armin, fosfakol, fosfororganik birikmalar.
Antixoliesteraz vositalarining atsetilxolinesterazani falajlashi fermentning atsetilxolin bilan bog’lanuvchi joylarida yuz beradi. Ba’zi bir dori vositalar anion va esteraz markazlar (prozerin) bilan bog’lansa, boshqalari faqat anion (edrofoni) yoki faqat esteraz markaz (fosfor organik birikmalar) bilan bog’lanadi. Bundan tashqari antixolinesteraz vositalarining atsetilxolinesteraza bog’lanishida gidrofob o’zaro ta’sirlar muhim rol o’ynaydi. Atsetilxolinesteraz vositalar atsetilxolin gidroliziga to’sqinlik qilib, uning muskaringa va nikotinga o’xshash ta’sirlarini uzaytiradi. M-xolinomimetik ta’sir bir qator silliq musqo’llar (ko’zning aylana va kipriksimon musqo’llari, bronxlar, MIT va boshqa musqo’llar) ning tonusi va qisqarish aktivligini oshirishi bilan namoyon bo’ladi. Antixolinesteraz vositalar terapevtik dozalarda bradikardiya chaqiradi,yurak ishining pasaytiradi, yurakning o’tkazuvchi yo’llari bo’yicha impuls o’tishini sekinlashtiradi, arterial bosim pasayadi. Yuqori dozalarda esa taxikardiya chaqirishi mumkin (uni yurak qisqarishlari chastotasiga ta’siri, uning faqat M-xolinoretseptorlarni qo’zg’alishlari bilan bog’liq bo’lmasdan, balki simpatik gangliyalar xolinoretseptorlarini, buyrak usti bezi mag’iz moddasini va uzunchoq miya markazini stimullash bilan ham bog’liq bo’ladi).Antixolinesteraz vositalar xolinergik innervatsiyaga ega bo’lgan bezlarni (bronx, ovqat hazm qilish, ter va boshqa bezlarni) sekretsiyasini kuchaytiradi. Antixolinesteraz vositalarning nikotinsimon ta’siri nerv-mushak sistemasi o’tkazuvchanligi va vegetativ gangliyalarda namoyon bo’ladi. Kichik dozalarda antixolinesteraz vositalar skelet mushaklarida va vegetativ gangliyalarda qo’zg’alishlar o’tishini osonlashtiradi, kata dozalarda esa susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Antixolinesteraz vositalar kichik dozalarda MNS (elektroensefalogrammaning disinxronizatsiyasi vujudga keladi, qator reflektor reaksiyalar vaqti qisqaradi) ni stimullaydi. Katta dozalarda,ayniqsa toksik dozalarda bu moddalar MNS ni susaytiradi. Antixolinesteraz vositalarni ko’zning ba’zi funksiyalariga, MIT va siydik pufagining tonusi va motorikasiga, nerv-muskul o’tkazuvchanligiga va MNS ga ta’sirlari tibbiyot amaliyotida ahamiyatga ega.
Antixolinesteraz vositalar ko’zga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:
a) qorachiqni toraytiradi (mioz) bu rangdor pardada joylashgan ko’zning aylana musqo’llaridagi M-xolinoretseptorlarni qo’zg’alishi va muskulning qisqarishi bilan bog’liq;
b) ko’zni ichki bosimini pasaytiradi. Bu miozning natijasidir.Bunda rang parda yupqalashadi, ko’zning oldingi kamerasi burchagi ochilashadi va buning natijasida ko’zning ichki suyuqligi oqishi Fontan bo’shlig’idan Shlemov kanaliga oqishi osonlashadi;
c) akkomadatsiya spazmini chaqiradi. Bu holatda modda ko’zning kipriksimon muskuli M-xolinoretseptorlarini stimulyatsiyasi tufayli yuz beradi, chunki bu yerda faqat xolinergik innervatsiya mavjud. Ko’zning aylana mushaklari bo’shashi, ko’z gavharini qavariqligini oshiradi. Ko’z yaqin masofadan ko’rishga moslashadi;
Antixolinesteraz vositalarning ko’zni ichki bosimini pasaytirishi glaukomani davolashda keng qo’llaniladi. MIT motorikasiga antixolinesteraz vositalar stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. Siydik qopi musqo’llarining tonusi va qisqarish aktivligi kuchayadi. Bu ta’sirlar ichak va qovuq atoniyasini bartaraf etish uchun qo’llaniladi.
Antixolinesteraz vositalar nerv-mushak o’tkazuvchanligini osonlashtirganligi sababli miosteniyada, shuningdek antidepolyarizatsiyalovchi (raqobat) turidagi kuraresimon vositalar bilan zaharlanishda antagonist sifatida qo’llaniladi. Dori vositalarni tanlashda, ularni faolligi, zaharliligi, dozasi, ta’sirini davomiyligi, har-xil bar’erlardan o’tish qobiliyatiga ahamiyat berish kerak. Glaukomani davolashda prozerin (neostigmin metilsulfat), fizostigmin, armin ishlatiladi. Galantamin bu maqsadda qo’llanilmaydi, chunki u konyuktivaga ta’sirlovchi ta’sir ko’rsatib, konyuktivani shishiga olib keladi.
Rezorbtiv ta’siri uchun (miosteniyada, ichak va siydik pufagi atoniyalarida, polimiyelitda antidepolyarizatsiyalovchi kuraresimon vositalarining antagonisti sifatida) dori vositalarning kam toksik vositalar prozerin va Galantamin, kamroq hollarda fizostigmin tanlanadi. Galantamin (nivalin) va fizostigmin (uchlamchi amin) gematoensefalik baryerdan o’tadi. Shu sababli o’tkazilgan polimiyelitning qoldiq asoratlarini davolashda,qachonki xolinergik o’tkazuvchanlikni faqat periferiyada emas, balki MNS da ham aktivlashtirish lozim bo’ganda, asosan Galantamin qo’llaniladi. Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, progressiyalanuvchi dementsiyani boshlang’ich bosqichida (Altsgeymer kasalligida) keksalarda fizostigmin xotirani yaxshilaydi. Bu maqsadda Galantamin ham qo’llash mumkin.Rezorbtiv ta’siri maqsadida piridostigmin bromid (mesti-non) va oksazil(ambenoniy xlorid)qo’llash mumkin. Bular prozeringa nisbatan davomliroq ta’sir ko’rsatadi.
Edrofoniy (tenzilon) juda qisqa muddat ta’sir ko’satadi va antidepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar antoganisti sifatida ishlatiladi.Ba’zan antixolinesteraz dori vositalar bilan zaharlanish kuzatiladi. Bu asosan organizmda atsetilxolinni kontsentratsiyada to’lanishi, yoki xolinoretseptorlarning qo’zg’alishi bilan bog’liq. Ko’p hollarda zaharlanish FOB (fosfor organik birikmalar)qo’llanilishi tufayli kuzatilishi mumkin, chunki ular yuqori darajadagi lipofillikka ega bo’lib, juda tez organizmga so’riladi va uzoq muddatga atsetilxolinesterazani faolsizlantiradi. FOB bilan o`tkir zaharlanish shifokorning kechiktirib bo`lmaydigan yordamini talab qiladi. Eng birinchi qilinadigan ish FOBni tushgan joyidan chiqarib tashlash. Bu teri yoki shilliq qavatlar bo`lsa, ularni 3-5% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan tozalab yuvish lozim, agar modda MIT ga tushsa, me`da yuviladi, sifonli xuqna, adsorbsiyalovchi va surgi vositalar buyiriladi. Intoksikatsiya simptomlari yo`qolguncha bu tadbirlar bir necha marotaba takrorlanadi. Agar FOB qonga so`rilgan bo`lsa, uni siydik orqali chiqarilishini tezlashtirish lozim. Qonni FOBdan tozalashning samarali usullariga gemosorbsiya gemodializ peritoneal dializ kiradi. FOBdan o`tkir zaharlanishni davolashning muhim omillaridan biri M-xolinoblokatorlar (atropin va atropinsimon moddalar) va xolinesteraza reaktevatorlaridan foydalanishdir. Ularga molekulasida oksim(-NOH) guruhini tashkil qiluvchi bir qator birikmalar kiradi: dipiroksim (trimedoksimbromid, TMV-4)izonitrozin. Ular atsetilxolinesteraza bilan bog`langan FOB qoldiqlari bilan birikib fermentni erkin holatga o`tkazib, fiziologik aktivligini qayta tiklaydi.
Dipiroksim to`rtlamchi ammoniyli birikma bo`lib MNS dan yomon, uchlamchi amin izonitrozin esa yaxshi o`tadi. Xolinesteraza reaktivatorlari zaharlanishning ilk davrlarida qo`llanilganda yuqori ta`sirga ega bo`ladi. Keyinroq esa ular faqat atsetilxolinning oz miqdorini qayta tiklaydi. Shuning uchun FOB dan o`tkir zaharlanganda xolinesteraza reaktivatorlarini M-xolinoblokatorlari bilan birga qo`llash yuqori samara beradi. Xolinesteraza reaktivatorlari parenteral qo`llaniladi. Kerakli holatlarda ularni bir necha marotaba qo`llash lozim. Bundan tashqari simptomatik davo choralarini qo`llash lozim. Bemorni nafas olishini doimo tekshirib turish lozim. FOB so`lak bezlarining gipersekratsiyasini yuzaga keltirganligi sababli og`iz bo`shlig`i, traxea va bronxlarni so`lakdan tozalab turish lozim. Kerakli holatlarda sun`iy nafas oldirish lozim. Psixomotor qo`zg`alishlarda aminozin, diazepam, natriy oksibutirat va boshqa dori vositalarni yuborish lozim bo`ladi.