O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


B9 vitamini (folat kislota yoki bs vitamini)



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

B9 vitamini (folat kislota yoki bs vitamini) 
 
B

vitaminining B

vitamini  deb  nomlanishi  ilk  bor  uning  jo‘jalarda  olib 
borilgan tajribalarda ochilganidir (inglizcha -|” chicken ” - jo‘ja). 
Bu vitaminning yana folat kislota deyilishiga sabab uning ismaloq yashil 
barglaridan (lotincha “folium”  - barg) ajratib olinganidir. Qoqi, yalpiz, qichitqi 
o‘t, dostorbosh kabi boshqa o‘simliklarning yashil barglarida ham mo‘l bo‘ladi, 
lekin qurigan bargda, ayniqsa quyosh nuri ostida quritilgan bo‘lsa folat kislota 
uchramaydi.  Quritilgan,  qaynatilgan  o‘simliklar  mahsulotlari  tarkibida  birgina 
folat  kislota  emas,  balki  boshqa  vitaminlar  ham  juda  kam  bo‘ladi.  shuning 
uchun  o‘simliklarning  mevalarini,  barglarini  va  boshqa  qismlarini  iloji  boricha 
“tirik”ligicha  iste'mol  qilishga  intilish  kerak.  Shunda  vujudning  aksariyat 
vitaminlar va ma'danli moddalarga bo‘lgan ehtiyoji qondirilib, dorixonalardagi 
darmondorilaga  hojat  qolmaydi  (albatta  og‘ir  avitaminozlarga  mubtalo 
bo‘lganlar bundan mustasno). 
Tajribalarda shu narsa aniqlanganki, agar jo‘jalar ovqatidan folat kislota 
umuman  olib  tashlansa,  ular  o‘sishdan  to‘xtab,  qoni  kamayib  ketar  ekan.  B

vitamini  bevosita  qon  hosil  bo‘lishida  ishtirok  qilganligi  uchun  ham  uni  ayrim 
manbalarda antianemik vitamin deb yuritishadi. Ovqatlanish qoidalariga rioya 
qilib  borilsa,  bu  vitaminning  avitaminozi  kam  uchraydi.  Yana  u  ichak 
mikroflorasi  tomonidan  ham  sintez  qilinadi.  Agar  ichaklarning  faoliyati 
yomonlashib  folat  kislota  qonga  o‘tmay  qolsa,  odamda  kamqonlik,  ya'ni 
anemiya yuzaga keladi. Bundan tashqari B

vitamini avitaminozi hazm a'zolari, 
jigar  vazifasining  buzilishi  va  himoya  qobiliyatining  pasayishi  bilan  ham 


168 
 
ifodalanadi. Folat kislota taqchilligidan xastalikka uchraganlarda asabiylashuv, 
uyqusizlik, tez charchash, parishonxotirlik alomatlari uchraydi. 
Folat kislota yangi hujayra va to‘qimalar hosil bo‘lishida, jumladan, qizil 
qon  tanachalarining  yuzaga  kelishida  faol  qatnashadi,  agar  u  yetishmasa 
eritrotsitlar yetilmaydi, natijada kamqonlik paydo bo‘ladi. 
B

vitaminining  tabiiy  manbalariga  ismaloq  va  yuqorida  aytib  o‘tilgan 
o‘simliklarning  yashil  barglari,  pomidor,  sabzi,  lavlagi,  rangli  karam, 
dukkaklilar, donli o‘simliklar, hayvonning jigari, go‘shti, baliq va tuxum kiradi. 
Odamda unga bo‘lgan kecha-kunduzlik ehtiyoj o‘rtacha 200 mg, ko‘p jismoniy 
mehnat  qiladiganlar,  har  xil  stress  holatlarda  faoliyat  ko‘rsatadiganlarda 
hamda homilador, emizikli onalarda bu miqdor 400 mg va undan ham ko‘proq 
bo‘lishi mumkin. 
  

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish