O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


 Dori vositalarining organizmda taqsimlanishi. Biologik to‘siqlar



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

1.2. Dori vositalarining organizmda taqsimlanishi. Biologik to‘siqlar. 
Depolanish 
Absorbsiyalangan dori vositalari qonga tushganidan keyin turli a’zo va 
to‘qimalarga yetib boradi. Bunda ular organizmda asosan notekis taqsimlanadi 
va ayrim moddalargina nisbatan tekis taqsimlanadi (masalan, ayrim 
noingalyatsion narkoz vositalari, etil spirti). Ularning taqsimlanish xususiyatiga 
organizmdagi biologik to‘siqlar va depolar ta’sir ko‘rsatadi.


142 
Biologik to‘siqlarga quyidagilar kiradi: kapillyarlar devori; hujayralar 
(sitoplazmatik) membranasi; gematoensefalik to‘siq; yo‘ldosh to‘sig‘i 
(homiladorlik paytida). Odatda mayda teshikchali (2 nmgacha o‘lchamli) 
kapillyarlar devori orqali ko‘pchilik birikmalar oson o‘tadi. Faqat oqsillar va 
ular bilan birikkan dori vositalar mazkur to‘siq orqali o‘ta olishmaydi. 
Gidrofil birikmalar kapillyarlar devori orqali oson o‘tadi va interstitsial 
suyuqliqqa tushadi, ammo ular hujayralar membranasi orqali o‘ta olishmaydi. 
Chunki mazkur membrana oqsil-fosfolipidlardan tashkil topgan. Gidrofil 
birikmalar ular orqali faqat hujayraning transport mexanizmlari orqaligina 
o‘tishlari mumkin. Lipofil birikmalar esa kapillyarlar devori orqali ham, 
hujayralar membranasi orqali ham yaxshi o‘ta oladilar.
Ko‘pchilik Dori vositalarining gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishlari o‘ta 
qiyin. Bu narsa miya kapillyarlarining o‘ziga xos tuzilishi bilan chambarchas 
bog‘liq.
Chunki ularning endoteliylarida tirqishlar mavjud emas. Shuningdek, 
ularda pinotsitoz jarayoni umuman bo‘lmaydi. Hamda miya kapillyarlarida 
qo‘shimcha lipid membrana vazifasini bajaruvchi kapillyarlarni tashqi 
tomonidan o‘rab turuvchi glial qismlar (astragliyalar) o‘ziga xos muhim o‘ringa 
ega. Gematoensefalik to‘siq orqali qutbli birikmalar yomon o‘tadi. Lipofil 
birikmalar esa miya to‘qimasiga nisbatan osonroq o‘tadilar. Mazkur to‘siq orqali 
moddalar asosan diffuziya yo‘li bilan o‘tadilar, faqat ayrim birikmalargina aktiv 
transport usuli yordamida o‘tishlari aniqlangan. Bosh miyaning ayrim kichkina 
bo‘laklarida (epifizda, gipofizning orqa bo‘lagida, uzunchoq miyada va b.) 
gematoensefalik to‘siq deyarlik bo‘lmaydi. Shuni ham e’tiborga olib qo‘yish 
lozimki, 
ayrim 
patologik 
holatlarda 
(masalan, 
miya 
pardalarining 
yallig‘lanishlarida) ko‘pincha mazkur to‘siqning o‘tkazuvchanligi oshib ketadi. 
Gematoensefalik to‘siq orqali moddalarning o‘tishi P-glikoproteinli 
transporter orqali ham amalga oshiriladi. U moddalarning miya to‘qimasidan 


143 
qonga o‘tishini ta’minlaydi, ammo ayrim birikmalarning miya to‘qimasiga 
kirishiga esa to‘sqinlik qiladi.
Faqat homiladorlik paytidagina faoliyat ko‘rsatadigan yo‘ldosh to‘sig‘ining 
biologik ahamiyati juda beqiyosdir. Undan asosan lipofil birikmalar diffuziya 
usuli orqali o‘tadilar. Ionlangan qutbli birikmalar yo‘ldosh to‘sig‘i orqali yomon 
o‘tadilar. Mazkur to‘siqda ham P-glikoproteinli transporter faoliyat ko‘rsatishi 
aniqlangan. 
Dori moddalarining organizmda taqsimlanishi avvalo dori vositaning 
qaysidir a’zo yoki to‘qima bilan o‘xshashligiga bog‘liq. Bundan tashqari a’zo va 
to‘qimalarning qon bilan ta’minlanish darajasi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
Ko‘pchilik dori dori vositalari ularning organizmdan ajratilish joylarida 
to‘planish xususiyatiga egalar. Shuningdek organizmda faoliyat ko‘rsatadigan 
depolar ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadilar. Ularning 2 turi mavjud: 
hujayradan tashqari (ekstratsellyulyar) depo; hujayra (sellyulyar) deposi. 
Ekstratselyulyar depolarga zardob oqsillari (asosan albuminlar)ni kiritish 
mumkin. Ular bilan ko‘pchilik birikmalar juda kuchli bog‘lanishadi (hatto 90 % 
dan ham yuqori). Shuningdek, unga biriktiruvchi to‘qima deposi (ayrim qutbli 
birikmalar, Shu jumladan, to‘rtlamchi ammoniyli tuzlar ham), suyak deposi 
(tetratsiklinlar), yog‘ deposi (lipofilbirikmalar), uglevod deposi ham kiradi.
Ayrim dori vositalar (akrixin) yuqori konsentratsiyalarda hujayra deposida 
aniqlanadi. Ularning hujayralardagi bog‘lanishlari oqsillar, nukleoproteinlar va 
fosfolipidlar hisobiga amalga oshirilsa kerak. 
Dori vositalarning depolanishi odatda qaytar bog‘lanish orqali amalga 
oshiriladi. Ularning to‘qima depolarida ushlanib qolish davri anchagina katta 
bo‘lishi mumkin.


144 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish