O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/165
Sana05.06.2022
Hajmi7,61 Mb.
#638904
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   165
Bog'liq
Компьютер тармоқлари хавфсизлиги уқув кулланма 2020 uzb18 03 22

16.6.
 
SSL va TLS protokoli 
SSL (Secure Socket Layer – himoyalangan soketlar protokoli) protokoli 
Netscape Communications tomonidan RSA Data Security bilan hamkorlikda 
mijoz/server texnologiyali ilovalarida xavfsiz aloqani taʼminlash uchun ishlab 
chiqilgan. 
SSL maʼlumot almashishda xavfsizlikni taʼminlash uchun kriptografik 
usullardan foydalanadi. Ushbu protokol 2 ta tarmoq uzellari o‘rtasida xavfsiz kanal 
yaratish bo‘yicha barcha funksiyalarni bajaradi, shu jumladan tomonlarning o‘zaro 
autentifikatsiyasini hamda uzatilayotgan xabarlarning maxfiyligini, butunligini va 
autentifikatsiyasini taʼminlaydi. SSL protokoli assimetrik va simmetrik 
kriptosistemalaridan foydalanadi. SSL protokolida ikkala tomonning o‘zaro 
autentifikatsiyasi mijoz va serverlarning raqamli sertifikatlari yordamida amalga 
oshiriladi. SSL X.509 standartiga mos keladigan raqamli sertifikatlarni qo‘llab-
quvvatlaydi. 
Uzatilgan xabarlarni seans kalitlari yordamida shifrlash orqali maxfiylik 
taʼminlanadi. Seans kalitlari ham shifrlangan shaklda uzatiladi, ular server 
sertifikatlaridan olingan ochiq kalit yordamida shifrlanadi.
Uzatilayotgan xabarlarning haqiqiyligi va butunligi elektron raqamli imzoni 
shakllantirish va tekshirish orqali taʼminlanadi. Elektron raqamli imzo va seans 


180 
kalitini almashtirish uchun ochiq kalitli kriptografiya (asimmetrik shifrlash) 
ishlatiladi. Asimmetrik shifrlash algoritmlari RSA va Diffi-Hellman algoritmlaridan 
foydalaniladi. 
Xabarlarning maxfiyligini taʼminlash uchun RC2, RC4, DES, 3-DES va AES 
simmetrik shifrlash algoritmlari qo‘llaniladi. Xesh qiymatni hisoblash uchun MD5 
va SHA-1 xesh funksiyalari ishlatiladi. 
SSL protokoli mijoz va server o‘rtasidagi xavfsiz ulanishni o‘rnatish va 
qo‘llab-quvvatlash quyidagi bosqichlardan iborat: 

SSL seansini o‘rnatish; 

xavfsiz aloqa. 
SSL seansini o‘rnatish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: 

tomonlarni autentifikatsiya qilish; 

xavfsiz maʼlumot almashishda foydalaniladigan kriptografik va siqish 
algoritmlarini kelishish; 

umumiy maxfiy bosh kalitni generasiya qilish; 

maʼlumotlar almashinuvini kriptografik himoyalash uchun mo‘ljallangan 
maxfiy seans kalitlarini bosh kalit asosida generasiyalash. 
SSL autentifikatsiyaning ikki variantini taʼminlaydi: 

mijoz tomonidan server autentifikatsiyasi; 

server tomonidan mijoz autentifikatsiyasi. 
1999 yilda SSL protokoliga asoslangan va hozirda Internet standarti bo‘lgan 
TLS (Transport Layer Security) protokoli paydo bo‘ldi. SSL 3.0 va TLS 1.0 
orasidagi farq unchalik katta emas. 
SSL va TLS protokollarining kamchiliklari shundaki, ular o‘z xabarlarini 
uzatish uchun tarmoq pog‘onasining faqat bitta protokoli – IP dan foydalanadi. 
Shuning uchun ushbu protokollar faqat IP tarmoqlarda ishlashi mumkin. 


181 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish