O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


Xolinergik sinapslarga ta’sir etuvchi vositalar



Download 30,26 Mb.
bet90/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

5.2.1.Xolinergik sinapslarga ta’sir etuvchi vositalar
Xolinergik sinapslarda qo‘zg‘alishlar atsetilxolin yordamida amalga oshiriladi. Atsetilxolin xolin va atsetilkoenzim –A dan xolin atsetilaza fermenti yordamida xolinergik neyronlarning oxiridagi sitoplazmasida sintezlanadi va sinaptik pufakchalarda yig‘iladi. Ajralib chiqqan atsetilxolin xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi va nerv impulsining o‘tkazilishiga yordam beradi.
Xolinoretseptorlarning tuzilishi oxirigacha o‘rganilgan emas. Aniqlanishicha, nerv-mushak sinapsining butun lipidli membranasi orqali o‘tuvchi ion (natriy) kanalchalarini o‘rab oladigan 5 ta oqsilli tarkibiy qismi (α, α, β, γ, δ) mavjud ( -rasm). Atsetilxolin xolinoretseptorning α-qismlari bilan o‘zaro ta’sirlashib, ion kanalining ochilishiga va postsinaptik membrananing qutbsizlanishiga (depolyarizatsiyasiga) olib keladi.

Asetilxolin

Asetilxolin

5.4-rasm.Atsetilxolin ta’sirining N-xolinoretseptor modelidagi lokalizatsiyasi. α-, β-, γ-, δ-lar – N-xolinoretseptorning tarkibiy qismlari.
Izoh: Ion kanali 2 molekula atsetilxolinning N-xolinoretseptordagi 2 ta α-tarkibiy qismi bilan o‘zaro ta’siri natijasida ochiladi.

Turli joylashuvga ega bo‘lgan xolinoretseptorlar farmakologik moddalarga sezuvchanligi bo‘yicha bir-birlaridan farq qiladi. Shuning uchun ham ular muskaringa (M-) va nikotinga (N-) sezuvchan xolinoretseptorlarga34 bo‘lingan.


M-xolinoretseptorlar effektor a’zoning parasimpatik nerv tolalari postganglionar tolasi oxiridagi presinaptik membranada joylashgan. Bundan tashqari ular sinapsdan tashqarida joylashgan vegetativ gangliylarning neyronlarida hamda MNSda ham bor. Har xil lokalizatsiyaga ega bo‘lgan M-xolinoretseptorlar ham turli farmakologik vositalarga sezgirligi bo‘yicha bir-biridan farq qilganligi sababli, ular M1-, M2-, M3-, M4- va M5-xolinoretseptorlarga bo‘linadi. M1-xolinoretseptorlarning, asosan, vegetativ gangliylarda va MNSda, M2-xolinoretseptorlarning yurakda, M3-xolinoretseptorlarning silliq mushaklarda va ko‘pchilik ekzokrin bezlarda, M4-xolinoretseptorlarning yurakda, o‘pka alveolalari devorida va MNSda, M5-xolinoretsepatorlarning esa MNSda, so‘lak bezlarida, qonning mononuklear hujayralarida joylashganligi aniqlangan. Ko‘pchilik vositalarning asosiy samaralari ularning M2- va M3-xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi sababli yuzaga chiqadi. Shuning uchun mazkur darslikda M-xolinoretseptorlarning turlariga alohida e’tibor qaratilmasdan, faqat M-xolinoretseptorlar bo‘yicha umumiy tushunchalar berib ketilishi maqsadga muvofiqdir.
N-xolinoretseptorlar barcha simpatik va parasimpatik gangliylardagi postsinaptik membranalarda, buyrak usti bezi miya qismining xromaffin hujayralarida, sinokarotid zonada, skelet mushaklari oxiridagi plastinkalarda va MNSda joylashgan. N-xolinoretseptorlarning ham turli moddalarga nisbatan sezgirligi har xil. Ganglionar hujayralarning N-xolinoretseptorlari (neyronal turdagi N-xolinoretseptorlar) skelet mushaklarining N-xolinoretseptorlaridan (mushakli turdagi N-xolinoretseptorlar) keskin farq qiladi va shu orqali ganglioblokatorlarning va miorelaksantlarning tanlab ta’sir qilishini izohlash mumkin.
Atsetilxolinning M-xolinoretseptorlar orqali nerv impulslarini o‘tkazishida G-oqsillarning va ikkilamchi o‘tkazgichlarning (siklik adenozin monofosfat – sAMF; 1,2-diatsilglitserol; inozitol (1,4,5) trifosfat) ahamiyati katta. Atsetilxolin N-xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi va ularning konformatsiyasini o‘zgartirish orqali esa postsinaptik membrananing o‘tkazuvchanligini oshiradi. Uning qo‘zg‘atuvchi samarasi ta’sirida natriy ionlari hujayra ichiga o‘tadi va postsinaptik membrananing qutbsizlanishiga olib keladi.
Atsetilxolinning ta’sir davomiyligi juda qisqa, chunki u nerv-mushak sinapslarida tezda atsetilxolin esteraza fermenti yordamida parchalanib ketadi yoki vegetativ gangliylarda sinaptik oraliqdan chiqarib yuboriladi. Atsetilxolinning gidrolizi natijasida hosil bo‘lgan xolinning bir qismi (tahminan 50 foizi) presinaptik membrana orqali qayta ushlab olinadi va yangidan atsetilxolin sintezlanishi uchun sitoplazmaga transportirovka qilinadi.
Nerv-mushak sinapslarida xolinergik o‘tkazuvchanlikning bosqichlari 5.4-rasmda keltirib o‘tilgan.
Sinaptik o‘tkazuvchanlikka aloqador moddalar har xil jarayonlarga ta’sir qilishi mumkin: 1) atsetilxolin sinzeziga; 2) mediator ajralib chiqishiga; 3) atsetilxolinning xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishiga; 4) atsetilxolinning atsetilxolinesteraza yordamida parchalanishiga; 5) atsetilxolinning parchalanishidan hosil bo‘ladigan xolinning presinaptik membrana orqali ushlab olinishiga. Dori vositasi sifatida xolinoretseptorlarga va atsetilxolinesterazaga ta’sir qiluvchi vositalar keng qo‘llaniladi.
X olinoretseptorga ta’sir qiluvchi moddalar ularni kuchaytiruvchi (xolinomimetik samara) va susaytiruvchi (xolinobloklovchi samara) ta’sir etishi mumkin.


Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish