- 357 -
o‘tish xossasini beradi. Fenaminning ta’sir mexanizmi dofamin va NA ning
presinaptik membranadan ajralishini kuchaytirish va neyronal qayta shimilishini
pasayishtirishdan iborat. Buning natijasida sinaps yorig‘ida monoaminlar
miqdori ortib, MNSdagi retseptorlarning qo‘zg‘alishi kuzatiladi, ayniqsa
retikulyar formatsiyaning miya po‘stloq qismiga stimullovchi
qismi va limbik
sistemada. Shu tufayli fenamin neostriatumga susaytiruvchi ta’sir etadi. Bundan
tashqari fenamin bosh miya po‘stloq qismining neyronlarini bevosita qo‘zg‘atsa
ham kerak. MNSda fenamin dofamin retseptorlariga NA retseptorlariga nisbatan
ko‘proq ta’sir etadi. Fenamin periferik alfa va betta adrenoretseptorlarni ham
qo‘zg‘atib, tomirlarni toraytiradi, yurak qisqarishini kuchaytiradi, qon bosimini
oshiradi, bronxlarni bo‘shashtiradi, qorachig‘ni kengaytiradi. Bunday ta’sir
davomli bo‘lsa ham, lekin adrenalinnikidan kuchsizroq (100-150 marta kuchsiz).
Fenaminni to‘g‘ri qo‘llansa u MNS qo‘zg‘alish jarayonini kuchaytirib,
charchoqni yo‘qotadi, kayfiyatni yaxshilaydi, kuch quvvat ortadi, bemorlar
tetiklashishadi, ularning
mehnat qobiliyati ortadi, uyquga bo‘lgan talab
kamayadi. Fenamin narkotik va uxlatuvchi vositalar ta’sirini susaytiradi
(uyg‘otuvchi ta’sir), ishtahani pasaytiradi (ovqatga to‘yish hissini oshiradi),
chunki gipotalamusda joylashgan ozuqa markaziga ta’sir etadi.
Qo‘llanilishi: toliqqanda, charchoqni yo‘qotish, aqliy va jismoniy faollikni
oshirish uchun uyqusirash, bo‘shashganlik, farqsizlik, asteniya bilan kechuvchi
nevrotik subdepressiyalar, narkolepsiyalar
va boshqa psixonevrologik
xastaliklarda.
Dori vositani muntazam uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas, chunki dori
vosita organizmda to‘planadi, unga ko‘nikish, tobelik (ruhiy va jismoniy) va uni
qabul qilishga intilishi
rivojlanadi.
Fentaminni qo‘zg‘atuvchi
ta’siri
organizmdan anchagina energiya sarflanishiga olib keladi va Shuning uchun uni
qabul qilingandan keyin, qoniqarli dam olish kerak (kuch to‘plash uchun).
Fenaminni davomli qabul qilinsa ruhiy asab buzilishlariga olib kelishi mumkin
(hatto shizofreniya, psixoz rivojlanishi mumkin).
- 358 -
Fenamin ayrim holatlarda narkotik tipda ta’sir
qiluvchi moddalar bilan
zaharlanganda analeptik sifatida qo’llanadi. Ishtahani pasaytirish maqsadida
fenaminni qo’llash maqsadga muvofiq emas,chunki u qo’zg’alish chaqiradi, qon
bosimini oshiradi va doriga qaramlik yuzaga kelish borasida xavfli preparat
hisoblanadi.
Yuqori dozalar qo’zg’alish, besaramjomlik, uyqusizlik,taxikardiya ayrim
hollarda yurak qisqarish ritmlari buzilishi kuzatiladi.
Qariyalar,
ateroskleroz, xafaqonlik, uyqusizlik, jigar xastaliklari,
homiladorlikning kechki toksikozlarida qo‘llab bo‘lmaydi. Hozirgi paytda
fenamin kam qo’llanadi, chunki doriga qaramlik chaqiradi.
P i r i d r o l (pipradol) MNS ga fenamindan kuchsizroq ta’sir qiladi
M e r i d i l ( metilfenidata gidroxlorid,tsentedrin)– psixostimulyatorlik
kuchi bo‘yicha fenamindan kuchsiz. Lekin periferik
adrenergik sistemasiga
ta’sir ko‘rsatmaydi (qon bosimini o‘zgartirmaydi), yurak-tomir sistemasiga ta’sir
etmaydi. Meridil yengil depressiyalarda, astenik holatlarda, kuchli toliqishda,
neyroleptiklar ta’sirida MNSning susayganligida qo‘llaniladi. Meridilga
o‘rganish rivojlanadi. Uyqusizlik, aterosklerozda, stenokardiyada, giperteriozda,
kuchli darmonsizlanishda meridilni qo‘llab bo‘lmaydi.
S i d n o k a r b (mezokarb)
Do'stlaringiz bilan baham: