O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

10.3.
 
DNSSec 
Dastlab, domen nomlari tizimida javobni ruxsatsiz o‘zgartirishdan himoya 
qiladigan mexanizmlar yo‘q edi. DNS da so‘rov ham, javob ham ochiq matn 
ko‘rinishida uzatiladi. Bunday holda, faqat so‘rov identifikatori asosida 
maʼlumotlarning to‘g‘riligi baholanadi, ushbu identifikator 2 baytni tashkil etadi. 
Yaʼni, DNS kesh xotirasini zaharlash uchun 65536 dan ortiq qiymatlarni takrorlash 
kerak edi, bu haqda 90-yillarda maʼlum qilingan. Shu uchun DNSSec-ning birinchi 
versiyasini taqdim etildi. U 1997 yilda qo‘llanila boshlandi, ikki yil o‘tgach, ikkinchi 
versiyasi paydo bo‘ldi. 2005 yilda hozirgacha ishlab turgan DNSSec-ning versiyasi 
paydo bo‘ldi. 
10.3.1. DNSSec ishlash prinsipi 
DNSSec DNS-server maʼlumotlarini haqiqiyligiga ishonch hosil qilish uchun 
ularni juft kalitlar yordamida imzolaydi. Hal qiluvchi rolni "ildiz" imzosi o‘ynaydi, 
undan imzolarni tekshirish iyerarxik jarayoni boshlanadi. Butun domen nomining 


104 
haqiqiyligi faqat barcha kalitlar yordamida imzolarning haqiqiyligi tekshirish bilan 
tasdiqlanadi. 
DNSSEC har bir zona uchun juft kalit (yopiq va ochiq kalit) va raqamli 
imzodan foydalanadi. Raqamli imzo DNS serverida boshqa yozuvlar bilan birga 
saqlanadi. Zona yopiq kaliti DNS so‘rovlari va javoblarini imzolaydi, ochiq kalit esa 
imzoni haqiqiyligini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Agar maʼlumotlardagi raqamli 
imzo ochiq kalit yordamida haqiqiyligi tasdiqlansa, u holda ular so‘rov yuborgan 
mijoz kompyuterlariga uzatiladi. Imzolardan foydalanish javobning ishonchli 
serverdan kelganini va hech kim tomonidan o‘zgartirilmaganini tasdiqlaydi. Agar 
tasdiq olinmasa, javob mijozga uzatilmaydi. 
DNSSEC-da ishonchning iyerarxiyasi qo‘llaniladi, yaʼni yuqori zonadan past 
zonaga ishonch bildiriladi. Resolver (mijoz tomonidan yuborilgan DNS so‘rovni 
qabul qilib, uning so‘rovini qayta ishlaydigan DNS server, odatda bu lokal DNS 
server yoki internet provayderi DNS serveri yoki google, yandex-ning ochiq DNS 
serverlari va h.k.) boshqa serverdan maʼlumotlarni so‘raganda, ushbu zona bilan 
bog‘liq kalit ham so‘raladi. Har bir pog‘onadagi domenlar uchun masʼul bo‘lgan 
serverlar quyi pog‘ona domenlarining zonalari uchun ochiq kalitlarni tasdiqlaydi. 
Yuqori pog‘ona domeni serveri quyi pog‘ona domeni serverini autentifikatsiya 
qilish uchun kerakli maʼlumotlarni beradi, Resolver server uning javoblari va 
imzolarini haqiqiylikka tekshiradi. 
Agar foydalanuvchi maʼlum bir saytga kirishni xohlasa, DNS so‘rovi Resolver 
orqali ildiz serverga o‘tadi. Ushbu holat Resolver va ildiz server o‘rtasidagi 
ishonchga asoslangan. Resolverda ildiz zonasi uchun ochiq kalit mavjud, ushbu 
ochiq kalit DNSSec joriy qilinganidan beri o‘zgarmagan. Ildiz server zona uchun 
qaysi server javobgarligini xabar beradi va quyi pog‘ona serverining javobini 
tekshirish uchun maʼlumot beradi. Resolver maʼlumotlarning haqiqiyligini 
tekshirgandan keyin so‘rovni ushbu quyi pog‘ona serveriga uzatadi. Ushbu jarayon 
kerakli domen pog‘ona serveriga yеtib bormaguncha davom etadi. Yakunda mos 
pog‘ona domeniga masʼul DNS serverdan domen IP adresi va raqamli imzodan 
iborat javob keladi. Resolver ushbu javobning haqiqiyligiga ishonch hosil 


105 
qilganidan keyin uni mijozga uzatadi. Nihoyat, brauzer domen IP adresini aniqlab, 
unga murojaat qiladi. 
Sizning kompyuteringiz

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish