O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov



Download 30,26 Mb.
bet159/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

6.9.Psixostimulyatorlar


Bu guruh moddalari kayfiyatni, psixomotor faollikni oshiradilar, tashqi taassurotlarni qabul qilishni yaxshilaydilar, charchaganda toliqish hissini yo‘qotadilar, jismoniy va aqliy mehnat qobiliyatini oshiradilar, vaqtinchalik uyquni bartaraf etadilar. Psixostimulyatorlar ko‘pincha yengil darajadagi depressiya bilan kechuvchi har xil astenik, befarqlik, ipoxondrik holatlarda qo‘llaniladi. Ipoxondriya – bemorning diqqat e’tibori ichki a’zolarining “kasalligiga” butunlay jalb bo‘ladigan holati. Ertayu-kech o‘sha «kasallikni» o‘ylab yuradi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha psixostimulyatorlar quyidagi guruhlarga bo‘linadilar:

  • Fenil alkin-aminlar (fenamin);

  • Piperidin unumlari (meridil);

  • Sidnonimin hosilalari (sidnokarb);

  • Metil ksantinlar (kofein).

Fenamin psixostimulyatorlarinng tipik vakili. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha NA va adrenalinga o‘xshaydi, lekin gidroksil radikallarining yo‘qligi unga turg‘unlik, MAO fermenti ta’sirida parchalanmaslik va GEBdan oson o‘tish xossasini beradi. Fenaminning ta’sir mexanizmi dofamin va NA ning presinaptik membranadan ajralishini kuchaytirish va neyronal qayta shimilishini pasayishtirishdan iborat. Buning natijasida sinaps yorig‘ida monoaminlar miqdori ortib, MNSdagi retseptorlarning qo‘zg‘alishi kuzatiladi, ayniqsa retikulyar formatsiyaning miya po‘stloq qismiga stimullovchi qismi va limbik sistemada. Shu tufayli fenamin neostriatumga susaytiruvchi ta’sir etadi. Bundan tashqari fenamin bosh miya po‘stloq qismining neyronlarini bevosita qo‘zg‘atsa ham kerak. MNSda fenamin dofamin retseptorlariga NA retseptorlariga nisbatan ko‘proq ta’sir etadi. Fenamin periferik alfa va betta adrenoretseptorlarni ham qo‘zg‘atib, tomirlarni toraytiradi, yurak qisqarishini kuchaytiradi, qon bosimini oshiradi, bronxlarni bo‘shashtiradi, qorachig‘ni kengaytiradi. Bunday ta’sir davomli bo‘lsa ham, lekin adrenalinnikidan kuchsizroq (100-150 marta kuchsiz). Fenaminni to‘g‘ri qo‘llansa u MNS qo‘zg‘alish jarayonini kuchaytirib, charchoqni yo‘qotadi, kayfiyatni yaxshilaydi, kuch quvvat ortadi, bemorlar tetiklashishadi, ularning mehnat qobiliyati ortadi, uyquga bo‘lgan talab kamayadi. Fenamin narkotik va uxlatuvchi vositalar ta’sirini susaytiradi (uyg‘otuvchi ta’sir), ishtahani pasaytiradi (ovqatga to‘yish hissini oshiradi), chunki gipotalamusda joylashgan ozuqa markaziga ta’sir etadi.
Qo‘llanilishi: toliqqanda, charchoqni yo‘qotish, aqliy va jismoniy faollikni oshirish uchun uyqusirash, bo‘shashganlik, farqsizlik, asteniya bilan kechuvchi nevrotik subdepressiyalar, narkolepsiyalar va boshqa psixonevrologik xastaliklarda.
Dori vositani muntazam uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas, chunki dori vosita organizmda to‘planadi, unga ko‘nikish, tobelik (ruhiy va jismoniy) va uni qabul qilishga intilishi rivojlanadi. Fentaminni qo‘zg‘atuvchi ta’siri organizmdan anchagina energiya sarflanishiga olib keladi va Shuning uchun uni qabul qilingandan keyin, qoniqarli dam olish kerak (kuch to‘plash uchun). Fenaminni davomli qabul qilinsa ruhiy asab buzilishlariga olib kelishi mumkin (hatto shizofreniya, psixoz rivojlanishi mumkin).
Fenamin ayrim holatlarda narkotik tipda ta’sir qiluvchi moddalar bilan zaharlanganda analeptik sifatida qo’llanadi. Ishtahani pasaytirish maqsadida fenaminni qo’llash maqsadga muvofiq emas,chunki u qo’zg’alish chaqiradi, qon bosimini oshiradi va doriga qaramlik yuzaga kelish borasida xavfli preparat hisoblanadi.
Yuqori dozalar qo’zg’alish, besaramjomlik, uyqusizlik,taxikardiya ayrim hollarda yurak qisqarish ritmlari buzilishi kuzatiladi.
Qariyalar, ateroskleroz, xafaqonlik, uyqusizlik, jigar xastaliklari, homiladorlikning kechki toksikozlarida qo‘llab bo‘lmaydi. Hozirgi paytda fenamin kam qo’llanadi, chunki doriga qaramlik chaqiradi.
Piridrol(pipradol) MNS ga fenamindan kuchsizroq ta’sir qiladi
Meridil (metilfenidata gidroxlorid,tsentedrin)– psixostimulyatorlik kuchi bo‘yicha fenamindan kuchsiz. Lekin periferik adrenergik sistemasiga ta’sir ko‘rsatmaydi (qon bosimini o‘zgartirmaydi), yurak-tomir sistemasiga ta’sir etmaydi. Meridil yengil depressiyalarda, astenik holatlarda, kuchli toliqishda, neyroleptiklar ta’sirida MNSning susayganligida qo‘llaniladi. Meridilga o‘rganish rivojlanadi. Uyqusizlik, aterosklerozda, stenokardiyada, giperteriozda, kuchli darmonsizlanishda meridilni qo‘llab bo‘lmaydi.
Sidnokarb(mezokarb)-sidnoniminlar unumi. Kuchli psixostimulyator. Fenaminga nisbatan kam zaharli va periferik simpatomimetik ta’siri kuchsizroq (gemodinamikaga deyarli ta’sir qilmaydi). Psixostimulyatorlik ta’siri sekin rivojlanadi (ya’ni boshlang‘ich kuchli aktivlashtiruvchi ta’sirga ega emas), lekin uzoq davom etadi, hamda kayf va harakat qo‘zg‘aluvchanligi bilan kechmaydi. Taxikardiya rivojlanmaydi, qon bosimi oshmaydi. Ta’siri tugagach xolsizlik va uyqusirash rivojlanmaydi.
Ta’sir mexanizmi: fenamindan farq qilib adrenergik retseptorlarni dofaminergikka nisbatan kuchliroq qo‘zg‘atadi. Uning ta’sirida neyronal depolardan katexolaminlarni ajralib chiqishi oshsa kerak.
Qo‘llanilishi: umumiy bo‘shashganlik, befarqlik, uyqusirash bilan kechadigan astenik holatlarda, stuporoz, substuporoz, apatobulik holatlarni davolashda, yuqumli kasalliklar, zaharlanish va bosh miya travmalarida, astenik va nevrostenik buzilishlarni daf etishda. Sidnokarb anksiolitiklar qo‘llanilganda yuzaga chiqadigan miorelaksatsiyani yo’qotadi, bunda ularning tinchlantiruvchi ta’sirini kamaytirmaydi. Shuning uchun fenozepam va sidnokarbni 1:1,25 yoki 1:2,5 nisbatda qo‘shib qo‘llash mumkin. Alkogolizmda sidnokarb astenonevrotik reaksiyalarni va abstenetsiya belgilarini kamaytiradi.
Sidnokarbni bemorlar yaxshi qabul qiladi, ba’zan ishtahani oshiradi. Sidnokarbni kechki vaqt qabul qilish mumkin emas – uyquni buzadi.
Kofein–metilksantin guruhiga qarashli. Choy, kofe, kakao tarkibida bo‘ladigan alkaloid (tahminan 2%). Sintetik yo‘l bilan ham olingan. Kofein MNSni kuchli qo‘zg‘atadi. U bosh miya po‘stloq qavatida qo‘zg‘alishni boshqarilishini kuchaytiradi. Kofeinning psixostimulyatorlik ta’siri analeptik xossa bilan mujassamlashgan. U aqliy va jismoniy mehnat qilish, ruhiy faoliyatni oshiradi, ta’sirotlarga organizmni javob berish vaqtini qisqartiradi. Kofein ta’sirida tetiklik yuzaga chiqadi, uyquchanlik va charchoq yo‘qoladi. Kofeinning ta’siri uning miqdori va asab sistemasining tipiga bog‘liq. Kichik dozalari odatda kuchaytiradi, kattalari aksincha – susaytiradi (chunki nerv hujayralarini toliqtiradi, sillasi quriydi). Kofein uxlatuvchi, narkotik va narkotik analgetiklar ta’sirini keskin susaytiradi. Shuning uchun alkogol chaqirgan mastlikni va uxlatuvchi vositalar bilan chaqirilgan uyquni yo’qotadi. Kofeinni kattaroq dozalari uzunchoq miya markazlarini qo‘zg‘atadi (nafas, qon aylanishi), ayniqsa ularning faolliklari susaygan holatlarda (AB oshadi, taxikardiya, nafas tezlashadi va chuqurlashadi). Qon bosimi kollapslar va karaxtlikda kofein ta’sirida oshadi, lekin me’yoriy qon bosimiga ta’sir etmaydi, chunki qon aylanish markazini va bevosita yurak faoliyatini kofein oshirsa ham, u ko‘pgina qon tomirlarni kengaytiradi, (skelet mushaklari, bosh miya, yurak, buyrak) va qorin bo‘shlig‘idagi ichaklarning tomirini toraytiradi. Kofein bosh miyadan tashqari ijro a’zolariga ham ta’sir etadi. Miotrop spazmolitik ta’siri tufayli bronxlar, o‘t yo‘llari mushaklarini bo‘shashtiradi, me’da sekretsiyasini oshiradi (diagnostika), peshob ajralishini oshiradi (filtratsiya oshadi, reabsorbsiya pasayadi N2O va elektrolit), modda almashinuvini 10-20%ga oshiradi, glikogenolizni oshiradi, giperglikemiya chaqiradi, lipolizni oshiradi (Erkin yog’ kislotalar miqdori qonda ortadi), adrenalinning buyrak usti bezidan ajralishini oshiradi.
Ta’sir mexanizmi: kofein fosfodiesteraza fermenti faolligini susaytirib, ayniqsa yurak va miyada sAMFni parchalanishini kamaytiradi, natijada sAMF to‘planadi. Bundan tashqari kofein adenozin bilan raqobatlashadi (chunki ular qarama-qarshi bo‘lgan o‘zgarishlar chaqiradilar). Kofein adenozin ta’sirini yo‘qotadi, chunki uning retseptorlarini bloklaydi. Adenozin bosh miyada qo‘zg‘alish jarayonini kamaytiradi va ularni retseptorlarini metil ksantinlar bilan bloklanishi qo‘zg‘alish jarayonini, Shuning uchun ham oshiradi. Kofein organizmning tabiiy metaboliti purin unumlariga o‘xshaydi. Shuning uchun u organizmda tez parchalanadi, yig‘ilib qolmaydi, hamda katta terapevtik ta’sir kengligiga ega.
Qo‘llanilishi: yuqumli kasalliklardagi umumiy zaharlanish, narkotik, uxlatuvchi va Shu kabi MNSga susaytiruvchi moddalar bilan zaharlanganda, miya tomirlarini torayishi bilan kechadigan xastaliklarida (migren), ruhiy, aqliy va jismoniy faoliyatni oshirish uchun, gipotoniyalarda. Kofein ichakdan yaxshi so‘riladi. Tarkibida kofeini bor juda ko‘p tabletkalar bor. Xafa qonlik, ateroskleroz, uyqusizlik, glaukoma, qariyalarda ishlatish mumkin emas.
Kofein-benzoat-natriy-Kofeinga nisbatan suvda yaxshi eriydi (1:2), organizmdan kofeinga nisbatan tezroq ajraladi. Ta’siri kofeinnikiday.

Nomi

Kattalar uchun o‘rtacha terapevtik doza va kiritish yo‘li

CHiqarish shakli

Meridil

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish