О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti


Hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozori



Download 0,49 Mb.
bet15/22
Sana14.04.2022
Hajmi0,49 Mb.
#550599
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Bekova.MD1 (oxirgi) 27.01.2022

1.4. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozori
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning iqtisodiy mohiyati va ularning o‘ziga xos xususiyatlari to’g’risida gaprib o’tamiz. Aktivlar toifalaridan birontasi hosilaviy moliyaviy vositalar kabi qizg‘in bahs-munozaralar mavzusi bo‘lmasa kerak. Ayrim mutaxassislar nuqtai nazaridan, hosilaviy vositalar – bu «Er sayyorasida moliyaviy hayotning eng oliy shakli», boshqalarning fikriga ko‘ra esa – «ommaviy qirg‘in moliyaviy quroli». Hosilaviy vositalarning qaysi xislatlari va xususiyatlari ularning bu qadar ikki yoqlama mohiyatini belgilab berishini aniqlashtirishga harakat qilamiz.
Hosilaviy moliyaviy vositalar tushunchasi va mohiyati eng umumiy ko‘rinishda hosilaviy moliyaviy vositalar (HMV) – bu ikki taraflama yoki ko‘p taraflama bitimlar bo‘lib, ularning qiymati ular asosida yotadigan ko‘rsatkichdan hosila hisoblanadi. Bunday ko‘rsatkich sifatida xomashyo yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi, aksiya yoki obligatsiyalar kursi, valyuta kursi, fond indekslari, foiz stavkalari, kredit hodisasining ro‘y berish ehtimoli, yig‘in-sochinlar miqdori va h.k. ishtirok etishi mumkin.
Iqtisodiy adabiyotlarda hosilaviy vositalarni belgilash uchun boshqa atamalarni ham uchratish mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri nemis va ingliz tillaridan o‘zlashtirilgan «derivat» yoki «derivativ» (kelib chiqishi lotin tiliga borib taqaladigan derivation – uzoqlashtirilgan, ajratilgan) atamalari keng qo‘llanadi. Hosilaviy vositalar ko‘pincha muddatli shartnomalar deb ataladi, chunki ular o‘z shakli bo‘yicha shartnoma predmetini kelajakda etkazib berish
haqidagi bitimni ifodalaydi. Bitimlarni amalga oshirishning vaqt shartlari nuqtai nazaridan spot-bozorlar (boshqacha qilib aytganda, kassa yoki naqd pul bozori) va muddatli bozorlarni ajratib ko‘rsatish qabul qilingan.
Spot-bozor – bu savdo qatnashchilari bitim tuzilgan sanada yoki unga eng yaqin savdo kunlari bajariladigan bitimlar tuzadigan bozor.
Muddatli bozor – bu savdo qatnashchilari kelajakda bajariladigan
bitimlar tuzadigan bozor. To‘g‘risini aytganda, muddatli bozor tushunchasi hosilaviy moliyaviy vositalar bozori tushunchasidan ko‘ra kengroq tushuncha hisoblanadi, biroq bu tushunchalar ko‘pincha sinonim sifatida foydalaniladi.
Muddatli bitimlarning har qanday mohiyati masalasi hozirgacha bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda.Ilmiy adabiyotlarda bu masala borasida bir-biriga qarama-qarshi keladigan nuqtai nazarlarni uchratish mumkin: ayrim mutaxassislar ularni fuqarolik huquqi ob’ektlari deb hisoblaydi va qimmatli qog‘ozlar toifasiga kiritadi, boshqalar esa ularni shartnomalar, ya’ni yuridik faktlar deb tan oladi. Hosilaviy vositalar faqat iqtisodiy munosabatlar sohasida bo‘lishi kerak, ular har qanday tartibga solish ob’ekti sifatida tan olinish va sud himoyasiga ehtiyoj sezmaydi degan fikrlar ham mavjud.Hosila moliyaviy vositalarni tomonlarning majburiyatlarini ijro etish nuqtai nazaridan ikkita asosiy sinfga ajratish qabul qilingan:
standart (boshqacha qilib aytganda – oddiy, yoki klassik) va ekzotik (nostandart) vositalar.
AQSH da standart hosilaviy vositalarni, xuddi muzqaymoq (vanilli muzqaymoq – eng oddiysi, unga turli qo‘shimchalar qo‘shilishi esa uni o‘ziga xos qilib qo‘yadi) kabi, vanilli (plain vanilla) deb atash qabul qilingan. Bu so‘zni tarjima qilganda ba’zan kulgili holatlar ham ro‘y beradi. Masalan, bundan bir necha yil oldin OAVda treyder Jerom Kervelning vanilinga fyuchers operatsiyalari natijasida Societe Generale banki 7,2 mlrd dollar yo‘qotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Muxbirlar hattoki treyder tomonidan ochilgan pozitsiyalar asoslanmagan ekanligini ta’kidlab ko‘rsatish uchun treyderning fyuchers bitimlari hajmini vanilin savdosi hajmi bilan taqqoslashga ham harakat qilgan.Aslida esa, jurnalistlar tomonidan foydalanilgan xorijiy dastlabki manbada plain vanilla atamasi foydalanilgan, yo‘qotishlar esa fond indekslariga fyucherslar bilan bog‘liq bo‘lgan Standart hosilaviy vositalar qatoriga quyidagilarni kiritish qabul qilingan:
– forvard shartnomalar;
fyuchers shartnomalar;
– opsionli shartnomalar;
– svoplar.
Forvard shartnoma – bu ikki tomon o‘rtasidagi bitim bo‘lib, unga ko‘ra tomonlardan biri bazaviy aktivni kelajakda belgilangan vaqtda belgilangan ijro narxi bo‘yicha sotish, ikkinchi tomon esa – shu aktivni xarid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Forvard shartnomalar birjadan tashqarida tuziladi va ular tuzilgan paytda kontragentlar biron-bir xarajat qilishi shart emas.
Fyuchers shartnoma – xuddi forvard shartnomaga o‘xshab ketadigan bitim. Fyuchersning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu vosita standartlashtirilgan hisoblanadi va faqat birja savdosining ob’ekti sifatida ishtirok etadi. Opsion shartnoma – ikki tomon o‘rtasidagi bitim bo‘lib, sotuvchining javob harakatlarida xaridorga bazaviy aktivni kelajakda belgilangan ijro narxi bo‘yicha xarid qilish (agar bu xaridga opsion bo‘lsa) yoki sotish (agar bu sotishga opsion bo‘lsa) huquqini beradi. Svop – ikki tomon o‘rtasida tuziladigan, kelishib olingan shartlarga muvofiq kelajakda belgilangan to‘lovlar va (yoki) bazaviy aktivlar (shartli summalar) almashinish haqidagi bitimdir. Ekzotik hosilaviy vositalar qatorida standart vositalardan farq qiladigan shartlarda yoki bir nechta vosita xususiyatlarini birlashtiradigan
forvard, opsion va svoplarni ko‘rsatish mumkin. Ularning asosida yotadigan bazis aktivlarga qarab hosilaviy vositalar quyidagi turlarga taqsimlanadi:

  • tovar hosilaviy vositalar(neft,neft mahsulotlari,elektr energiyasi, metall,qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – don,shakar,qahva va h.k.ga derivativlar);

– valyuta hosilaviy vositalar (valyuta boyliklariga derivativlar);
– fond hosilaviy vositalari (aksiyalar, obligatsiyalar, fond indekslari, o‘zgarish indekslariga derivativlar);
– foizli hosilaviy vositalar (qarz majburiyatlari bo‘yicha foiz stavkalariga derivativlar);
– kredit hosilaviy vositalar (ular bo‘yicha to‘lovlar belgilangan kredit hodisalar ro‘y berishiga bog‘liq bo‘lgan derivativlar);
– nostandart bazis aktivli boshqa hosilaviy vositalar (jumladan, ob-havo derivativlari, saylov natijalariga asoslangan derivativlar va h.k.).
Hosilaviy vositalar muomalada bo‘ladigan bozorlarga qarab, quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
– birja vositalari (ular qatoriga fyucherslarning barcha turlari va birjada muomalada bo‘lgan standartlashtirilgan opsionlar kiradi);
– birjadan tashqari vositalar (forvardlar, birjadan tashqari opsionlar, svoplar, ekzotik hosilaviy vositalarning aksariyati).
Ijro etish usuliga qarab quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
– etkazib berish vositalari (shartnomani ijro etish vaqtida basis aktivni jismoniy yetkazib berish ko‘zda tutiladi);
– hisob-kitob vositalari (bitim tomonlaridan biri boshqa bir tomonga narx tafovutini qoplaydigan pul miqdori to‘lashini ko‘zda tutadi).
Hosilaviy moliyaviy vositalarning xususiyatlari Hosilaviy moliyaviy vositalar bozori bir turda emas, hosilaviy vositalarning har xil turlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq barcha turdagi hosilaviy vositalar uchun ularning asosiy xususiyatlari umumiy hisoblanadi: muddatlilik, hosilalilik va moliyaviy dastak samarasidan foydalanish qobiliyati. Muddatlilik xususiyati bitimni ijro etish vaqtining bitim tuzilgan vaqtdan farq qilishida namoyon bo‘ladi. Masalan, agar 15 yanvarda treyder A kompaniyasi aksiyalariga martdagi fyuchers shartnomasini 20 000 so‘m narxga xarid qiladigan bo‘lsa, bu shuni anglatadiki, 15 yanvarda tuzilgan bitim ikki oydan so‘ng – mart oyida, bitim shartlari bo‘yicha kelishilgan summa – 20 000 so‘m to‘lanishi lozim bo‘lganda ijro etiladi, sotuvchi esa shartnoma shartlari bo‘yicha A kompaniya aksiyalarini etkazib beradi.
Hosilalilik xususiyati shundan iboratki, bitim yakunlari bo‘yicha olinadigan moliyaviy natija miqdori bazaviy aktivning (yoki agar gap moddiy buyum holatida bo‘lmagan aktiv, masalan, foiz stavkasi, valyuta kursi
yoki yog‘in-sochin miqdori haqida boradigan bo‘lsa, bazaviy ko‘rsatkich
miqdorining) o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Muddatli bitimdan daromad shartnomani ijro etish narxi va bazaviy aktivning spot-bozorda ijro mahalidagi joriy narxi o‘rtasida tafovut yuzaga kelishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, agar tomonlar 1 fevralda 1 unsiyasi uchun 25 dollar narxda 1000 unsiya kumush xarid qilish haqida uch oylik forvard shartnoma imzolagan, 30 aprelga kelib esa kumush narxi 22 dollargacha tushib ketgan bo‘lsa, sotuvchi shartnoma shartlari bo‘yicha kumushni sotadi va xaridordan 25 000 dollar oladi. U kumushni shu zahotiyoq spot-bozorda shu narxda sotishi va bu operatsiyadan 3000 dollarga teng bo‘lgan daromad olishi mumkin (1000 unsiya x (25 dollar – 22 dollar) = 3000 dollar).
Moliyaviy dastak samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, hosilaviy moliyaviy vositalar bazaviy bozor aktivlari bilan taqqoslaganda kichikroq investitsiyalar bilan ko‘proq foyda olishga imkon beradi. Masalan, agar
investor bugungi kunda spot-bozorda 500 so‘mdan sotilayotgan X kompaniya aksiyalarining uch oy davomida o‘sishiga ishonchi komil bo‘lsa, u mazkur aksiyalardan 100 tasini bugun sotib olishi va narx o‘sishini kutishi mumkin. Faraz qilaylik, uch oydan so‘ng narx 550 so‘mgacha o‘sadi. Investor oladigan foyda 100 x (550 – 500) = 5000 so‘m, yillik foizdagi daromadlilik esa bo‘ladi. Agarda investor buning o‘rniga ijro etish narxi 500 so‘m bo‘lgan opsion sotib olib, buning uchun mukofot to‘laganda (faraz qilaylik, opsion mukofoti – 3000 so‘m), aksiyalarni xarid qilish xarajatlari (3000 so‘mga qarshi 50000 so‘m) bilan taqqoslab bo‘lmaydigan xarajatlarda investor oladigan foyda 100 x (550 – 500) – 3000 = 2000 so‘m,operatsiyaning yillik foizdagi daromadliligi esa bo‘lgan bo‘lardi.[]


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish