O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

 nystagmos-
uyqu,mudrash

2
Buyumlarni ikkitadan ko’rinishi ( grekchadan
 diploos
- ikkita, 
ops
– nigoh). 
Katta tutqanoqlarga yordamchi vosita sifatida geksamidin (primidon) 
qo’llanadi. U fenobarbital kabi aktiv emas, lekin kam zaharliroq. Nojo’ya 
ta’sirlari kamroq. 
Tutqanoqning e p i l e p t i k s t a t u s turida (uzoq vaqt to’xtamaydigan katta 
tutqanoq xuruji) benzodiazepin hosilasidan d i a z e p a m
(sibazon), 
l o r a z e p a m va k l o n a z e p a m n i vena ichiga yoki rektal yuborish juda 
yaxshi natija beradi. Bu dori vositalarni ta’sir qilish mexanizmi GAMK-
ergik sistemani faollashtirishiga bog‘liq. Tutqanoqqa qarshi moddalarning 
GAMK –ergik sistemaga yo’naltirilgan ta’siri. 
Bundan tashqari difeninning natriyli tuzini, fenobarbitalni parenteral 
yuborish va narkoz vositalari berish ham mumkin. 
K i c h i k x u r u j l i t u t q a n o q l a r ( p e t i t m a l ) oldini olish uchun 
etosuksimid, natriy valproat, klonazepam, lamotridjin, trimetin ishlatiladi.
E t o s u k s i m i d (suksilep) suksitsimidlar guruhiga kiradi. T-tipidagi 
kalsiy kanallarini bloklaydi. Kichik xurujli tutqanoqlar profilaktikasida tanlov 
preparati hisoblanadi. U Trimetinga qaraganda kam zaharli lekin baribir kam 
bo’lsa ham qon yaratish va buyrak funksiyalarini ba’zida jiddiy buzishi 


- 312 -
mumkin. Bundan tashqari dispeptik buzilish, bosh aylanish, charchoq bo’lishi 
mumkin. Davolash paytida qonning tarkibini qat’iy nazorat qilish kerak. 
T r i m e t i n (trimetadion,tridion) oksazolidin hosilasidir. Orqa 
miyadagi polisinaptik reflekslarni susaytiradi, T-tipdagi kalsiy kanallarni 
bloklaydi va neyronlarga kalsiy kirishini susaytiradi. MIT dan yaxshi so’riladi, 
jigarda o’zgarib, buyrak orqali chiqib ketadi. Nojo’ya ta’sirlari: sedativ ta’sir, 
gemeralopiya (qorong’uda ko’rish buzilishi, shabko’rlik), terida allergik 
reaksiya, qon yaratish buzilishi (aplastik anemiya, agranulotsitoz), jigar va 
buyrak ishi buzilishi. Shulardan kelib chiqqan holda trimetin bilan 
davolaganda doimiy ravishda qon yaratish jarayoni, buyrak va jigar holatini 
nazorat qilib borish kerak. 
L a m o t r i d j i n (lamiktal) feniltriazin hosilasi hisoblanadi. Mexanizmini 
natriy kanallari bloklanishi va presinaptik oxirlardan qo’zg’atuvchi 
aminokislotalar ajralishi susayishi bilan bog’lashadi.
 
Enteral yo’l bilan 
butunlay so’riladi, uzoq ta’sir etadi. Shuning uchun jigar va buyrakning 
holatini hisobga olgan holda dozalash kerak. Ayniqsa lamotridjinni jigar 
mikrosomal fermentlar tizimiga ta’sir qiluvchi preparatlar bilan 
kombinatsiyada berganda bu juda muhimdir. Kichik xurujlar, fokal epilepsiya 
va kata xurujlarda ham beriladi. Nojo’ya ta’sirlari ataksiya, diplopiya, 
allergiya, bosh aylanish. 
Mioklonus-epilepsiya 
medikamentoz 
davolashga 
yetarlicha 
chidamli 
hisoblanadi. Bunda k l o n a z e p a m , d i a z e p a m (sibazon, seduksen) va 
n i t r a z e p a m (eunoktin) ishlatiladi. Klonazepam epilepsiyaning ko’plab 
turlarida samaradorligi va minimal nojo’ya ta’sir qilishi diqqatga sazovordir ( 
ba’zida ataksiya, ishtaha buzilishi, uyquchanlik). Nitrazepam kichik 
xurujlarda ham qo’llanadi. Benzodiazepinlarning epilepsiyaga qarshi effekti 
ularning GAMK-mimetik ta’siri bilan izohlanadi. 
N a t r i y v a l p r o a t (depakin) ham Shu turda va yana kichik va kata 
xurujlarda samara beradi. Ta’sir mexanizmi miyada GAMK-transaminazani 


- 313 -
ingibirlashi hisobiga GAMK biotransformatsiyasining sekinlaShuvi va 
glutamatdekarboksilaza fermenti stimullanishi sababli GAMK sintezi 
kuchayishi va oxir-oqibat miyada GAMK to’planishi hisoblanadi. Bundan 
tashqari natriy kanallarini va oz bo’lsada T-tipdagi kalsiy kanallarini ham 
bloklaydi. Nojo’ya ta’sirlari nisbatan kam (ko’ngil aynish, ataksiya, 
uyquchanlik). Natriy valproat boshqa tutqanoqqa qarshi vositalar nojo’ya 
ta’sirlarini kuchaytirishi mumkin, Shuning uchun kombinatsiyalangan terapiya 
qilishda buni yodda tutish kerak.
Fokal tutqanoq turida karbamazepin, topiramat, difenin, vigabatrin, 
gabapentin, geksamidin, fenobarbital va boshqalar qo’llaniladi. 
Tutqanoqning bu turida k a r b a m a z e p i n keng qo’llaniladi 
(stazepin, tegretol, finlepsin). Kimyoviy strukturasi bo’yicha dibenzazepin 
hosilasiga kiradi. Uning tutqanoqqa qarshi ta’siri natriy kanallarini 
bloklanishiga bog‘liq. Bu dori vositaning afzalligi Shundan iboratki, 
tutqanoqqa qarshi ta’siri psixotrop ta’sir bilan birga namoyon bo’ladi. Ya’ni 
Karbamazepin qabul qilgan bemorlarda kafiyat yaxshilanadi va atrofdagilar 
bilan muloqat oshadi. Bu esa ijtimoiy va professional tiklanishni 
yengillashtiradi. Karbamazepin katta tutqanoq xurujlarida hamda tutqanoqni 
aralash formalarida ham (uchlik nervi yallig’langanda ham) qo’llaniladi. 
Karbamazepin qo’llanilganda ba’zi bir nojo’ya holatlar kuzatilishi mumkin: 
dispeptik o’zgarishlar, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, 
akkomodatsiyani 
buzilishi 
va 
boshqalar. 
Dori 
vosita 
psixomotor 
reaksiyalarni susaytiradi, Shuning uchun transport haydovchilariga 
buyurilmaydi. 
Karbamazepin 
ta’sirida 
bemorlarning 
etil 
spirtini 
ko’taruvchanligi pasayadi. Allergik reaksiyalar, leykopeniya, yoki 
trombotsitopeniya kuzatilsa dori vosita buyurilishi to’xtatiladi. Shuning 
uchun periferik qon tahlili doimiy ravishda o’tkazib turilishi lozim. 
Tutqanoqqa 
qarshi 
t o p i r a m a t
(topamaks) 
dori 
vositasi 
sulfamatlangan monosaxarid (d-fruktoza hosilasi) hisoblanadi. Bu dori vosita 


- 314 -
hujayra membranasidaagi potensialga bog‘liq bo’lgan natriy kanallarini 
bloklaydi, hamda GAMK ni GAMK
a
-retseptorlariga ta’sirini kuchaytiradi. 
Bundan tashqari bu dori vosita glutamat (AMRA) retseptorlarini faolligini 
susaytiradi. Dori vosita fokal va umumiy tonik–klonik talvasalarda 
qo’llaniladi. Nojo’ya effektlariga MNS funksiyasini buzilishi, (ataksiya, 
bosh aylanishi, charchoqlik, uyquchanlik) gepatotoksik ta’sir, urolitiaz 
kiradi.

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish