O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


strofantin = konvallyatoksin > selanid > digoksin>digitoksin



Download 30,26 Mb.
bet163/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

strofantin = konvallyatoksin > selanid > digoksin>digitoksin.
Yurak glikozidlarining kordiotonik ta’sirining davomiyligi ularning organizimda inaktivatsiyasining tezligi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi va organizmdan chiqarish tezligi bilan aniqlanadi. Strofant, angishvonagul va marvaridgul dori vositalari odatda kun yoki undan ko’proq vaqt davomida chiqarib yuboriladi. Davomiy ta’sirni qirmizi angishvonagul glikozidi bo’lgan digitoksin (elimenatsiyasi 2-3 hafta) ko’rsatadi. O’rtacha ta’sirni angishvonagul glikozidlaridan digoksin va selanid namoyon etadi (chiqarilish vaqti 3-6 kun).
Yurak glikozidlarining asosiy xarakteristekasi bo’lib, ularning kumulyatsiya qilish qobilyati hisoblanadi. Yurak glikozidlari qancha davomli ta’sir qilsa, ular shuncha ko’p kumulyatsiyalanadi. Bunda moddiy kumulyatsiya kuzatiladi, digitoksinlarda bu holat yaqqol ifodalangan. Bu inaktivatsiya jarayonining sekin kechishi va digitoksinning organizimdan chiqarilishiga bog‘liq (t1/2 ~ 160 soat). Digoksin(t1/2 ~ 34-36 soat) va selanid kamroq kumulyatsiya bo’ladi.
Strafantinning yuborilgan dozasidan 7/8 qismi birinchi 24 soat davomida chiqariladi, shuning uchun ham kumulyatsiya kam ifodalangan bo’ladi. Ta’sir davomiyligi bo’yicha yurak glikozidlari quyidagi tartibda joylashtiriladi. Digitoksin > digoksin > selanid > strofantin. Angishvonagul va marvaridgul dori vositalari strofantinga nisbatan kam kumulyatsiyalanadi.
7.2-jadval. Yurak glikozidlari naperstyanka va strofantani taqqoslash xarakteristikasi

Dori vositalari

Ichak orqali so’ri lishi

Latent davr

Maksimal effekt rivojlanish tezligi

Yuborilish tezligi



Kumulyat-siyaning namoyon bulishi

Ichga yuboril ganda

Vena orqali jo’natilganda

Ichga yuboril ganda

Vena orqali jo’natilganda

24 soat ichida
%

Qon plaz-masi dagi miqdori

To'liq chiqarib tashlani shi

Digito­ksin

90-100

2 soat

30-90
Min

12 soat

4-12 soat

7-10

8—9
kun

2-3
hafta va undan ko’prok

++++

Digo­
ksin

50—80

30 min - 2soat

5-30
min

6-8 soat

1-5 soat

20- 30

34- soat

2-7
kun

+ + +

Strofantin

2-5

Qo’llanilmaydi

5-10
min

Qo'llanil maydi

30—90
Min

85-90

8 soat

1-3
kun

+



Yurak glikozidlari dori vositalari oshqozon-ichak traktidan bir xilda so’rilmaydi. Lipofil bo’lgan digitoksin 90-95% va digoksin 50-80%, selanid o’rtacha (20-40%) so’riladi. Strofantin juda yomon so’riladi (2-5%) va qisman o’zgarishga uchraydi. Marvaridgul glikozidlari hazm traktida parchalanadi. Shuning uchun ham asosan angishvonagul dori vositalarini (digoksin) qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, bahorgi adonis dori vositalari ham ichga qabul qilinadi.
Yurak glikozidlari so’rilgandan so’ng turli xil organlar va to’qimalarda har xil taqsimlanadi. Yuborilgan dozani 1% ga yaqini yurakda aniqlanadi. Shunga ko’ra yurak glikozidlarining asosiy yo’nalgan ta’siri bu guruh dorivor moddalariga yurak to’qimalarining yuqori sezuvchanligi bilan tushuntiriladi. Yuborilgan glikozidlarning bir qismi plazmadagi albumin bilan bog‘lanadi (masalan digoksin 30-35%, strofantin 5%).
Yurak glikozidlari asosan jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Kimyoviy o’zgarishlar davomida shakar (glikon) qismi ajralib, aglikon (genin) qismigina qoladi. Bundan tashqari ularning gidroksillanishi (digitoksin) va qisman konyugatlar hosil bo’lishi kuzatiladi. Yurak glikozidlari va ularning mahsulotlari asosan buyraklar orqali hamda o’t suyuqligi bilan ajraladi. Buyraklar patalogiyasida yurak glikozidlarining ta’sir davomiyligi oshadi.
Digitoksin metabolitlar va konyugatlar ko’rinishida ajratiladi. Digoksinning faqat oz qismi kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Strofantin o’zgarmagan holda ajratiladi.
Yurak glikozidlari asosan o’tkir va surunkali yurak yetishmovchiligida qo’llaniladi. O’tkir yurak yetishmovchiligida qisqa latent davriga ega (strofantin, korglikon) yurak glikozidlarini tavsiya qilinadi. Surunkali yurak yetishmovchiligida digoksin asosiy dori vosita hisoblanadi. Bazida glikozidlar yurak aritmiyalarida ham buyiriladi. (hilpillovchi aritmiya, paroksizmal taxikardiyada). Ko’rsatilgan aritmiyalarda glikozidlarning ta’siri adashgan nervning tonusini oshishi va yurakning o’tkazuvchi sestemasida qo’zg‘alishlarning kamayishi bilan bog‘liq bo’ladi.
Yurak glikozidlari ko’pincha ichishga (angishvonagul, marvaridgul dori vositalari), vena ichiga (strofantin, digoksin, silanit, korglekon). Bazida mushak orasiga va rektal yo’l bilan yuboriladi. Teri ostiga ineksiya qilish maqsadga muvofiq emas, chunki ular turli xil reaksiyalar: yuborilgan sohada qizarish va absesslarga sabab bo’lishi mumin.
Yurak glikozidlarini qabul qilishga qarshi ko’rsatmalarga: to’liq bo’lmagan atrioventrikulyar blokada, bradikardiya, o’tkir infekstion miokardit kiradi. Yurak glikozidlarini kalsiy preparat bilan va gipokaliyemiya holatida ehtiyotkorlik bian qo’llash lozim. Bunga sabab qon zardobida kalstiy ionlari miqdorining ortishi, miokardning yurak glikozidlariga sezuvchanligini oshiradi va ushbu dori vositalarning toksik ta’siri oshib ketadi. Xuddi shunday holat kaliy ionlarining miqdori kamayib ketganda ham kuzatiladi.
Toksik ta’sir yurak glikozidlarining dozasi oshirib yuborilgan hollarda han kuzatiladi. Ko’p hollarda bu yuqori kumlyatsiyanish xususiyatiga ega bo’lgan angishvonagul dori vositalari qo’llanilishi bilan bog’liq. Intoksikatsiya kardial va ekstrakardial buzulishlar bilan kechadi. Bunda turli xil aritmiyalar (ekstrasistoliya), qisman yoki to’liq atrioventrikulyar blokada rivojlanadi. Ko’pincha o’lim sababchisi – qorinchalar hilpirashi hisoblanadi.
Boshqa sistemalarda ko’rishning pasayishi (rang ajratish ham), holsizlik, mushaklar bo’shashi, despeptik o’zgarishlar (ko’ngil aynishi, qayt qilish, diareyalar), psixik buzulishlar (qo’zg‘alish, galyusinatsiyalar), bosh og‘rig‘i, teri toshmalari kuzatiladi. Angishvonagul preparatlari va boshqa yurak glikozidlardan zaharlanishni davolash birinchi navbatda yurak faoliyatidagi o’zgarishlarni bartaraf etishga qaratilgan. Bu dori vositalarni bekor qilish yoki dozasini kamaytirish, ularning fiziologik antagonistlarini qo’llash maqsadga muvofiq. Yurak glikozidlari Kardiomiotsitlarda kaliy ionlarining miqdorini kamaytirishini hisobga olgan holda, kaliy dori vositalari (kaliy xlorid, kaliy normin va b.) ni qo’llash tavsiya etiladi. Ularni ichishga yoki vena ichiga yuborilganda qon zardobida odatdagi kaliy miqdoridan oshib ketmasligi zarur. Kaliy dori vositalari glikozidlarning yurakka toksik tasirini oldini olish uchun qo’llaniladi, asosan yurak qisqarish ritmining buzilishlarida yaxshi samara beradi. Xuddi shu maqsadda magniy dori vositalari (magniy orotat), shuningdek panangin (tarkibida kaliy asparaginat va magniy asparaginat saqlaydi) va tarkibi bo’yicha unga o’xshash bo’lgan «Asparkam» tabletkalari buyuriladi. Panangin (1 tab.da 0,158 g kaliy asparaginat) va “Asparkam” (1 tab.da 0,175 g kaliy) tabletkalari kaliy ionlarini kam tutganligi bois odatdagi dozada yurak glikozidlarining toksik tasirini bartaraf eta olmaydi. Kaliy-normin bitta tabletkasida 1g kaliy xlorid saqlaydi. Shuningdek panangin va asparkam vena ichiga yuborish uchun ampulalarda ham ishlab chiqariladi. Qonda kaliy ionlari konsentratsiyasini kamaytiruvchi moddalar (siydik haydovchilar, kortikosteroidlar) yurak glikozidlarining kardiotoksik tasirini yuzaga chiqaradi.
Aritmiyalarda aritmiyalarga qarshi tasir ko’rsatuvchi difenin, lidokain, amiodaronlar ishlatiladi. Atrioventrikulyar blokadada adashgan nervni yurakka tasirini bartaraf etish uchun atropin buyuriladi.
Yurak glikozidlaridan zaharlanishda monoklonal antitelolarni ham qo’llash mumkin. Digoksin antidoti bo’lgan Digoxin immune fab (Digibind) dori vositai ham shu guruhga masnub.
Molekulasida sulfgidril guruhini tutuvchi unitiol ham yurak glikozidlari zaharlanishda yaxshi samara beradi. Ushbu ta’sir miokard hujayrasidagi yurak glikozidlari tomonidan ingibirlangan transport ATFazani qayta aktivlanishi bilan bog’liq. Biroq unitiol kamdan-kam hollarda qo’llaniladi. Yurak glikozidlari ta’sirini yuzaga chiqishida kalstiy ionlarining roli kattaligi sababli qon zardobida kalstiy ionlarini miqdorini kamaytiruvchi yoki ularni bog‘lovchi dori vositalarni qo’llash tavsiya etiladi. Etilendiamintetraatsetat kislotaning dinatriyli tuzi (EDTA dinatriyli tuzi, edetat dinatriy, trilon B) va stitratlar shunday xususiyatga ega.



Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish