- beshinchi avlod-roksatidin
Ta’sir mexanizmi: adenilatsiklaza fermenti faolligi bilan bog‘liq, chunki H2-retseptorlar qo‘zg‘alsa, adenilatsiklaza faolligi ortib, hujayra ichidagi s-AMF miqdori ko‘payadi. Natijada me’da shilliq qavatidagi parietal hujayralarining sekretor faoliyati ortadi. Gistamin ta’sirida boshqa (semiz hujayralar, T-limfotsitlar, miokard hujayralari, yog‘ hujayralari va MNS ning ba’zi qismlarida) to‘qimalarda ham s-AMF miqdori ortib ketadi. H2-retseptorlar blokatorlari gistaminning raqobatdosh antagonistlari hisoblanadi. Ularning asosiy ta’siri me’da shilliq qavatining sekretsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib: HCl ni parietal hujayralarda sekretsiyalanishini keskin kamaytirishdan iborat; bunda HCl ning bazal sekretsiyasi ham kamayadi. Kamroq darajada pepsinogen va Kaslning ichki omili sekretsiyasi kamayadi. Umuman me’da shirasining hajmi kamayadi. HCl va pepsin sintezini kamaytirishdan tashqari H2-retseptorlar blokatorlari me’da shilliq qavatida qon aylanish tezligini kuchaytiradilar, shilliq ishlab chiqarilishini oshiradilar. PG (prostoglandinlar) sintezini oshiradilar. Me’da epiteliysi proliferatsiyasini ham kuchaytiradi. Ya’ni H2-blokatorlar nafaqat me’da shirasining tajovuzkorligini susaytiradi, balki me’da shilliq qavatining trofikasini oshirib, uni himoyalanish qobiliyatini ham kuchaytiradilar.
9.1Jadval. HCl sekretsiyasini pasaytiruvchi preparatlar farmakokinetikasi (enteral yuborilganda).
Preparatlar
|
Biofaolligi,%
|
Qonda maksimal konsentratsiya yig’ilish vaqti, soat
|
Qondagi oqsillar bilan bog’lanishi, %
|
“Yarim yashash” davri t1/2, soat
|
Sutkada ichiladigan soni
|
Omeprazol
Pantoprazol
Lansoprazol
|
50-55
77
70-90
|
1
2-2.5
1-1.5
|
95-6
98
97
|
1
1
0.6-1.4
|
1-2
1-2
1-2
|
Ranitidin
Famotidin
Nizatidin
Simetidin
|
40-60
40-45
>90
60-70
|
2-3
1-3
1-3
0.5-1.5
|
12-18
15-20
35
13-25
|
1.7-3
3-8
1-2
2
|
1-2
1-2
1-2
1-2
|
Pirenzepin
|
20-30
|
3-4
|
12
|
8-20
|
2-3
|
Mizoprostol
|
>80
|
0.2-0.5
|
81-89
|
0.5-0.9
|
3-4
|
H2–retseptorlari blokatorlarining ko‘pchiligi MNS ga yomon o‘tadi, chunki past lipofillikga egalar, o‘zgarmagan holda peshob tarkibida ajraladi. Bir qismi o‘t tarkibida ichakka tushib najas bilan ajraladi. H2-blokatorlar asosan me’da va 12 barmoqli ichakning yara kasalligida, gipergastrinemiya, ezofagit, peptik ezofagit, eroziv gastrit va duodenitlarda qo‘llaniladi.
Ranitidin (zontak) -H2-blokatorlik ta’siri yuqori, tanlab ta’sir ko‘rsatadi, kam zaharli, MIT dan yaxshi so‘riladi (biofaolligi 50%). Simetidindan farq qilib, antiandrogen ta’siri umuman yo‘q. MOS fermentlariga deyarli ta’sir etmaydi. Peshob tarkibida o‘zgarmagan dori vositaning 55 %i, najas tarkibida 45 %i ajraladi. Platsentar bar’erdan yaxshi o‘tadi, ichilgandan so‘ng kam bo‘lsada, orqa miya suyuqligiga o‘tadi, sut tarkibida ajraladi. Ta’sir davomliligi 8-12 soat (T½=2,7 soat). Ranitidinning jiddiy noxush ta’siri yo‘q. Ba’zi bemorlarda bosh og‘rig‘i, quvvatsizlik, dispepsiya (qabziyat yoki ich ketish) allergiya uchraydi. Kamdan kam hollarda: uyquchanlik, psixik o‘zgarishlar, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya, ginekomastiya bo‘lishi mumkin.
Ranitidin vismut sitrat (pilorid) – Helicobacter pylori ga qarshi bakteriotsid faollikka hamda, H2-blokatorlik ta’siriga ega bo‘lgan dori vosita. Me’da va 12 barmoqli ichakning yara xastaligida kuchli davolash xossasiga ega.
Famotidin (kvamatel) – ranitidinga nisbatan 3-4 marta kuchli H2-blokator. Unga nisbatan davomliroq ta’sir ko‘rsatadi. Antiandrogen ta’siri yo‘q. MOS faoliyatiga salbiy ta’sir etmaydi (T½=3-8 soat), prolaktin miqdorini oshirmaydi, ginekomastiya chaqirmaydi.
Ko‘rsatmalar: me’da va 12 barmoq ichak yara xastaligi, MITning simptomatik erroziv yaralarida (kuygan bemorlar, bosh miya jarohatlari, miokard infarkti, operatsiyalardan keyin, endokrin xastaliklari tufayli yuzaga kelgan (sindrom Zollinger-Ellison, giperparatireoz), yallig‘lanishga qarshi vositalar va steroid gormonlar ta’sirida rivojlangan me’da-ichak yaralari. Me’da-ichakdan qon ketishini oldini olish va to‘xtatishda. Famotidin (kvamatel)ni parenteral kiritishga moslangan shakli ham bor. Uni dorilarni ichish mumkin bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Nizatidin – ranitidinga o‘xshash ta’sir kuchiga ega. Asosan peshob tarkibida o‘zgarmagan holda ajraladi. Dori vositaning klirensi xlor ionlarining klirensi bilan bevosita bog‘liq.
Noxush ta’siri: kam uchraydi, kamdan-kam hollarda taxi yoki bradiaritmiya chaqiradi. Buyrak faoliyati susaygan holatlarda qo‘llash mumkin emas. Boshqa H2-blokatorlariga o‘xshagan ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi.
Simetidin (tagamet) – ranitidin va H2-blokatorlarga nisbatan kuchsiz (5-10 marta), tanlab ta’sir etish xossasi va ta’sir davomliligi ulardan past. Ta’siri tahminan 6 soat (T½=2,2 s.) davom etadi. Antiandrogen ta’sirga ega bo‘lganligidan (androgen gormonlar retseptorlarini bloklaydi) erkaklarda jinsiy ojizlik va ginekomastiya (ko‘krak bezlarini kattalashishi) ga olib keladi. sit. P-450 bilan bog‘lanib MOSni susaytiradi va Shuning uchun dorilar ta’sirini kuchaytiradi (M-n: anaprilin, diazepam, teofillin va boshqalar).
Davomli qo‘llanilganda leykopeniya chaqiradi (agranulotsitoz, gemolitik anemiya). AsAT va AlAT faolligini oshiradi, (gepatotoksik ta’sir) depressiya rivojlanishi mumkin.
Omeprazol – me’da yaralarini davolashning yangi tipdagi dori vositasi bo‘lib, me’da hujayralaridagi proton nasosini (N+, K+ ATF azalarini) susaytiradi:
Ta’sir mexanizmi: me’daning parietal hujayralari naychalarining kislotali muhitida juda tez (2-3 daqiqadan so‘ng) faol metabolit-sulfenamidga aylanadi. U esa o‘z navbatida H+, K+ ATFazalarni qaytmas falajlaydi. Demak, omeprazolning o‘zi emas, uning faol metaboliti-sulfenamid ta’sir etadi. Bu jarayon faqat kislotali muhitda bo‘lganligidan, antatsid vositalar berilgandan so‘ng yoki antatsid holatlarda omeprazolning ta’siri yuzaga chiqmasligini tushuntiradi. Omeprazol bazal va ovqatlar ta’sirida me’dada HCl kislotasini ajralishini samarali susaytiradi, me’da shirasining hajmini keskin kamaytiradi, pepsinogenni ajralishini susaytiradi. Dori vositani gastroprotektiv xossasi ham bor. Kaslning ichki omilini hosil bo‘lishiga, me’daning evakuator-faoliyatiga ta’sir etmaydi. MITdan omeprazol tez so‘riladi, qonda ichilgan dozaning 50-55% aniqlanadi (Biofaollik 55%). qon oqsillari bilan so‘rilgan dori vositaning 95-96% bog‘lanadi. Dori vosita tez parchalanadi. T½=1 soat. Lekin ta’siri (me’dadan HCI kislotasini ajralishini pasaytiradi) 2-3 kun davom etadi. Ya’ni dori vositaning qondagi konsentratsiyasi va kislota ajralishining susayish davomligi bilan to‘g‘ri korrelyatsiya (muvofiqlik) yo‘q. Noxush ta’siri: diareya, ko‘ngil aynash, ichak kolikasi, holsizlik, bosh og‘rig‘i kuchsiz rivojlanadi va kamchilik faqat bemorlarda kuzatiladi. Pentoprozol, lansoprozol dori vositalari ham omeprozolga o‘xshash ta’siriga egalar.
Mizoprostol – PGE ning sintetik unumi, me’dada HCl sekretsiyasini kamaytiradi, bikarbonatlar va shilliq ajralishini oshiradi. Me’da shilliq qavati hujayralarining regeneratsiyasini oshiradi, unda mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. Umuman shilliq qavatning me’da shirasining va boshqa omillarning tajovuzkorlik ta’siriga qarshi turish qobiliyatini kuchaytiradi. Ichilganda ham samaradorligi yaxshi namoyon bo‘ladi. Me’daning shilliq qavatlarida o‘tkir rivojlangan yaralarni davolash ta’sir kuchi bo‘yicha H2-blokatorlariga nisbatan kuchsiz. Ko‘pincha diareya chaqiradi.
Qo‘llanilishi: me’da va 12 barmoqli ichakning surunkali yara xastaliklarida, nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositaning me’dada yara chaqirishini oldini olish uchun. Noxush ta’siri: ich ketish, yengil ko‘ngil aynash, bosh og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i, behuzurlik, qon bosimini tushishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar: Prostaglandinlarga sezgirlik oshganda, sut emizuvchi ayollar, homiladorlik, ichakning yallig‘lanishida, miya va yurak toj tomirlarida qon aylanishining buzilishida.
Do'stlaringiz bilan baham: |