O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet166/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

I B: Kichik guruh: Lidokain, Difenin
IC: Kichik guruh: Flekainid, Propafenon, Etmozin, Etatsizin, Allapinin

  1. L-turkumidagi kalsiy kanallarini falajlovchi moddalar ( IV guruh)

Verapamil Diltiazem

  1. Kaliy kanallarini falajlovchi moddalar (repolyarizatsiya jarayonini va Shunga ko’ra harakat potensiali davomiyligini uzaytiruvchi moddalar; III guruh):

Amiodaron, Ornid, Sotalol

  1. Sinus tugunining Na+-K+ kanallarini tanlab falajlovchi moddalar (If) (V guruh; bradikardiya chaqiruvchi moddalar):

Ivabradin, Falipamil, Alinidin

  1. Asosan yurak efferent innervatsiyasi retseptorlariga ta’sir etuvchi moddalar:

Adrenergik ta’sirni pasaytiruvchi moddalar ( II guruh)
β-Adrenoblokatorlar: Anaprilin va boshqalar.
Adrenergik ta’sirni oshiruvchi moddalar
β-Adrenomimetiklar: Izadrin
Simpatomimetiklar: Efedrin
Xolinergik ta’sirni pasaytiruvchi moddalar
M-xolinoblokatorlar: Atropin

  1. Aritmiyaga qarshi faollikka ega boshqa vositalar.

  2. Kaliy va magniy preparatlari, Yurak glikozidlari, Adenozin

Antiaritmik faollikka ega moddalar turli xil kimyoviy birikmalar sinfiga kiradilar. Farmakologik tegishliligi bo’yicha ham bular ko’plab guruh moddalarning vakillaridir. Xinidin, novokainamid, etmozin, etatsizin va aymalin faqatgina aritmiyaga qarshi vosita sifatida foydalaniladi.
Aritmiyaga qarshi vositalarning quyidagi tasnifidan ko’pincha foydalaniladi (ayniqsa dastlabki to’rt guruhga bo’linish):

  1. gruppa –natriy kanallari blokatorlari (IA kichik guruh – xinidin va xinidinga o’xshash vositalar; IB kichik guruh- lidokain va difenin; IC kichik guruh- flekainid, enkainid.);

  2. gruppa –yurakka adrenergik ta’sirni susaytiruvchi vositalar (β-adrenoblokatorlar);

  3. gruppa –repolyarizatsiya jarayoni davomiyligini oshiruvchi va harakat potensialini uzaytiruvchi vositalar (amiodaron, ornid, sotalol);

  4. gruppa –kalsiy kanallarini bloklovchi vositalar (verapamil);

  5. gruppa –selektiv bradikardik vositalar (alinidin, ivabradin);

  6. gruppa –yurak glikozidlari (digoksin, digitoksin);

  7. gruppa –supraventrikulyar taxikardiyada adashgan nerv ta’sirini kuchaytiruvchi vositalar (mezaton, edrofoniy).

Kaliy xlorid gipokaliyemiyaning barcha holatlarida, ammo asosan yurak ritmi buzilishlarida qo’llaniladi. Lidokain (ksikain) mahalliy anestetik sifatida ma’lum, anaprilin (propranolol) - β-adrenoblokator bo’lsa, yurak glikozidlari esa yurak yetishmovchiligini davolashda qo’llaniladigan dori vositalari sanaladi. Bundan tashqari quyidagilar aritmiyaga qarshi xususiyatlarga ega: epilepsiyaga qarshi dori vositalar difenin va karbamazepin; stenokardiyani davolash uchun birinchi tavsiya qilingan dori vositalar, verapamil (izoptin); ornid (bretiliy tozilat) esa simpatolitik vosita sifatida ma’lum. Bradiaritmiyada va o’tkazuvchanlik buzilganda m-xolinoblokatorlar va adrenomimetiklar qo’llaniladi.
Aritmiyaga qarshi moddalar qo’llanilishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:
A. Taxiaritmiyada va ekstrasistoliyada qo’llaniladigan moddalar
Natriy kanallarini bloklovchi moddalar
Kalsiy kanallarini bloklovchi moddalar
Kaliy kanallarini bloklovchi moddalar
Bradikardik vositalar
β-Adrenoblokatorlar
Yurak glikozidlari (Angishvonagul moddalari)
Adenozin
Kaliy va magniy preparatlari
B. Bradiaritmiya va o’tkazuvchanlik buzilganda qo’llaniladigan vositalar
M-xolinoblokatorlar
β -Adrenomimetiklar
Aritmiyaga qarshi vositalarni umumiy baholash aritmiyaning turli shakllarida ularning o’ziga xos samaradorligi va noqulay ta’sirlarining ifodalanganligi va chastotasidan kelib chiqadi. Barcha aritmiyaga qarshi vositalarda u yoki bu darajada bo’ladigan aritmogen (proaritmik) ta’siri ga katta e’tibor qaratiladi. Bu ta’sir mavjud aritmiyaning yomonlaShuvi yoki yangi taxi- yoki bradiaritmiyalar, ekstrasistolalar paydo bo’lishi, Shuningdek sinoatrial va atrioventrikulyar blokadalar rivojlanishi bilan namoyon bo’lishi mumkin. Ba’zan bu bemor hayoti uchun xavf tug‘diradi, masalan polimorf qorincha taxikardiyasi (torsade de pointes) paydo bo’lganda. Aritmiyaga qarshi vositaning bemorga ta’sirini oldindan aytishning amalda imkoni yo’q. Shuning uchun dori vositani aritmogenligi bo’yicha xavfsizini tanlash va uni dozalash bir necha kun davomida uzluksiz EKG tahlili bilan birga amalga oshiriladi.

Kardiomiotsitlarning ion kanallarini bloklovchi vositalar (yurakning o’tkazuvchan sistemasi va qisqaruvchi miokardda)


Bunday aritmiyaga qarshi vositalarning farmakoterapevtik ta’siri ularning avtomatizmini susaytirish, o’tkazuvchanlikka ta’sir qilishiga va samarali refrakter davrini uzaytirishga asoslangan. Bunday parametrlarning o’zgarishi preparatlarning ion kanallariga ta’siri bilan bog‘liq, bundan tashqari ularning yurakdagi adrenergik va xolinergik retseptorlariga ta’siri bilan ham to’ldirilishi mumkin.
Yurak hujayralari avtomatizmi mazkur guruhdagi aritmiyaga qarshi vositalar ta’siri ostida pasayadi. Bu asosan diastolitik depolyarizatsiya kengayishi(4-faza) va qo’zg‘aluvchanlik bo’sag’asi oshishi bilan bog‘liq bo’ladi. Bularning barchasi yurakning tabiiy ritmi haddan ziyod faollashishiga to’siq bo’ladi va qo’zg‘alishning ektopik o’choqlari paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi.
Ko’plab aritmiyaga qarshi vositalar, masalan xinidin, novokainamid, o’tkazuvchanlikni kamaytiradi(o’tkazuvchi Sistema,bo’lmacha va qorinchalarda). Bu tezkor depolyarizatsiya tezligi kamayishi (0-faza) va umuman olganda depolyarizatsiya-repolyarizatsiya jarayoni sekinlashishiga olib keladi. EKG da P-Q oraliq cho’zilishi va qorincha majmuasi kengayishi bilan o’tkazuvchanlik pasayishi aks etadi. Bo’lmacha-qorincha o’tkazuvchanligi susayishining ijobiy ta’siri masalan yurak bo’lmachasi taxiaritmiyasida namoyon bo’ladi. Bunda Hilpirash va titrash patalogiyalarida patologik yuqori ritmlarning bo’lmachadan qorinchalarga o’tishini cheklanadi va bu esa bunday aritmiyalarni yengillashtiradi. O’tkazuvchanlikni susaytirish “takroriy kirish” mexanizmi bo’yicha rivojlanayotgan aritmiyaga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday holatda bir tomonlama blok ikki tomonlamaga o’zgaradi.
Shuningdek muhim parametr samarali refrakter davr hisoblanadi. Ko’plab aritmiyaga qarshi dori vositalar ta’siri ostida (xinidin, xinidinga o’xshash vositalar) u oshadi. Odatda bu ta’sir harakat potensiali davomiyligi oshishi bilan ya’ni repolyarizatsiya sekinlaShuvi bilan bog‘liq bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, samarali refrakter davr cho’zilishi aritmiyalardagi tarqaluvchi stimullar chastotasini cheklaydi.
Qo’zg‘aluvchanlikni(bu harakat potensiali bo’sag’asi bilan aniqlanadi) ko’p dori vositalar kamaytiradi.
Aritmiyaga qarshi vositalardan foydalanganda ulardan ko’pchiligi miokardni qisqaruvchanligini kamaytirishini hisobga olish kerak. Miokardning qisqaruvchanligini kamayishi yurakning funksional faoliyatiga, ayniqsa yurak yetishmovchiligida salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Aritmiyaga qarshi vositalarning kardiotrop ta’sirini baholashda adashgan nerv va simpatik nervlar orqali amalga oShuvchi ekstrakardial ta’sir o’zgarishlarini hisobga olmaslik mumkin emas. Ma’lumki adashgan nervlardan yurakka impulslar o’tishini pasayishi (m-xolinoblokator ta’siriga ko’ra) sinus ritmini oshiradi, yurak AV-tugunda o’tkazuvchanlikni yaxshilaydi va uning refrakter davrini qisqartiradi. Ayniqsa agar gap xinidin va bir qator xinidinga o’xshash moddalar to’g‘risida ketsa bunda ularning vagolitik ta’siri xuddi Shu moddalarning aritmiyaga qarshi ta’siri ta’minlovchi yurakdagi effektlarni kuchsizlantiradi. Adrenergik innervatsiyadagi ion kanallarini berkituvchi guruhdagi alohida aritmiyaga qarshi vositalarning ta’siri bunda kam aks etadi (amiodarondan tashqari) va asosan aritmiyaga qarshi ta’sir ko’rinmaydi yoki u kam bo’ladi.
Shunday qilib aritmiyaga qarshi vositalarning ta’siri nafaqat kardiomiotsitlarning ion kanallariga bevosita ta’siri, balki ularning efferent innervatsiyasi o’zgarishi bilan ham bog‘liq.



Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish