O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug„bek nomidagi


MEHMET AKIF ERSOYNING “SAFAHOT” ASARINING YOZILISH TARIXI VA



Download 4,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/162
Sana27.05.2023
Hajmi4,8 Mb.
#944404
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   162
Bog'liq
materiallar uzmu 2021.12.03

MEHMET AKIF ERSOYNING “SAFAHOT” ASARINING YOZILISH TARIXI VA 
UNGA ASOS BО
ʻ
LGAN VOQEALAR 
 
H.Boltaboyeva, 
TDSHU о
ʻ
qituvchisi 
 
Mehmet Akif Ersoy XX asr boshlarida Istanbulda yuz berayotgan siyosiy va madaniy 
о
ʻ
zgarishlar davrida о
ʻ
z mamlakatidan yiroqda xizmat safarida bо
ʻ
lsa ham undan ajralib qolmadi. 
Ayniqsa, 1908-yilgi mashrutiyat (Konstitusiya) talabi bilan chiqqan ―Ganj turklar‖ harakati va 
madaniy hayotdagi tub о
ʻ
zgarishlarda faol ishtirok etdi. 1910-yillardan ―Sirot ul-mustaqiym‖ 
gazetasining noshiri sifatida kо
ʻ
pla maqolalar e‗lon qildi va shoirning onlab she'rlari ham na shu 
matbuot vositasi orqali ellarga tanildi. 1912-yilda gazetaning 183-sonidan e‘tiboran ―Safahot‖ 
asari doimiy suratda bо
ʻ
silib turdi va unga turk jamiyatining eng ilg‗or vakillari, adiblar, 
jurnalistlar, madaniyat va fan arboblari о
ʻ
z munosabatini bildirdilar. Chunki bu davr ayrim 
manbalarda yozilganidek, ota qizin, munozara va tahlikalarga boy davr edi.
211
Расулов А. Бадиийлик безавол янгилик. – Т.: Шарқ НМАК, 2007. – Б. 135. 


215 
1876-yilning 31-avgustida taxtga о
ʻ
tirgan Abdulhamid II taxtga о
ʻ
tirishdan oldin xalqning 
kayfiyatini ma‘qullaganday bо
ʻ
lib, yangi konstitutsiya (qonun-i asosiy) loyihasini tayyorlagan 
Midhat Posho va uning tarafdorlarini qо
ʻ
llab-qо
ʻ
ltiqlagan, 1876-yilning 23-dekabrida 
konstitutsiya e‘lon qilinishida qarshilik qilmagan edi. Bu qonun-i asosiydagi yangilikka kо
ʻ
ra, 
Ovrupodagi kabi, oyon va mebuson (ya‘ni senatorlar va millatvakillari)dan iborat ikki palatali 
majlis podshoh faoliyatini nazorat ostida tutishi kerak edi. Yangi konstitutsiya uchun harakat 
boshlangandan buyon davlatning idora etilishiga xalqning ishtirokini ham ta‘minlash masalasi 
tortishilgan, naridan beri tashkil qilinishi kerak bо
ʻ
lgan, "shо
ʻ
ro" va "mashvarat" yо
ʻ
llari ham 
tavsiya etilgan edi. 
Abdulhamid II kuchli tahsil olmagan, lekin zako darajasini, ayniqsa haqiqiy saviyasini va 
dunyoqarashlarini bildirmaslikda juda mohir edi. U Midhat Poshoning xalq о
ʻ
rtasidagi katta 
obrо
ʻ
yini hisobga olib, rayosatga tayinlagan, ammo ichida Abdulazizning taxtdan yiqitilishida 
Midhat Posho bosh rol о
ʻ
ynaganini unutmas, bir kun о
ʻ
zini ham yiqitishi mumkin degan gumon 
bilan uni taxtdan yiroqlashtirishni о
ʻ
ylab yurardi. 1877-yil 5-fevralda Midhat Poshoni tо
ʻ
satdan 
saroyga chaqirib, noaniq sabablar bilan chetelga chiqarib yuborilishiga erishdi. Abdulhamid 
yangi konstitutsiyaga bо
ʻ
ysunishni istamas edi. Bu paytda Usmonli imperatorligi Bolqonlarda 
katta muvaffaqiyatsizliklarga duchor bо
ʻ
ldi, rus chorizmining harbiy kuchlari Dunaydan о
ʻ
tib, 
Istanbul etaklarigacha yetib keldi. Shunda Abdulhamid II bu ishlarga parlament aybdor, men 
xohlaganimday harakat qilolmadim, degan bahona bilan 1878-yili parlamentni muhlatsiz ta‘tilga 
chiqarib yubordi, davlat parlamentsiz eski tanzimat yо
ʻ
liga о
ʻ
tib oldi.
Abulhamid II 30 yil davom etgan hukmdorligi vaqtida tashqi siyosatda nihoyatda ehtiyot-
korlik yо
ʻ
lini tutdi, Usmonli imperiyasi isyon kо
ʻ
targan yurtlarga oz-ozdan yon berib, yildan 
yilga kichrayib bordi, ichki siyosatda esa har qanday g‗alayonu siyosiy harakatlarni bostirib 
nisbiy tinchlik-barqarorlikka erishib, yurtda obodonchilik va madaniyat ishlarini rivojlantirishga 
harakat qildi: temir yо
ʻ
l, pochta, telegraf tashkilotlari qurdirdi, ayni chog‗da о
ʻ
z huquqlarini 
kengaytirib istibdodni orttirdi. Shu tariqa imperiyada tanazzul chuqur ildiz ota bordi. 
―Bir tarafdan moliyaviy yetishmovchiliklar va har turli hurriyatlarning tahdid va shartlari, 
davlatning chet mamlakatlar qarshisida о
ʻ
z viqorini himoya qilish kuchiga ega emasligi, vaqti-
bevaqt yuz berib turgan ichki isyonlarning takrorlari, yangi-yangi muxtoriyat va istiqlol talablari 
va buyuk davlatlarning bunday vaqtlardan darhol foylalanishlari, davlatning butunlay parchala-
nishiga yо
ʻ
l ochuvchi haq-huquq talablarining bitmas-tuganmasligi bо
ʻ
rgan sari halq tabaqalarida 
norozilik uyg‗otayotgan va yashirin muxolif tashkilotlar tug‗ilishiga sabab bо
ʻ
layotgan edi.‖
212
1889-yilda Ittihod va Taraqqiy (Birlik va Taraqqiyot), Yosh Usmonlilar kabi jamiyatlar 
qurildi va ular Abdulhamiddan maktablarga, matbuot va nashriyotlarga diqqat qaratishni talab 
qila boshladilar. Podshoh bunga javoban Ittihod va Taraqqiyga nisbatan shiddatli ta‘qibni oshir-
gandan sо
ʻ
ng, jamiyatlar yashirin faoliyatga о
ʻ
tdi, bir qismi chet ellarda, bir qismi ichkarida 
shiddatli faoliyatga kirishib, mashrutiyatni tiklash uchun kurasha boshladi.
Nihoyat 1908-yil 23-iyulda Usmonli imperiyasida ikkinchi marta mashrutiyat e‘lon qilindi. 
Ittihod va Taraqqiy Jamiyati Mashrutiyat e‘lonidan keyin mamlakatda shariatga mos hurriyat 
yaratishni, tanazzuldan boshi chiqmayotgan vatanni falokatlardan qutqarajagini, armiyani va 
hokimiyatni, ta‘lim-tarbiya sohasini va madrasalarni isloh etajagini va‘da qilayotgan edi. 
Mehmed Akif ana shunday bir tarixiy sharoitda maydonga chiqqan, Ittihod va Taraqqiy 
Jamiyatiga a‘zo bо
ʻ
lgan edi.
1908-yil 27-avgust kuni Istanbulda "Sirot-i mustaqim" nomli haftalik gazeta bosilib chiqdi. 
Muassislari prof. Abululoh Zaynalobidin va huquqshunos, hofiz Ashraf Adib, bosh muharriri esa 
212
Islom Ansiklopedisi. Ankara, 1984. 1-jild. S.79. 


216 
Mehmed Akif Ersо
ʻ
y edi. Gazeta falsafa, adabiyot, huquqiy ilmlardan bahs yuritar, formati 
20x28,5 santimetr bо
ʻ
lib, har soni 16 sahifadan iborat edi.
―Safahot‖ tarkibiga kirgan asarlarning yozilish davri haqida sо
ʻ
z yuritilganda, ularning 
ayrimlari shoirning ilk maktabdalik davrlarida boshlanganini kitob mundarijasidan sezamiz. 
Biroq undagi asosiy voqealar 1908-1933 yillarni о
ʻ
z ichiga olishini mutaxassislar qayd etishgan. 
Uning nashr etilishining о
ʻ
zi bir tarix. Chunki bu kо
ʻ
pjildli qomusiy asarning tola nashr 
etilishi qariyb 20 yilga yaqin vaqtni о
ʻ
zi ichiga qamrab olgan. Yetti kitobdan iborat asarning 1- 
kitobi 1911-1914 yillar orasida nashr etildi. Ikkinchi kitob esa 1917-1924-yillarni о
ʻ
z ichiga 
oladi. Keyin esa qolgan kitoblari ham ketma-ket nashr etildi. Ma‘lumki, shoir 1925-yildan keyin 
Misrda yashagan. Shuning uchun ham uning keyingi kitoblari nashr etildi.
Nashr jarayonida quyidagi nomlarda nashr bо
ʻ
lganini kuzatamiz: 
1. Safahot. 1911, 1918 va 1928. 
2. Sulaymoniya kursisida. 1912, 1916, 1918 va 1928-yillarda qayta nashr etilgan. 
3. Haqning saslari. 1913, 1918 va 1928-yillarda nashr bо
ʻ
lgan. 
4. Fotiq kurslarida. 1914, 1924-yillarda bosilgan. 
5. Xotiralar. 1917, 1918 va 1928-yillarda bosilgan. 
6. Osim. 1924, 1928-yillarda bosilgan. 
7. Soyalar. 1933-yilda chop etilgan. 
Ko‗rinadiki, bu murakkab syujetli asarning nashr etilish tarixi ham alohida organilishga 
muhtojdir. 
―Safahot‖ asarining mundarijasiga e'tibor qaratsak, uning tarkibi 108 ta she'rdan iborat. 
Ularning janr xususiyatlariga kо
ʻ
ra masnaviy (manzuma), qit‘a va tо
ʻ
rtliklardan iborat. Asarning 
umumiy hajmi 11.420 misradan iborat.

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish