunga yozadi. Fikrlar tugagandan so’ng o’quvchilarga yana murojaat qilib, ushbu tushunchaga taalluqli yana nimalar bilishni xohlashlarini so’raydi. O’quvchilar bergan savollarini doskaning ikkinchi qismiga yozadi. O’quvchilar savollari tugagandan keyin o’qituvchi ma’lumotlar yozilgan, oldindan tayyorlangan matnlarni o’quvchilarga tarqatib chiqadi. O’quvchilar matnlar bilan tanishib chiqqanlaridan keyin fikrlashga o’tadilar, yangi ma’lumotlarni bir-birlari bilan o’rtoqlashadilar. O’qituvchi o’quvchilardan yana qanday yangi ma’lumotlarga, bilimlarga ega bo’lganliklarini so’raydi va uchinchi ustunga yozib qo’yadi. Keyin uchala ustunni umumlashtirib, birgalikda xulosa qilinadi.
«KBI (kuzatish, bahslashish, ishontirish)» metodi.
Ushbu metodning maqsadi o’quvchilarni hayotda faol o’rinni topishlarini, peshqadamlik va sardorlik sifatlarini, jamoada ishlash ko’nikmalarini, shuningdek, o’zgalar fikrini hurmat qilgan holda dalil keltira olish, o’z fikrini isbotlay olish, asoslash, ishontirish, munozara olib borish mahoratlarini hamda murosaga kelish, izlanish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish.
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. Bu teznologiya qo’llaniladigan mashg’ulot o’quvchilardan oldindan bo’ladigan tayyorgarlikni talab qiladi. Mashg’ulot mavzusi o’quvchilar auditoriyasiga oldindan ma’lum qilinadi, vazifalarni bajarish uchun tayyorlashga beriladigan aniq vaqt, mavzu mazmuni, uning murakkabligi va darajasiga qarab belgilanadi.
Ushbu mashg’ulot bahs-munozara uslubiga asoslangan bo’lib, o’zining aniq o’tkazilish vaqti va tartibiga egadir. O’qituvchi dastlab o’quvchilarni mashg’ulot o’tkazish tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va ularni kichik guruhlarga ajratadi.
Kichik guruh qatnashchilari o’z xohishlari bo’yicha bittadan savol tanlab oladilar va so’zga chiqishga tayyorlanadilar. Ular o’zlari tanlagan savol yuzasidan o’z tushunchalari mavzuga bo’lgan yoshdashuvlari, munosabatlari hamda Ushbu savollarga javoblarini berishdan o’zlarini egallagan holatlari qanchalik to’g’ri ekanligiga chiqishlari orqali o’quvchilarni ishontirishga harakat qiladi. O’qituvchi ko’rsatmasiga binoan boshqa kichik guruh qatnashchilari aytilgan fikr va so’zga chiqqan o’quvchilarni egallagan holatlariga qarshi fikrlar aytadi, ya’ni so’zga chiqqan kichik guruh tanlagan yo’lini rad etadilar va shu orqali ularni bahs-munozara tortishuvga undaydilar.
Bahs-munozara yakunida har bir so’zga chiqqan kichik guruh boshqa kichik guruh a’zolarini o’zlarining tortishuvdagi fikrlari, tanlagan holatlari, dalil va isbotlari qanchalik to’g’ri ekanligiga ularni ishontira olishlari va o’z tomonlariga og’dra olishlari, iloji bo’lsa ularni o’z guruhlariga qo’sha olishlari kerak.
Mashg’ulotning oxirgi bosqichiga o’qituvchi yakun yasaydigan bahs-munozara bo’yicha o’z fikrini bildiradi.
KBI texnologiyasi bir qancha variantda o’tkazilishi mumkin. Masalan, tinglovchilardan (o’z xohishlariga qarab) tashabbuskorlar guruhini tuzib olish mumkin va bu guruh bahs-munozara davomida aytilgan qiziqarli fikrlar, dalillar, asosiy tushunchalar, vaziyatdan chiquvchi holatlar, qiziqarli javoblar, mulohaza, takliflar va boshqalarni o’quv xonasining taxtasiga yoki vatmanga yozib boradi. Tashabbuskorlar guruhining vazifalari qatoriga: bahs-munozaraning borishini nazorat qilish, qatnashchilarni faollashtirish, kerak bo’lsa, ba’zilarga alohida tanbex va takliflar bildirishini kiritish mumkin. Bunday tashabbuskorlar guruhi auditoriyasiga va bir-biriga o’xshash fikrlar bildirilishi guruhlarni faollashtiradi, ularni erkin holatda o’z fikrlarini aytishlariga kerakli muhit va sharoitni yaratadi. Shuningdek, bu guruh mashg’ulotning xulosa qismida ham ishtirok etib, guruhlarning tanlagan holatlari, bildirgan fikrlari va tortishuvlariga o’z munosabatlarini bildirishlari mumkin.
Yuqoridagi bahs-munozaralarni o’tkazish mavzulari odob-axloq, madaniyat yo’nalishida bo’lgani maqsadga muvofiq, chunki bu mavzular yoshlarni ko’proq qiziqtiradi.

Download 152,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish