O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta′lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


B12 vitamini (kobalamin, antianemik vitamin )



Download 3,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/252
Sana31.12.2021
Hajmi3,73 Mb.
#230343
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   252
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

B12 vitamini (kobalamin, antianemik vitamin ) 
 
Bu  vitamin  kamqonlikni  davolovchi,  ya'ni  antianemik  xususiyatsha  ega 
bo‘lib,  aksariyat  hayvon  mahsulotlarida,  ayniqsa,  qora  mollar  va  jo‘jalarning 
jigarida mo‘l bo‘ladi. SHuning uchun ayrim xalqlar qadim zamonlardan boshlab 
kamqonlikni  davolashda  jigardan  muvaffaqiyatli  ravishda  foydalanib 
kelishgan.  U  yana  tuxum  sarig‘ida,  buyraklarda  ancha  miqdorda  uchraydi, 
qatiqda mikroflora faoliyatidan hosil bo‘lib turadi.  
Amerikalik  olim  V.B.  Kasl  odamlarda  kamqonlikni  davolar  ekan,  ushbu 
kasallikning kelib chiqishi ikkita omilga, ya'ni ichki va tashqi omillarga bog‘liq 
degan muhim xulosaga keldi. Ichki omil shundayki, agar odam me'da shirasida 
xlorid  kislota  miqdori  kamayib  ketsa,  B
12 
vitaminining  ichak  devorlaridan 
qonga  o‘tishini  ta'minlaydigan  maxsus  tashuvchi  oqsil  modda  hosil  bo‘lmas 
ekan.  Tashqi  omil  esa  iste'mol  taomlarida  B
12 
vitamini  mavjud  oziqlarning 
bo‘lmasligi  yoki  juda  kamligi  bilan  ifodalanadi.  Bunday  holat  ko‘pincha  faqat 
o‘simlik mahsulotlari bilan oziqlanadigan odamlarda uchraydi. Kobalaminning 
taqchilligi  birinchi  navbatda  iliklarning  qon  ishlab  chiqarishiga  salbiy  ta'sir 
qiladi. Mana shu ikkala omil tufayli yuzaga keladigan kamqonlilik ancha xavfli. 
Bunday  odamlarda  asab  tizimi  faoliyati  buzilib,  u  tez  achchiqlanadigan, 
jahldor, tez charchaydigan bo‘lib qoladi. 
Bu vitaminga bo‘lgan kecha-kunduzlik ehtiyoj 0,001 mg bo‘lib, oqilona 
ovqatlanish  qoidalariga  rioya  qilib  yurilsa,  uning  avitaminozi  juda  kam 
hollardagina sodir bo‘lishi mumkin. 


169 
 
Aytib  o‘tish  joyizki,  Respublikamizning  janubiy  viloyatlarida  xotin-
qizlar,  ayiqsa,  homilador  va  sut  emizuvchi  onalar  orasida  bu  kasallikka 
chalinganlar  ko‘p  bo‘ladi.  Aynan  ana  shularda  oqilona  ovqatlanish  turli 
sabablarga  ko‘ra  buziladi.  Ko‘pincha  qishloq  sharoitida  ma'lum  iqtisodiy 
qiyinchiliklar  tufayli  kamqonlilikning  yuzaga  kelishida  ham  ichki  va  tashqi 
omillar  o‘rin  egallagan  bo‘ladi.  ikkinchi  tomondan,  B
12 
vitaminining  qaysi 
mahsulotlarda  ko‘pligini  va  ular  qanday  iste'mol  qilinsa  tarkibidagi  foydali 
moddalar  to‘liq  saqlanib  qolinishini  tasavvur  qila  olmaydiganlar  ham  aholi 
orasida ko‘p.  
Haftasiga  bir  yoki  imkon  borida  ikki  marta  mol  va  tovuq  jigarini  turli 
ko‘katlar  bilan  iste'mol  qilish  bu  vitamin  avitaminozini  oldini  olishda, 
kamqonlilik ehtimolida qutulishida muhim ahamiyat kasb etadi.  
 

Download 3,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish