6.4.PARKINSONIZMGA QARSHI MODDALAR
Bu guruh moddalar Parkinson kasalligini va turli xil sabablarga ko’ra kelib
chiqqan parkinsonizm holatini davolash uchun qo’llaniladi. Parkinson kasalligi
surunkali neyrodegenerativ kasallik bo’lib, ekstrapiramid yadrolarining
zararlanishi bilan kechadi. Kasallikni eng ko’p ko’rinishi skelet mushaklarining
Nomi
Kattalar uchun o’rtacha
terapevtik
miqdori;
yuborish yo’li
Ishlab chiqarish shakli
Difenin
Dipheninum
Ichishga 0,117 g
Tabletka 0,117 g
Geksamidin
–
Hexamidinum
Ichishga 0,125-0,5 g
Tabletka 0,125 va 0,25 g
Karbamazepin-
Carbamazepine
Ichishga 0,2-0,4 g
Tabletka 0,2 g
Klonazepam
-
Clonazepame
Ichishga 0,001-0,002 g
Tabletka 0,001 g
Natriy valproat
-
Natrii valproas
Ichishga 5-10 mg/kg
Tabletka 0,15; 0,2; 0,3 va 0,5
g; kapsula 0,3 g
Etosuksimid
-
Ethosuximidum
Ichishga 0,25 g (15
tomchi)
Kapsulada 0,25 g; flakonda
50 ml eritma (2,5 g dori
vosita) qabul uchun
Lamotridjin
–
Lamotrigine
Ichishga 0,05-0,2 g
Tabletka 0,05; 0,1 va 0,2 g
Trimetin -
Trimethinum
Ichishga 0,2-0,3 g
Kukun ; tabletka 0,1 va 0,3 g
- 317 -
rigidligi
1
(mushaklar tonusini oshishi), tremor (doimiy ixtiyorsiz, noaniq titroq),
gipokineziya
2
(harakatni cheklanishi). Bemor holati va yurish harakatlari ham
buziladi. Sekin astalik bilan ruhiy o’zgarishlar, aqliy faoliyatni o’zgarishi
kuzatiladi. Parkinson kasalligini kelib chiqish sababi noaniq. Aniqlanishicha,
bazal yadrolarda va qora substansiyada dofamin miqdori kamayishi kuzatilgan,
dofamin esa neostriatumga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumki,
neostriatum esa orqa miya faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Zamonaviy
fikrlarga ko’ra, dofaminergik qora striat neyronlarning kamayishi hisobiga
dofaminni yetishmasligi, parkinson sindromiga xos bo’lgan harakatni buzilishi,
ruhiy o’zgarishlarni kelib chiqishiga asosiy sabab bo’ladi.
Oxirgi yillarda ma’lum bo’ldiki, Parkinson kasalligini kelib chiqishida,
miyada dofaminergik va glutamatergik tizimlarda kelib chiqqan disbalans asosiy
rol o’ynaydi. Yuqoridagi gaplardan ma’lumki, Parkinson kasalligini rivojlanishi
qora substansiya neyronlarida dofamin miqdorining kamayishi va uning
neostriatum neyronlariga tormozlovchi ta’sirini kamayishiga bog‘liq. Shu
holatda glutamatergik neyronlarning stimullovchi ta’siri oshib boradi. Bu esa
harakat va ruhiy funksiyalarni buzilishiga olib keladi, natijada gipokineziya,
tremor, mushaklar rigidligi va bradifreniya (psixik jarayonlar sekin o’tishi)
kuzatiladi. Shuni hisobga olib, Parkinson kasalligini davolash bazal yadrolarga
ta’sir qiladigan turli mediatorlar tizimidagi dinamik tengsizlikni tiklashga
qaratilgan. Parkinsonizm farmakoterapiyasining asosiy vazifasi, tegishli bo’lgan
neyron yadrolarda dofamin yetishmasligini bartaraf qilishdir. Shu maqsadda
dofamindan foydalanish mumkin emas, chunki dofamin gematoentsefalik
to’siqdan o’tmaydi va oddiy yo’llar bilan yuborilganda miya to’qimasiga yetib
bormaydi.
- 318 -
Do'stlaringiz bilan baham: |