Kichik (1-3) yoshdagi bolalarni oqilona ovqatlantirish
Bu yoshdagi bolalarni ovqatlantirishda ular vujudining fiziologik va
boshqa o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish kerak. Dastavval ovqat tez
hazm bo‘ladigan, hajmi uncha ko‘p bo‘lmagan xilmaxil mahsulotlardan
tayyorlanadi. Bolada 8-10 tishlar chiqishi bilanoq unga chaynovchi
mushaklarning rivojlanishi
30-jadval
Kichik yoshdagi bolalarning asosiy oziq moddalariga
bir kecha-kunduzlik talabi
Oziqovqat mahsulotlari
Miqdori
Eslatma
231
Oqsillar, g
Shundan hayvon oqsili, g
Yog‘lar, g
Shundan o‘simlik yog‘i, g
Uglevodlar, g
Tiamin, ME (B
1
vit.)
Riboflavin, mg (B
2
vit.)
Piridoksin, mg (B
6
vit.)
Sianokobalamin, mg (B
12
vit.)
Falotsin, mkg (B
s
vit.)
Nikotin kis. (PP vit)
Askorbin kis., mg (C vit.)
Retinol, mkg (A vit.)
Tokoferol, mg (E vit.)
Kalseferol, ME (D vit.)
Kalsiy, mg
Fosfor, mg
Magniy, mg
Temir, mg
45
34
44
510
176
0,8
0,9
0,9
1
100
10
45
450
7
400
800
800
150
10
Ushbu oziq moddalarining
umumiy energetik
qiymati – 1540 kkal
uchun qattiqroq non, suxari, olma, sabzavotlar bo‘lagi, suyakli go‘sht berilib
borishi foydalidir. 3 yoshli bolalarda me'da hajmi bir oz kengayadi, shuning
uchun ularga beriladigan ovqat miqdori ham tegishli ravishda ko‘paytiriladi
(300-400 ml). Ba'zan bolada ishtaha yaxshi bo‘lib, anchagina miqdorda ovqat
yeyishga moyillik bo‘ladi, bunday paytlarda qancha hoxlasang, shuncha
yeyaver deb qo‘yish noto‘g‘ri, chunki u yoshlikdan ehtiyojdan ko‘p ovqat
iste'mol qilishga o‘rganib qoladi. Bu holat, birinchidan, me'da hajmini
kengaytirib yuborsa, ikkinchidan, ortiqcha semirish va u bilan paydo
bo‘ladigan salbiy asoratlarga olib keladi. 28-jadvalda kichik yoshdagi bolalar
uchun mo‘ljallangan bir kecha-kunduzlik taxminiy asosiy oziq moddalari,
vitaminlar va mineral moddalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Yasli yoshidagi bolalarning kunlik ovqatiga mol, qo‘y, buzoq, parranda
go‘shtlari, baliq, kallapocha, o‘simlik yog‘lari, yormalar, dukkaklilar,
sabzavotlar (karam, sabzi, sholg‘om va b), meva-chevalar, yong‘oq, ko‘katlar
tegishli miqdorda bo‘lishi kerak. Yana haftada birikki marta ular ovqatiga
232
ozroq sarimsoq qo‘shib berish kerak (uning bakteritsidlik va yallig‘lanishga
qarshilik ko‘rsatuvchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda).
Bolaning kunlik ovqatiga me'da ichak tizimi harakat faoliyatini
kuchaytirish uchun oziq tolalariga boy mahsulotlardan (bu ko‘pincha qora non,
po‘sti olinmagan olma, sabzi, karam, sholg‘om, ko‘katlarda mo‘l bo‘ladi) ham
tegishli o‘rin berish kerak. Ular iloji boricha har kuni meva-chevalardan, qish
kunlarida shu yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan meva sharbatlaridan,
konservalardan, tanovul qilib turishlari lozim. Bunday ovqatlanish ular
vujudining kerakli vitaminlar, mineral moddalar hamda biologik faol moddalar
bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |