Yo’talga qarshi vositalar
Kodein fosfat –Codeini phosphas
|
Enteral 0,01 g
|
Sochma
|
Gloutsin gidraxlorid-Glaucini hydrochloridum
|
Enteral 0,05 g
|
Tabletka 0,05 gdan
|
Libeksin—Libexin
|
Enteral 0,1 g
|
Tabletka 0,1 gdan
|
Balg’am ko’chiruvchi
Termopsis o’ti damlamasi – Infusum herbae Thermopsidis
|
Enteral 15 мл
|
Damlama 1:300
|
Atsitelsistein — Acetylcysteinum
|
Ingalyatsiya;mushakgа
|
Amp. 5 и 10 ml 20% eritma Ingalyatsiya
; amp.2 ml-10% eritma mushakgа kiritiladi
|
Bromgeksin— Bromhexinum
|
Ichishgа
|
Tabletka 0,008 gdan
|
Tripsin krisstalli — Trypsinum crystallisatum
|
Ingalyatsiya; mushakgа
|
0,005 va 0,01 g preparat tutgan(qo’llashdan oldin eritiladi)ampula yoki flakonda
|
Broxospazmda qo’llanuvchi vositalar
Eufillin -Euphyllinum
|
Ichishga, rektal, mushakgа, tomirga
|
Kukun,Tabletka 0,15gdan; ampula 1 mldan 24% eritma(mushak ichiga) va10 мл-2,4% eritma(tomirgа)
|
Kromalin-natriy— Cromolynum- natrium
|
Ingalyatsiya (0,02 g)
|
0,02 g кромолин-натрия gа 0,0001 gizadrin qushilgan Kapsulalar
|
Ketotifen— Ketotifenum
|
Enteral 0,001 g
|
Kapsula va Tabletka 0,001 gdan
|
Zaferlukast -Zafirlucast
|
Enteral 0,02-0,04 g
|
Tabletka 0,02 и 0,04 gdan
|
Zileuton — Zileuton
|
Enteral 0,6 g
|
Tabletka 0,6 gdan
|
9. Me’da va ichak tizimiga ta’sir etuvchi vositalar
Ko‘pgina patologik holatlarda me’da-ichak trakti a’zolarining faoliyatini o‘zgarishi kuzatiladi. Bu holat shubhasiz xastalikning kechishi va oqibatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki me’da-ichak trakti ovqat hazm qilish va ozuqa vositalarining qonga so‘rilishida muhim ahamiyatga egadir. Me’da-ichak trakti a’zolarining funksiyalarini buzilishini bartaraf etishda ko‘pgina dori vositalari qo‘llaniladi. Ular me’da va ichakning sekretsiyasi va ekskretor funksiyalari me’daosti bezi va jigar ekskretor faoliyatiga ta’sir etadilar.
9.1.Ishtahaga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar
Ishtaha ko‘p jihatdan bosh miyaning po‘stloq qavati va limbik sistema funksional holatiga bog‘liqdir, chunki u gipotalamusning lateral yadrosida joylashgan ochlik va gipotalamusning ventromedial yadrosida joylashgan to‘yish (to‘qlik) markazi orqali boshqariladi. Ishtaha limbik tizim va po’stloqning peshona qismlari ham bunda qatnashadi. Ishtahani boshqarilishi asosan noradrenergik, dofaminergik va seratoninergik sistemalar va retseptorlar (β 1 va β2, α1 adrenoretseptorlar, dofamin D1, serotonin 5-HT1B va 5HT2C retseptorlar) bilan bog‘liq. Organizmda ishtahani oshiradigan moddalar (oreksigen ta’sir): neyropeptid Y, A va B oreksinlar, grelin, GAMK topilgan. Ishtahani bo’g’uvchi endogen moddalar esa: leptin, a-melanotsit stimullovchi gormon, neyrotenzin, serotonin, tireotrop va kortikotrop gormon ishlanishini kuchaytiruvchi gormonlar, xolesistokinin. Ishtahani o‘zgarishi 2 xil (ortishi va susayishi) bo‘ladi va shunga mos ravishda uni buzilishini bartaraf etuvchi vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Ishtahani oshiruvchi vositalar (achchiqlar, insulin, psixotrop, neyrotrop vositalar, anaboliklar va boshqalar):
Ishtahani susaytiruvchi vositalar (anoreksigen vositalar):
Katexolaminergik sistemaga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar (MNSni qo‘zg‘atuvchilar):
fenamin hosilalari va analoglari fepranon, dezopimon.
izoindol unumlari mazindol
Serotoninergik sistemaga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar (MNS ni susaytiruvchilar): fenfluramin.
Achchiqlar o‘simliklardan ajratilgan, achchiq ta’mga ega bo‘lgan glikozidlar. Ular og‘iz bo‘shlig‘i va tildagi retseptorlarni qo‘zg‘atib, reflektor yo‘l bilan me’da shirasini ajralishini kuchaytiradilar, ishtahani oshiradilar va ovqatni hazm bo‘lishini yaxshilaydilar. Achchiqlarni gipoatsid va surunkali atrofik gastritlarda, asab xastaliklarda yuzaga kelgan anoreksiyalarda, operatsiyalardan keyingi davrda qo‘llaniladi.
Achchiq ermon tindirmasi – tarkibida absintin alkaloidi va absentol – efir moyi bor. Ochlik (ochiqish) markazi qo‘zg‘aluvchanligini reflektor oshiradi. Undan keyin qabul qilingan ovqatga bo‘lgan me’da sekretsiyasining murakkab reflektor bosqichini kuchaytiradi. Lekin achchiqlarning o‘zlari me’da shirasini ajralishini kuchaytirmaydi. Bu guruhga erbaxo (gorichavka), zubturum (podorjnik), buznoch (bessmertnik), garmdori, apilak, ishtaha choyi va boshqalar ham kiradi.
Insulin – qonda glyukoza miqdorini pasaytiradi va ochlik hissini kuchaytiradi, chunki to‘qlik markazida maxsus «glikoretseptorlar» bo‘lib ular arteriya va vena qonidagi glyukoza miqdorining farqiga sezgirdirlar. Shu tufayli glyukagon giperglikemiya hisobiga ishtahani pasaytiradi, shirin choy ham shunday xususiyatga ega, ishtahani ba’zi psixotrop vositalar (aminazin, amitriptilin, karbonat litiy), neyrotrop gipotenziv vositalar (gemiton – klofelin) ham kuchaytiradilar. Bundan tashqari ishtahani anabolik gormonlar ham oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |