taxminiy ehtiyoji
Mahsulotlar
Massasi, g
Mahsulotlar
Massasi, g
Non
Yorma va dukkaklilar
Go‘sht
va
go‘sht
mahsulotlari
Makaronlar
Baliq
Sut mahsulotlari
Qaymoq
Pishloq
167
35
200
10
40
500
15
20
Tuxum
Yog‘, shundan:
sariyog‘
o‘simlik yog‘i
Shakar
Kartoshka
Sabzavotlar
Ho‘l mevalar
1
20
15
70
385
300
200
28-jadvalda ko‘rsatilganidek, aqliy mehnat kishilarining kunlik ovqatida
nonga juda kam o‘rin berilgan (167 g), bu respublikamiz sharoitida boshqacha
holatdadir. Bizdagi aholi ovqatlanishida non ko‘proq ishlatiladi, bu milliy
an'ana, urfodat tusiga kirib qolgan. Lekin ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar shuni
229
tasdiqlaydiki, nonni me'yoridan oshiqcha iste'mol qilish aytib o‘tilgan quvvat
muvozanati buzilishini vujudga keltirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki u
energetik qiymati yuqori bo‘lgan oziqovqat mahsulotlariga kiradi.
Bu narsa o‘z navbatida oqilona ovqatlanish qoidalarining yanada
chuqurroq buzilishiga olib keladi. Bunday holatni yaxshilash uchun birdaniga
kam non yeyishga o‘tish ancha qiyin. Kishi o‘zini bunday yangi tartibga
astasekin o‘rgatib borishi kerak. Kuniga 400-500 g non iste'mol qiladiganlar bir
hafta davomida bu ko‘rsatkichni 300-350 g, ikkinchi va uchinchi haftalar
davomida 200-250 g atrofida ushlab turishi bilan bemalol 1 oy deganda
aytilgan me'yorga tushib olishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida jadvalda
ko‘rsatilgan boshqa mahsulotlarni tegishli miqdorda qabul qilishga, undagi
xilmaxillikni buzmaslikka rioya qilish zarur.
Nonga nisbatan ishtahani cheklash uchun, ovqatlanishdan oldin
bodring, pishirilgan kartoshka, pomidor, ko‘katlar va meva-chevalardan
tayyorlangan aralashma, salatlardan yeb olish va bir oz sabr qilib, asosiy
ovqatni non bilan iste'mol qilishga o‘tish kerak. Shunda nonga bo‘lgan ishtaha
anchagina “jilovlanadi”. Qayt qilingan salatlardan hoxlagancha yeyaverish
mumkin, ular juda kam quvvatga ega, shuning uchun energetik muvozanat
buzilishiga olib kelmaydi va aqliy mehnati bilan bog‘liq ravishda vitaminlarga
nisbatan oshadigan talabni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aqliy
mehnat kishilarida va vitaminlar va ayrim mikroelementlarga bo‘lgan
talabning yuqori bo‘lishini ular faoliyatining juda ko‘p axborotlarini qabul qilish
va qayta ishlashning gipodinamiya sharoitida amalga oshirilishi bilan
tushuntirish mumkin. Bunday paytlarda asab va yurak qon tomirlar tizimi juda
zo‘riqadi. Ular bunday sharoitda ko‘ngildagidek ishlashlari uchun B guruh
vitaminlarning me'yoriga nisbatan 25-30%, askorbin kislotasi (C vitamini) 30%
ziyod qabul qilishlari kerak. Aqliy mehnat faoliyatida axborotlarning asosiy
qismi ko‘z bilan qabul qilinadi, shuning uchun ularda, ayniqsa, kechasi
kompyuter va pultlarni boshqarishda, ko‘zlar zo‘riqib ishlaydi. Shu bois bunday
hodimlar ovqatida A vitamini serob bo‘lgan mahsulotlarga (tuxum, jigar,
sariyog‘, baliq yog‘i, ko‘kat sabzi va b) ko‘proq o‘rin berish kerak. Bu borada
kompyuterchilar, pult boshqaruvchilari, ilmiy xodimlar, yozuvchilar,
o‘qituvchilar, jurnalistlar, idora xodimlari va boshqalarga har gal
ovaqatlanishdan oldin salat iste'mol qilishni tavsiya qilinadi. Umumiy
ovqatlanish shoxobchalarida, oshxona va choyxonalarda ham servitamin
230
taomlar va salatlar tayyorlashga alohida e'tibor berilsa maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |