(β -adrenoblokatorlar)
Bu guruh moddalarning ko‘pchiligi kimyoviy tuzilishi jihatidan izadringa (β-adrenomimetik) o‘xshab ketadilar, lekin ular β-adrenoretseptorlar bilan birikib, qo‘zg‘atish chaqirmaydi, aksincha bloklaydilar va shu tufayli NAni retseptorlarga ta’sir qilishga yo‘l qo‘ymaydilar.
Anapirlin - β1 va β2 adrenoretseptorlarni qamal qiladi. Yurakdagi β-adrenoretseptorlarni qamal qilish tufayli yurakning urish tezligi va kuchini pasaytiradi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni va avtomatizmni susaytiradi. Skelet mushaklari, jigar va boshqa tomirlarning β-adrenoretseptorlarni qamal qilgani uchun, tomirlarning umumiy periferik qarshiligini kamaytiradi, qon bosimini pasaytiradi. Bunda dori vositaning yurak sistolik hajmini kamaytirish, renin miqdorini kamaytirish va MNS faolligini susaytirish kabi ta’sirlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bronxlarning β2-adrenoretseptorlarni bloklanishi tufayli anaprilin bronxospazmni rivojlantiradi, lekin miokardni kislorodga bo‘lgan talabini kamaytiradi. Dori vosita bachadon qisqarishini kuchaytiradi, glikoliz va lipolizni sekinlashtiradi. MITdan anaprilin tez so‘riladi. Qonda maks. konsentratsiyasi 1-1,5 soatdan keyin yuzaga chiqadi. Platsentar baryerdan oson o‘tadi. Anaprilin bilan davolash davomli bo‘ladi.
Qo‘llanilishi:
supraventrikular bo’lmacha hilpillovchi aritmiyasida
yurak ishemik xastaligida;
xafaqonlik xastaligida;
sinus va paraksizmal taxikardiya kabi aritmiyalarda;
ekstrasistoliyalarda;
tireotoksikoz (taxikardiyani bartaraf etishda);
diffuz toksik buqoq xastaligida (yurak-tomir, neyro-psixik o‘zgarishlarni bartaraf etishda);
bachadonni birlamchi xolsizligida, uni qisqarishini kuchaytirish va qo‘zg‘atish maqsadida;
tug‘ishdan keyingi asoratlarni oldini olish maqsadida (qon ketishini);
ochiq burchakli glaukomada, suyuqlik ishlab chiqarish susaytiradi (alohida dori formasi TOPIM ko‘z tomchisi).
Noxush ta’siri: umumiy xolsizlik, ko‘ngil aynash, qayt qilish, diareya, bradikardiya, bosh aylanishi, broxospazm, allergik reaksiyalar (teri qichishi) parishonxotirlik va fikr tezligini susayishi (mashina xaydash mumkin emas).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollar: Sinus bradikardiyasi, atrioventrikulyar qamal, gipotenziyalyar, kuchli rivojlanagan yurak yetishmovchiligida, bronxial astma, qandli diabet, homiladorlik, periferik qon aylanishining buzilishida, spastik kolitlarda. Oksprenolol (trazikor) - Ta’siri ji- xatidan anaprilinga yaqin, lekin yurak qisqarishining tezligi va kuchiga ta’siri sustroq. Simpatolitik faollikka ega. Bronxospazmni kamroq yuzaga keltiradi. Anaprilinga qaraganda, oksprenololni bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Anaprilinga o‘xshab qo‘llaniladi, noxush ta’siri ham unga o‘xshash.
Metoprolol-(korvitol, egilok) β1-adrenoreaktiv strukturalarni tanlab qamallovchi hisoblanadi. (kardioselektiv ta’siri). MITdan yaxshi so‘riladi. Ta’siri tahminan 5-6 soat davom etadi. jigardan o‘tish jarayonida ko‘p qismi parchalanadi, metabolitlari peshob tarkibida chaqiriladi.
Qo‘llanilishi: xafaqonlik, stenokardiya, aritmiyalar (supraventrikulyar taxikardiya-lar, bo‘lmachalar fibrilyatsiyasi, qorinchalar ekstrasistoliyasi), gipertireoidizm, infarktni oldini olish.
Noxush ta’sirlari: bosh og‘rig‘i, charchash, uyquni buzilishi, bronxlar tonusini oshishi, ayniqsa bronxial astmada.
Shunday xususiyatga ega moddalarga yana talinolol (kordanum), atenolol (tenormin) va bisoprolol (konkor) kiradi. β1-adrenoretseptorlarni qamal qilish davomiyligiga ko’ra moddalar quyidagicha ketma-ketlikka ega:bisoprolol (t1/2=10-12 s)>atenolol (t1/2=6-9 s) >talinolol (t1/2=6.6 s) >metoprolol (t1/2=3-3.5 s). Ko’rsatilganlardan bisoprolol kuniga 1 marta, qolgan vositalar 2-3 marta qabul qilinadi. β1-adrenoblokatorlardan-nebivolol (nebilet) qon tomirlarni kengaytirish xususiyatiga ega shuning uchun arterial gipertenziyada qo’llaniladi. β1-adrenoblokatorlar ochiq burchakli glaukomani davolashda muhim rol o’ynaydi. Mahalliy qo’llanilganda ular ko’z ichi suyuqligi produksiyasini susaytiradi unga bog’liq ko’z ichi bosimi ham pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |