Ta’sirlantiruvchi vositalar
Ushbu guruh vositalari teri va shiliq qavatlardagi sezuvchi nerv oxirlariga qo‘zg‘atuvchi samara ko‘rsatadilar.
Hantal qog‘ozi (hantal) – yupqa qilib yog‘sizlantirilgan hantal bilan qoplangan bo‘lib, uning ta’sirlantiruvchi samarasi hantal efirmoyi bilan bog‘liq. Tarkibida sinigrin glikozidi va mirozin fermenti saqlaydi. Hantal qog‘ozini 40 darajagacha bo‘lgan iliq suvda namlaganda, mirozin fermenti faollashadi va sinigrin glikozidini parchalaydi. Natijada undan hantal efir moyi ajralib chiqadi va u sezuvchi nerv oxirlariga kuchli ta’sirlantiruvchi xossa namoyon qiladi. Hantal qog‘ozi, asosan, nafas a’zolari kasalliklarida, stenokardiyada, nevralgiyada, mialgiyada va boshqalarda qo‘llaniladi.
Tozalangan terpentin moyi – oddiy qarag‘ayning smolali elimini haydash usuli bilan olinadi. Asosiy ta’sir qiluvchi moddasi – α-pinen bo‘lib, juda kuchli lipofillikka ega bo‘lganligi tufayli epidermis orqali yaxshi o‘tadi va sezuvchi nervlar oxirlarini ta’sirlantiradi. Tarkibida tozalangan terpentin moyi saqlovchi preparatlar, asosan, nevralgiyalarda, mialgiyalarda va bo‘g‘im og‘riqlarida teriga surtish uchun ishlatiladi.
Qayd etilgan vositalarni asosan ikkita maqsad uchun qo‘llaniladi. Birinchidan, shikastlangan a’zo yoki to‘qimalardagi og‘riq sezgisini pasaytirish maqsadida, bunda chalg‘ituvchi terapiya kelib chiqadi. Ikkinchidan, patologik jarayonga aralashgan ichki a’zolarning (to‘qimalarning) trofikasini yaxshilaydi. Ishlatilgan joylarida terining qizarishi va biroz shishishi paydo bo‘ladi, ammo ular davolash xususiyatiga ega emas.
Mentol – qalampir yalpiz efir moyining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, terpentin qatori spirti hisoblanadi. Asosan sovuqni sezish retseptorlarini tanlab qo‘zg‘atishi hisobiga sovuq sezgisini chaqiradi. Ta’sirlantiruvchi xossasi kuchsiz anesteziya bilan almashinishi mumkin. Mentol reflektor ravishda sirtdagi va chuqur a’zo hamda to‘qimalardagi tomirlar tarangligini o‘zgartiradi. Uni asosan, yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida (tomiziladi, surtiladi, intratraxeal kiritiladi, ingalyasiya qilinadi) keng qo‘llaniladi. Validolning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Nevralgiya, mialgiya va artralgiyalarda teriga surtish uchun ham qo‘llaniladi. Migren (shaqiqa) damentolning qalamchalari chakkaga surkaladi.
Ammiak eritmasi yoki navshadil spirti ham kuchli ta’-sirlantiruvchi xossaga ega. Uning bug‘lari hidlanganda yuqori nafas yo‘llari sezuvchi nerv tolalari oxirlarini qo‘zg‘atadi va shu orqali nafas markazini reflektor ravishda kuchaytiradi. Ammiak eritmasi asosan, bemorning hushidan ketishlarida, mastlik holatida uning es-hushini qayta tiklash uchun qo‘llaniladi. Mastlik holatida odatda 100 ml suvga uning 5-10 tomchisini tomizib, ichishga tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, u dezinfeksiyalovchi xossaga ham ega bo‘lganligi tufayli operatsiyalardan oldin jarroh qo‘llarini tozalash uchun ham ishlatiladi.
Preparatlar.
Nomi
|
Kattalar uchun o‘rtacha terapevtik doza va kiritish yo‘li
|
Chiqarish shakli
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |