Klaster metodi
Faol metodlardan biri "Klaster" metodidir. Klasterlarga ajratish - bakalavr o`qituvchilarga biror-bir mavzu to`g`risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod ko`p vari-antli fikrlashni o`rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o`rtasida aloqa o`rnatish malakalarini rivojlantiradi.
Klaster so`zi g`ujm, bog`lam ma’nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da`vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag`batlantirish uchun qo`llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg`otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo`lib, muayyan mavzu bo`yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo`yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o`rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofikdir.
Klaster tuzishda guruhdagi barcha bakalavr o`qituvchilarning ishtiroketishi, shu guruh uchun g`oyalar o`zagi bo`lib xizmat qiladi.
Klaster metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning bo`lajak baka-lavr o`qituvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi.
Stil g`oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan bu metod puxta o`ylangan strategiya bo`lib, undan bakalavr o`qituvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda ushbu metod guruh a`zolari tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida namoyon bo`ladi. Bu esa guruxning har bir a`zosi tomonidan ilgari surilayotgan g`oyalarni uyg`unlashtirish hamda ular o`rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
Klaster metodidan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: Nimaniki o`ylagan bo`lsangiz, shuni krg`ozga yozing. Fikringizning sifati to`g`ri-sida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring. Yozuvingizning orfogra-fiyasi yoki boshqa jihatlariga e`tibor bermang. Belgilangan vaqt nihoyasiga etmagunicha, yozishdan to`xtamang. Agar ma`lum muddat biror bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik va bog`liqlikni ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatishni cheklamang.
Mazkur metodni mashg`ulotlarga quyidagicha qo`llash mumkin: Mavzu: "Kompyuter tuzulishini o’rganish”
Darsning maqsadi: Yangi mavzuga aloqador o`tilgan mavzuni mus-tahkamlash, ko`nikma hamda malakalarini shakllantirish.
Darsni tashkil etish: Yangi mavzuni o`zlashtirishning samaradorligiga erishish uchun o`tilgan mavzular yuzasidan qisqacha takrorlash mashqlari o`tkaziladi. Uni quyidagicha tashkil etish mumkin: Kompyuter haqida nimalarni bilasiz? Dunyoga mashhur kompyuter nomini sanang. Ularni ishlab chiquvchi firmalar nomini aytib bering? Komyuterning oltin qoidalariga misol keltiring. Undan qanday foydalanish mumkin? O`tilgan mavzuni takrorlash bilan bo`lajak bakalavr o`qituvchilari ongida yangi mavzuni o`zlashtirishga zamin hozirlanadi. Bu esa yangi mavzuni o`zlashtirishning samaradorligini ta`minlaydi. Klaster metodiga asosan, guruh asosida tashkil etilayotgan mashgulotlarda ushbu metod guruh a`zolari tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida namoyon bo`ladi. Har bir guruh a`zosi biror-bir g`oyani ilgari suradi, shundan so`ng barcha g`oyalar uyg`unlashtiriladi. Buning uchun pedagog bo`lajak bakalavr informatika o’qituvchilarni 3 yoki 4 guruhga bo’ladi. O’quvchilarga muayyan mavzuni aytadi. Mazkur mavzuni puxta o`zlashtirgunlariga qadar bosib o`tiladigan yo`lning namunasini keltiradi. Qonunning o`rnini aniqlagunga qadar bo`lajak bakalavr informatika o`qituvchilari quyidagi muammolar yuzasidan erkin, ochiq o`ylash, fikrlash imkoniyatiga egadirlar: Informatika o'rganadigan asosiy obyektlar? U nimaga bog`liq? Bu masalalar yoritilgan plakat yozuv taxtasiga ilib qo`yiladi.
Darsning borishi: Takrorlash uchun avvaldan tuzib quyilgan savollar beriladi. Bakalavr o`qituvchilar shu orqali o`tilgan mavzuni takrorlab olishadi. Pedagog yuqorida keltirilgan metoddan foydalanib, aytilgan fikrlarini o`rtaga tashlaydi. Mazkur bosqichlar bajarib bo`lingach, endi guruhdagilar o`z fikrlarini uyg`unlashtiradilar, ular o`rtasidagi aloqalarni topib bitta andozaga soladilar. Pedagog hamda boshqa guruh a`zolarining xukmiga havola etadilar. Buning uchun har bir guruhdan vakil saylanadi. Guruh tomonidan jamlangan g`oyalar turkumi o`qib eshittiriladi.
Klaster metodi bo`yicha keltirilgan ushbu bosqichlar bosib o`tilgach, bo`lajak bakalavr informatika o`qituvchilari o`z-o`zidan yangi mavzuni tushunib oladilar. Chunki, bu yerda hamma g`oyalarni pedagog emas, balki o`zlari o`ylab topadilar. Bu erda har tomonlama qarashlar, g`oyalar o`rtaga tashlanadi va masalaning echimi izlanadi. echimni topish uchun izlanish davomida yangi bilim va ma`lumotlar, mavzuga tegishli muhim jihatlar ochiladi, o`zlashtiriladi. Bu metod bakalavr informatika o`qituvchilarining mustaqil, erkin fikrlash malakalarining takomillashtirish bilan birga ularning ijodiy mushohada etish salohiyatini ham rivojlantiradi. Mashg`ulot so`ngida pedagog ularning g`oyalarini ma`lum xulosaga keltiradi va e`lon qiladi. Ularning bilimi baholanadi, faol ishtirokchilar rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa: ma`lumki, bakalavr o`qituvchilarini tayyorlash jiddiy masaladir. Buning uchun ulardan bilim, malaka, fidoiylik, o`z fikriga ega bo`lishlik, muammolarga aniq echim topa olishlik kabilar talab etiladi. Ana shunday talablarga javob bera oladigan o`qituvchilarni tayyorlashda faol metodlardan bo`lgan klaster metodi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta`limning bu faol metodini barcha ta`lim muassasalarida bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlashda qo`llash mumkin.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, interfaol metodlar - bu jamoa bo`lib fikrlash deb yuritiladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo`lib, ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o`ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va bakalavr o`qituvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kollejlari va akademik liyselarda o’qitiladigan “Informatika” kursi mazmuni 10 ta bobni o’z ichiga oladi. Bu kurs ikki semestr o’qitiladi.
Kursni o’qitishda pedagogik texnologiya va usullarni qo’llash bo’yicha ba’zi mavzular misolida tayyorlangan metodik ishlanmalardan namunalar keltiramiz.
2-bob “Shaxsiy kompyuterlar va ularninng tuzilishi, qurilmalari haqidagi ma’lumotlari haqidagi ma’lumotlar bo’lib, o’qituvchilarning kompyuter va uning texnik vositalari haqidagi tushunchalari qanchalik darajada ekanligini bilish uchun ushbu bobga oid mavzular bo’yicha dars mashg’ulotini boshlashdan oldin “Klaster” usulidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblaymiz.
Hozirda deyarli barcha xonodonlardan kompyuter mavjud, shu sababli o’quvchilarga u haqda savol bersangiz kerakli ma’lumotlarni olishingzi mumkin.
Masalan, “Klaster” usulidan dastlabki darsdayoq foydalanish guruh o’quvchilarini kichik guruhlarga ajratishga, o’quvchilarning “Informatika” fanidan umumta’lim maktablarida olgan bilimlarining qanday darajada ekanligini aniqlashga imkon beradi.
Bu usuldan foydalanish uchun o’qituvchi doskaga “Kompyuter” so’zini yozishi va o’quvchilardan kompyuter haqida qanday tushunchalarga ega ekanligini bilish uchun “Qani kompyuter qanday tuzilgan va uning qanday qurilmalarini bilasiz” degan savol bilan murojaat qilishi mumkin. O’quvchilar tomonidan aytilgan har bir qurilma nomini “Kompyuter” so’zi atrofiga yozib borishi, albata takrorlangan qurilmalar nomi bo’lsa, ularning aytilganligini o’quvchilarga o’z vaqtida etkazib borishi zarur. Natijada doskada “Kompyuter” so’zi atrofida uning qurilmalari haqidagi ma’lumotlar jamlanadi. Shundan so’ng, o’qituvchi ularning qanday vazifalarni bajarishini birin-ketin o’quvchilardan so’rab oladi. Agar o’quvchilarda u to’g’risidagi ma’lumotlar etarli bo’lmasa, o’qituvchi o’zi to’ldirib boradi. Shu tariqa kompyuter qurilmalari haqidagi tushunchalar etarlicha izohlashga erishiladi. O’quchilar esa o’z bilimlari bilan o’rtoqlashadi. Bu esa ularning o’z fikrini erkin ayta olishga o’rgatadi. Albata qaysi usul yoki texnologiya bo’lmasin, uni dar jarayonida qo’llashda vatni ham hisobga olish zarur. Quyida “Klaster” usulini qo’llash bo’yicha namuna keltirilgan.
“Klaster” usulini qo’llash bo’yicha namuna
Operatsion sistema
Printer
Klaviatura
Doimiy xotira
Doimiy xotira
Kalonka
Uzb modem
Kompakt disk
Kompyuter
сканер
disk
Vinchestr
fayl
monitor
sichqoncha
Fleshka
Videokarta
videoproektor
Tezkor xotira
Mikroprotsesor
Diskovod
Modem
Namunadan ko’rinib turibdiki, kompyuterga tegishli bir qancha qurilmalar nomi keltirilgan, o’qituvchi dars jarayonida belgilangan vaqtda ulardan nechtasi aytilsa, ularni joylashtirishi lozim.
3-bob. “Operatsion tizim va uning buyruqlari” ga oid bo’lib, uning mavzularini o’qitishda “Zinama-zina” texnologiyasidan foydalanish uchun o’qituvchi mavzuning mazmuniga oid savollar, tyanch tushunchalarga asoslangan holda savollar tuzishi kerak bo’ladi. Masalan, “Operatsion tizimlar va ularning turlari” mavzusini o’qitish jarayonida ushbu texnologiyani qo’llash uchun quyidagi ishlarni tavsiya etamiz.
Avvalo o’qituvchi tomonidan ushbu mavzuning mazmunini ochib beruvchi savollar ishlab chiqiladi. Biz ushbu mavzu bo’yicha quyidagi savolarni taklif qilamiz.
Opertsion tizimi va uning vazifasi.
Bir vazifali opertsion tizimlar.
Ko’p vazifali operatsion tizimlar.
Tarmoqli operatsion tizimlar.
Ushbu savollar tushirilgan A4 formatdagi qog’oz kichik guruhlarga tanlash yo’li bilan tarqatiladi. Ya’ni:
1-savol ichun
Savol
|
Izoh
|
1.Opertsion tizimi va uning vazifasi.
|
|
2-savol ichun
Savol
|
Izoh
|
1.Opertsion tizimi va uning vazifasi.
|
|
3-savol uchun
Savol
|
Izoh
|
1.Opertsion tizimi va uning vazifasi.
|
|
4-savol uchun
Savol
|
Izoh
|
1.Opertsion tizimi va uning vazifasi.
|
|
Har bir guruhga 3-5 daqiqa ichida qog’ozga berilgan savolga kelishgan holda javoblar yozish so’raladi. O’quvchilar kelishgan holda savolga mos javoblarni yozadilar belgilangan vaqt tugagandan so’ng o’qituvchi ulardan javoblarni tinglay boshlaydilar.
Berilgan savollar ketma-ketligiga rioya qilingan holda kichik guruhlar birin-ketin savolga javob beradidar. Agar o’qituvchini guruh tomonidan berilgan savollarga javoblar qoniqtirmasa, avvalo shu kichik guruh a’zolaridan biri qo’shimchalar va tuzatishlar kiritishga chiqadilar, aks holda boshqa kichik guruh a’zolari savollarga qo’shimchalar kiritishadi yoki o’qituvchi tomonidan savolning javobi to’ldirilib boriladi.
Har bir kichik guruh berilgan savollarga navbatma-navbat chiqish vaqtida doskaga berilgan savollar bo’yicha javoblar zina ko’rinishida joylashtiriladi. Barcha guruhlarning qog’oz variantidagi javoblari joylashtirilgandan so’ng, e’tibor bilan qaralsa u zina ko’rinishida aks etgandek bo’ladi. Bu esa yuqorida aytganimizdek, “Zinama-zina” texnologiyasining qo’llanilishiga misol bo’ladi.
O’quvchilarning o’tilgan darslarni qanday darajada o’zlashtirganligini tezroq aniqlash uchun “Blits-so’rov” usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu usulni fanlarni o’qitish jarayonida qo’lash uchun avvalo mavzuga tegishli tayanch tushunchalarni aniqlash zarur. Agar bitta mavzudan tayanch tushunchalar soni kam bo’lsa, ikki yoki uchta mavzuni uumumlashtirgan holda ishlanmalar tayyorlash mumkin. Endi ushbu usulni qo’llashga doir kasb-hunar kolejllarida o’qitiladigan “informatika” fanining mavzulari misolida ko’rib o’tamiz. Masalan, “Turbo Paskal algoritmik tili” bobi bo’yicha mavzularni o’qitishdan oldin o’quvchilarning umumtalim maktablarida Paksal tilini qanday darajada o’zlashtirganliklarini aniqlash uchun Paskal tilida ishlatiladigan buyruq va operatorlar bo’yicha “Blits-so’rov” usulini qo’llash mumkin. Buning natijasida o’quvchilarning Paskal dasturlash tili buyruq va operatorlari qanchalik darajada o’zlashtirganliklarini aniqlash imkoniga ega bo’linadi va ushbu bobga oid mavzularda innnovatsion usullardan qaysi birini qo’lllash orqali dars jarayonini tashkil etishni rejalashtiradi.
Blits-so’rov usulini qo’llashga doir namuna
O’quvchi F.I.Sh.___________________________ guruhi _________
Operatorlar nomi
Operatorlarning vfzfasi
|
Read (yoki Readln)
|
If
|
then
|
else
|
for
|
While
|
Repeat
|
Goto
|
Write (yoki (Writeln)
|
Begin
|
Agar ma`nosini anglatuvchi xizmatch so`z
|
|
+
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bo`lsa ma`nosini anglatuvchi xizmatch so`z
|
|
|
+
|
|
|
|
|
|
|
|
Uchun ma`nosini anglatuvchi xizmatch so`z
|
|
|
|
|
+
|
|
|
|
|
|
Sharti oldin tekshiriladigan jarayonlarni dasturlashda ishlatiladigan operator
|
|
|
|
|
|
+
|
|
|
|
|
O`tish operatori
|
|
|
|
|
|
|
|
+
|
|
|
Sharti keyin tekshiriladigan jarayonlarni dasturlashda ishlatiladigan operator
|
|
|
|
|
|
|
+
|
|
|
|
Kiritish operatori
|
+
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Boshlash ma’nisini anglatuvchi xizmatchi so`z
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
+
|
Aks holda ma`nosini anglatuvchi xizmatch so`z
|
|
|
+
|
|
|
|
|
|
|
|
Chiqarish operatori
|
|
|
|
|
|
|
|
|
+
|
|
Ishlanmadan ko’rinib turibdiki, o’quvchilarga bu ishlanmaning javobi keltirilmagan holatda har bir o’quvchiga tarqatiladi, va ularga tegishli javoblarini belgilash uchun 5-10 daqiqa vaqt beriladi. Belgilangan vaqt tugagandan so’ng, agar shu zahoti o’quvchilarning bilimini aniqlash lozim bo’lsa, ushbu ishlanmaning javoblari o’qituvchi tomonidan oldindan belgilangan varianti doskada (yoki katta ekranlarda) namoyish etiladi.
Natijada o’quvchilar o’zlarining biilm darajalarini shu zahotiyoq aniqlashga erishadi.
Agar o’qituvchining vaqti yotarli bo’lmasa, berilgan tarqatma materialni yig’ib olib, so’quvchilar tomonidan berilgan javoblarning to’g’riligini uyda teshrishishi mumkin va keyingi darsda o’quchilarning baholari e’lon qilinadi.
Bu usulni yakka tartibda har bir o’quvchi uchun yoki kichik guruhlarda ham qo’llash mumkin. Agar kichik guruhlarda qo’llash kerak bo’lsa, uning boshqacha shakllaridan foydalaniladi.
Ushbu usuldan kasb-hunar kollejlari va akademik liyeylarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ta’lim muassasalarida ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlari o’tkaziladi hamda 2 soatlik dars mashg’uloti olib boriladi. Shu sababli bu kabi ta’lim muassasalarida fanlarni o’qitish jarayonida hohlagan pedagogik usullarni qo’llash va o’quchilarning o’z bilimlarini namoyish qilishga imkoniyat yaratib berish mumkin.
Agar ushbu usulni bir vaqtning o’zida yakkka tartibda hamda kichik guruhlarda qo’llash kerak bo’lsa, uning ko’rinishi biroz boshqacha bo’ladi. Masalan, Paskal dasturlash tilida dastur tuzilishi bo’yicha quyidagi ishlanmani ishlab chiqish mumkin.
Bundan tashqari yana bir qancha texnologiyalar, metodlar va usullar mavjud ulardan darsning mazmuniga ko’ra o’z o’rnida foydalanilsa, qo’llab borilsa, o’ylaymizki dars jarayoni samaradorligi yanada ortadi, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi, ular o’z fikriga ega bo’lishadi va h.k. Ularning ba’zilari to’g’risida ma’lumot berib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |