211
CHО
ʻ
LPON SHE'RIYATIDA IJODKOR BADIIY-ESTETIK IDEALI
G. Murodova, О
ʻ
zMU magisti
XX asr о
ʻ
zbek she‘riyatida ijodkor badiiy-estetik ideali istiqlol orzusi bilan uyg‗unlashgani
barchamizga ayon. Bu davr adabiyotida Vatan va millat taqdiri har qachongidan ham jiddiyroq
tarzda qalamga olindi. Ona yurtni istibdod iskanjasidan ozod kо
ʻ
rish orzusining badiiy talqini
she‘riyatda yetakchilik qildi. Yangi о
ʻ
zbek she‘riyatida Abdulhamid Chо
ʻ
lponning о
ʻ
rni alohida.
Ulug‗ ma‘rifatparvar milliy istiqlol haqidagi orzularini ramz va timsollar tiliga kо
ʻ
chirdi. Shu
о
ʻ
rinda akademik Naim Karimovning Chо
ʻ
lpon ijodiga quyidagicha baho berganliklarini ta‘kid-
lashni joiz deb bildik: ―Chо
ʻ
lpon butun umrini xalqimizning mustamlakachilik kishanlaridan xa-
los bо
ʻ
lib, emin-erkin yashashi
va milliy taraqqiyot yо
ʻ
liga chiqib olishiga bag‗ishlagan, milliy
adabiyotimizni yuksak dovonga olib chiqqan ulug‗ shoir, yozuvchi, dramaturg, adabiyotshunos
va san‘atshunos olim edi‖
205
Chо
ʻ
lpon о
ʻ
z she‘rlarida millat erki va manfaatlarini tasvirlashda badiiy obrazlardan kо
ʻ
plab
foydalanadi. Adabiyotshunos Dilmurod Quronov ta‘kidlaganidek: ―Badiiy obraz borliqning (un-
dagi narsa, hodisa va h.k.) badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy obraz oddiygina aksi emas, yо
ʻ
q, u
borliqning san‘atkor kо
ʻ
zi bilan kо
ʻ
rilgan va ideal asosida qayta ishlangan aksidir.
Bu aksda
borliqning kо
ʻ
plab tanish izlarini topasiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning aynan о
ʻ
zi emas,
balki tamoman yangi mavjudlik – badiiy borliqdir‖.
206
Demak, Chо
ʻ
lpon ham о
ʻ
zi angalagan mo-
hiyatni badiiy obraz vositasida о
ʻ
quvchiga yetkazishni maqsad qiladi.
Millat va vatan erki mavzusini yoritishda u murojaat qilgan obrazlardan biri bu kishan obra-
zidir. Shoir tasavvuridagi erkinlik va ozodlikka erishish yо
ʻ
lida о
ʻ
zini kishanlangandek his qiladi.
U kishanni millatlarni, xalqlarni mustamlaka zulmi ostida tutgan qurol sifatida tasvirlaydi. Shoir
―Qо
ʻ
zg‗olish‖ she‘rida:
Ay! Bо
ʻ
ynimga kishan solib halokatga sudragan,
Kо
ʻ
zlaringni zaharlatib о
ʻ
ynatmagin, bas endi! – deya xalqlarni
tutqunlikda tutgan
mustamlakachi kuchlarga о
ʻ
z nafratini bildiradi va bu kishanlar abadiy emasligini, kishan ham
oxir-oqibat zanglashi va bо
ʻ
shashishi mumkin ekanligini aytib, ayniqsa, xalqning qonida ozodlik
istagida qо
ʻ
zg‗alish yuz bersa, bu kishanlar, albatta, uzilishi muqarrarligini ta‘kidlaydi:
Kishanlaring zang bosgandir,
sergak bо
ʻ
lkim, uzilur;
Tomirimda qо
ʻ
zg‗olishning, vahshiy qoni gupurdi.
207
Adabiyotshunos olim Nurboy Jabborov Chо
ʻ
lpon ijodida tasvirga olingan kishan timsoliga
e‘tibor qaratar ekan, shunday yozadi: ―Kishan – istibdod iskanjasidagi yurt timsoli. Chо
ʻ
lpon eng
faol qо
ʻ
llagan bu timsol orzudan kо
ʻ
ra kо
ʻ
proq armonni ifodalagan. Zero, kishan va ozodlik
birgalikda
mavjud bо
ʻ
la olmaydi. Ulardan birining borligi о
ʻ
z-о
ʻ
zidan ikkinchisini inkor etadi.
Vujud ham mayli, kо
ʻ
ngil kishanlangan bо
ʻ
lsa-chi? Tabiiyki, fojia bundan ham ortiq bо
ʻ
lmas‖
208
Shoir navbatdagi she‘rida kishanga bevosita murojaat etadi
va uzoq vaqt kishanning
tutqunida qolib, sо
ʻ
ng uning sovuq temir barmoqlaridan halos bо
ʻ
lgan bо
ʻ
lsa-da, lekin hamon
uning mudhish quchog‗i xalqlar tarixida qonli dog‗ bо
ʻ
lib qolishini aytadi:
Kishan gavdamdagi izlar, bugun ham bitgani yо
ʻ
qdir!
Temir barmoqlaringning dog‗i,
butkul ketgani yо
ʻ
qdir!
Na mudhish, na sovuq – manhus, na qizg‗onmas quchog‗ing bor!
Bashar tarixining har sahfasida qonli dog‗ing bor!
205
. Каримов Н. Чўлпон ҳақида сўз / Чўлпон. Асарлар. 1-жилд, Т.: Академнашр, 2016. 10-бет.
206
Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. T: Fan, 67-b
207
Чўлпон. Асарлар. Уч жилдлик. Жилд I. – Тошкент: Адабиѐт ва санъат, 1994. – 59-б.
208
Жабборов Н. Истиқлолга эврилган орзу // Гулистон. 2017. 1-сон. 26-бет
212
Mumtoz she‘riyatning aruz vaznida mahorat bilan yozilgan bu she‘rning keyingi baytlarida
kishandan qolgan izlar butun borliqni zahar aylagani, undan qolgan dog‗ hanuzgacha bitmagani
holatida, lirik qahramon aynan shu dog‗ tufayli undan butkul qutulish kerakligini anglaydi.
Kishan, gavdamdagi dog‗ing hanuz ham bitgani yо
ʻ
qdir,
Faqat, butkul qutulmoqqa umidim endi ortiqdir!..
Mustamlakachi davlat mahalliy xalqni doimiy ravishda о
ʻ
z nazorati ostida tutib turishga
intilib, mahalliy xalqni – turkistonliklarni hech qachon о
ʻ
ziga
teng kо
ʻ
rmay, о
ʻ
zini bu yurtning
yakka-yu yolg‗iz xо
ʻ
jasi deb bilib, uning xalqini xizmatkor deb hisoblashda davom etar ekan, bu
yо
ʻ
lda hech tolmay, muttasil harakat olib borgan. Chо
ʻ
lpon xalqning erkini cheklalashga doimiy
uringan rus hokimiyatining bu harakatlarini ―Chiqadirgan quyoshni‖ ―Etak bilan tо
ʻ
smoq uchun
tirish‖moq deya baholaydi о
ʻ
zining ―Tortishuv tongi‖ she‘rida va ularga: ―Kishanlarni yasovchi
―ustalar‖, deb murojaat qiladi.
Biz navbatda tо
ʻ
xtalmoqchi bо
ʻ
lgan obraz yulduz obrazi bо
ʻ
lib, kishan obrazidan farqli
ravishda u yulduzga ijobiylik nuqtai nazaridan yondashadi va ozodlik yо
ʻ
lida uni yо
ʻ
l boshlovchi
deb hisoblaydi:
Uzoq… og‗ir yо
ʻ
lga chiqqan yо
ʻ
lchimen,
Bu yо
ʻ
llarda qilog‗uzim* (yetakchi, yо
ʻ
l boshlovchi) yulduzdir.
Men yurtimining pok istakli kuchimen,
U yulduzning tugalishi kunduzdir.
Chо
ʻ
lpon о
ʻ
z hayot yо
ʻ
lini yо
ʻ
llarda tasvirlaganini kо
ʻ
rishimiz mumkin. U ana shu yо
ʻ
llarda
buyuk maqsad bilan boradi. Maqsadi ulug‗, hatto yо
ʻ
llarda uchragan dengizlardan-da ulug‗roq.
Har bir hodisaga vatan va millatning manfaati nuqtai nazaridan yondashgan Chо
ʻ
lponning maq-
sadi, albatta, yurtining erkinligi
orzusi va bu yо
ʻ
lda u о
ʻ
zini yolg‗iz kо
ʻ
rmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: