O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov


α va β -adrenoretseptorlarni qamallovchi vositalar (α, β adrenoblokatorlar)



Download 30,26 Mb.
bet116/427
Sana03.03.2022
Hajmi30,26 Mb.
#480426
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   427
Bog'liq
Xarkevich perevod 04.07.2019 (1)

α va β -adrenoretseptorlarni qamallovchi vositalar (α, β adrenoblokatorlar)


Lobetalol-(trandat) binar ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni bir vaqtning o‘zida ham β, ham α1-adrenoretseptorlarni qamal qiladi, lekin β-adrenoretseptorlar α ga nisbatan lobetalol ta’siriga sezuvchanroq. Lobetalol NA ni neyronal yutilishini susaytiradi. Ta’sir kuchi bo‘yicha anaprilin va fentolamindan kuchsizroq. Dori vosita yurak qisqarishining soni va kuchiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Lekin β-blokatorlik xususiyati bilan periferik qon tomirlarni kengaytirish qobilyati dori vositani gipotenzivlik ta’sirini ishonchli bo‘lishiga omil bo‘ladi. Dori vosita tomirlarning periferik qarshiligini yaxshi tushiradi. β-blokatorlarga nisbatan qon bosimini tushirish ta’siri tez rivojlanadi va 8-10 soat davom etadi, bronxospazm chaqirmaydi. MITdan tez so‘riladi, ko‘p qismi jigarda parchalanadi, faol bo‘lmagan metabolitlari peshob tarkibida ajraladi. Venaga kiritilishi bemorni yotqizib amalga oshiriladi, chunki qon bosim tez tushib ketadi.
Qo‘llanilishi: xafaqonlik (antigipertenziv vosita).
Noxush ta’siri: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i,ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qabziyat yoki ich ketish, quvvatsizlik, terining qichishishi.
Qo‘llab bo‘lmaydigan holatlar: kuchli rivojlanganda, yurak qon tomir yetishmovchiligi, atrioventrikulyar qamal. Proksodolol-α va β-adrenoblokator. Antigipertenziv, antiaritmik va antiishemik ta’sirga ega. Qon tomirlarning periferik qarshiligini kamaytiradi. Yurakning sistolik hajmini kamaytiradi. Ko‘zning ichki bosimini pasaytiradi. (suyuqlik ishlab chaqirishni ozaytiradi). Lobetalolga o‘xshash ko‘rsatmalarda qo‘llaniladi.
Shuningdek α va β-adrenoblokator guruhiga karvidelol kiradi. U α va β-adrenoretseptorlar antagonisti hisoblanadi. Uning β-adrenoretseptorlarni bloklash xususiyati α-adrenoretseptorlarga nisbatan 10-100 barobar ko’proq. Bundan tashqari modda antioksidant xususiyatiga ega. Qon tomirlarni kengaytirish orqali umumiy pereferik qarshilikni tushiradi. Renin hosil bo’lishini susaytiradi. Yurakka bo’lgan pred va postyuklamani kamaytiradi. Chap qorincha gipertrofiyasini oldini oladi. Ichishga buyuriladi. Hazm tizimidan yaxshi so’riladi. Biosinguvchanligi 25-30%. Gipotenziv ta’sir davomiyligi 15 soat. Karvidilol arterial gipertenziyada yurak koranar kasalliklarida, surunkali yurak yetishmovchligida qo’llaniladi. Nojo’ya ta’sirlari bosh aylanishi, bosh og’rig’i, bronxospazm, charchoq, terida toshmalar toshishi kuzatiladi.

Download 30,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish