O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

 
 15-jadvalda ko‘rsatilgan mahsulotlardan tashqari askorbin kislotasi har 
xil ko‘katlarda ham (petrushka, ko‘k piyoz va boshqalarda) mo‘l bo‘ladi. 
Kasalliklar tufayli antibiotiklar, boshqa doridarmonlar teztez qabul qilib 
turadiganlar,  har  xil  stress  omillar  (ruhiy-hissiy  zo‘riqishlar,  og‘ir  jismoniy  ish, 
uzoq  muddatli  juda  sovuq  yoki  issiq  haroratga  duch  kelish  va  boshqalar) 
ta'siriga uchraydiganlar, kalbosa va shunga o‘xshash dudlangan mahsulotlarni 
sevib  iste'mol  qiluvchilar  transport  qatnovi  ko‘p  bo‘ladigan  yo‘llar  atrofida 
yashaydiganlar, xomiladorlikka qarshi preparatlar oladiganlarda bu vitaminga 
bo‘lgan  ehtiyoj  ancha  oshadi.  Chekuvchilarda  ham  askorbin  kislotaga  ehtiyoj 
ancha katta, kuniga 1 pachka sigaret chekuvchilar uchun C vitaminiga bo‘lgan 
me'yor talabi 20% oshirilishi kerak. Ma'lumki, C vitamini yetishmasligidan tish 
milklari  tez  qonaydigan  bo‘lib,  singa  kasalligi  yuzaga  keladi,  tishlar  tushib 
ketadi,  odam  charchaydigan  bo‘lib  qoladi  va  mehnat  qilish  qobiliyati  pasayib 
ketadi  va  har  xil  kasalliklarga  tez  chalinadi.  Keyingi  paytlarda  vitaminning 
davomli yetishmasligi rak (saraton) kasalligiga olib kelishi haqida fikrlar paydo 
bo‘ldi.  Bu  haqida  yaponiyalik  olim  K.Nishi  iste'mol  taomlarida  askorbin 
kislotasining  uzluksiz  yetishmasligi  rakka  olib  keluvchi  3  ta  sababdan  biridir, 
deydi.  
C  vitamini  shamollashning  oldini  olish  va  davolashda  samara  beradi. 
Doktor Laynus Poling  o‘zining “C vitamini va shamollash” kitobida kuniga bu 
vitamindan 15 g qabul qilib turish shamollashdan saqlaydi deb yozadi. Buning 
uchun,  eng  yaxshisi,  na'matak  kabi  S  vitaminiga  boy  mahsulotlardan  ko‘proq 
iste'mol  qilish kerak. Agar yegan ovqatimiz asosan qaynatilgan va qovurilgan 
mahsulotlardan  iborat  bo‘lsa,  meva  chevalar,  ko‘katlar  kam  iste'mol  qilinsa, 


171 
 
teztez  shamollash  va  yuqumli  kasalliklar  bilan  og‘rishning  sabablaridan  biri 
shundadir.  C  vitaminining  yetarli  miqdorda  iste'mol  qilib  turilishi  ichaklardan 
temir  moddasining  qonga  so‘rilishini  yaxshilaydi  va  shu  yo‘l  bilan 
kamqonlikning oldini olish mumkin. C vitaminining yana bir foydali xususiyati 
shundan  iboratki,  u  hujayra  va  to‘qimalardagi  hayotiy  jarayonlarni  buzib 
tashlaydigan erkin radikallarni zararsizlantirishda hal qiluvchi rol  o‘ynaydi. Bu 
radikallar  ekologik  muhitning  yomonlashuvi  bois  (havo  va  suvning,  oziq  – 
ovqat mahsulotlarining turli xil zararli kimyoviy moddalar bilan arlashtirilishi va 
boshqalar) kishi tanasida ko‘payib bormoqda, odamlar tez keksayib, erta ishga 
yaroqsiz bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun sog‘lom odam ham har kuni kamida 
tarkibida  200  –  300  mg  askorbin  kislotasi  bor  mahsulotlardan  iste'mol  qilib 
turish kerak.  
Askorbin  kislotasi  mahsulotlarni  termik  qayta  ishlash  natijasida 
parchalanib  ketadi.  Shuningdek,  muzlagan  va  uzoq  vaqt  ochiq  havoda 
saqlangan mahsulotlarda ham u ancha kamayib ketadi. Olma uzilganidan 6 – 7 
oy o‘tishi bilan o‘zidagi S vitaminining 50% ini yo‘qotadi.  
Ko‘pgina  qo‘llanma  va  tavsiyalarda  C  vitaminining  miqdori  halqaro 
birlikda  (ME)  beriladi.  Uning  milligrammlardagi  ekvivalent  miqdorini  aniqlash 
uchun  halqaro  birlikdagi  sonni  20  ga  bo‘lish  kerak,  masalan,  1000  ME  dagi  C 
vitamini 50 mg ga teng (1000 ME : 20 = 50 mg). 
C  vitamini  tanada  zaxira  holda  to‘planmaydi,  shuning  uchun  tarkibida 
askorbin  kislotasi  mavjud  oziq  –  ovqat  mahsulotlarini  har  kuni  tegishli 
miqdorda iste'mol qilib turish kerak. 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish