Kirish
Ko’pchilik kompaniyalar o’z faoliyatlarini katta bo’lmagan tor ixtisosli korxona sifatida mahalliy va hududiy bozorlarga xizmat ko’rsatib boshlaydilar. Boshlang'ich bosqichda mahsulot assortimenti katta bo’lmaydi, o’z mablag’lari cheklangan, raqobat pozitsiyalari zaif bo’ladi. Ko’p yosh kompaniyalar bozordagi ulushini oshirib va xaridorlar e'tiborini qozona borib, odatda sotuv hajmlarini oshirishga harakat qiladilar. Narx, sifat, xizmat ko’rsatish va reklama xaridorlar manfaatlariga bo'ysundiriladi. Keyingi bosqichda geografik ekspansiya uchun imkoniyatlar axtariladi. U shunday davomiylikda kechadi: mahalliy, hududiy-milliy-xalqaro bozorlar. Bozorlarga kirib borish darajasi rentabellik darajasiga bog’liq ravishda o’zgarib turadi.
Kompaniya bir tarmoqning imkoniyatlaridan foydalanib, daromad olib turar ekan, diversifikatsiyani amalga oshirishning hech qanday zaruriyati yo'q. Lekin, o’sish salohiyati qisqarib borar ekan boshqa sohalar faoliyatiga diversifikatsiya qilish strategik jihatdan o’zini oqlaydi yoki to’gri bo’ladi. Bunday strategik imkoniyatlar turlichadir. Kompaniya turdosh tarmoq kabi o’zi uchun butunlay yangi bo’lgan tarmoqqa ham diversifikatsiya qilishi mumkin. Buni katta va katta bo’lmagan hajmlarda amalga oshirish mumkin. Biznesning bir turida faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalar uzoq yillar diversifikatsiyasiz amal qilib havas qilarli natijalarga erishishlari mumkin. Bunga misollar ko’p. Bir sohada kontsentratsiya - jamlanish qator foydali tashkiliy va boshqaruv ustunliklariga egadir. Birinchidan, konsentratsiya «biz kimmiz va nima bilan shug’ullanamiz» degan savoldagi mavhumiylikni istisno qiladi. Bunda barcha kuch biznesning bir turiga yo'naltiriladi va rahbariyatning xatti-harakatlari boshqa sohalarga «sochilib ketish» ehtimoli bo’lmaydi.
Ikkinchidan, bir sohada jamlanish jiddiy rag’batlar borligini ko’zda tutadi. Ular menejerlarni bir daqiqalik foyda olishga emas, korxonaning tarmoqdagi raqobat pozitsiyalarini uzoq kelajakda xam mustahkamlashga rag'batlantiradi.
Boshqa tomondan, bir yo'nalishda jamlanish, uning harakatlarini bir tomonga yo'naltirish kompaniya uchun katta tavakkalchilik bo’lib hisoblanadi. Obrazli qilib aytganda «uning, korxonaning barcha tuxumlari bir savatda bo’ladi».
Sekin o’sayotgan tarmoq sharoitida kuchli kompaniyalar diversifikatsiyani boshlash uchun naqd pul ortiqchaligidan foydalanish imkoniyatini ko’rib chiqishlari kerak. Diversifikatsiyani boshlash masalasi qisman kompaniyaning mazkur tarmoqda o’sish imkoniyatlariga, qisman uning raqobat pozitsiyalariga bog’liqdir. Korxona o’zining asosiy ustunliklaridan samarali foydalana oladigan sohalarga diversifikatsiya qilishi eng yaxshi strategiya bo’lib hisoblanadi. Lekin korxona uchun butunlay yangi bo’lgan tarmoqlarga diversifikatsiyalash, turdosh tarmoqlarning birortasiga ham o’sish istiqbollarini ta’minlay olmay qolgan taqdirda ko’zda tutilishi kerak. Shunday qilib, «qachon diversifikatsiyalash kerak?» degan masalani hal etish, bir tomondan korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasiga, boshqa tomondan tub tarmoqdagi qolgan imkoniyatlariga bog’liqdir. Kompaniyalar diversifikatsiyani amalga oshirishlarining aniq belgilangan vaqti yo'q.
Kompaniyalar uchun uzoq muddatli daromadni maksimallashtirishning ma’nosi shuki, kompaniya odatda o’z bozori doirasida narxdagi ustunlik, tabaqalashtirish va fokuslanish strategiyalari vositasida yaxshi raqobatlashadi. Ammo bu strategiyalar (sotishda va ta’minotda strategik ustunliklarga ega bo’lish uchun) oldinga va orqaga vertikal integratsiyani ham o’z ichiga olishi mumkin. Yana bir imkoniyat kompaniya faoliyatini diversifikatsiyalashdir. Kompaniyaning o’sishi va rivojlanishi odatda uchta asosiy bosqichdan iborat:
- milliy bozorda yakka biznesga ixtisoslashish;
- vertikal integratsiya, yoki asosiy biznesdagi eng kuchli pozitsiya tomon global ekspansiya;
- erkin resurslarni biznesning boshqa turiga investitsiyalash yo'li bilan diversifikatsiyalash.
Bularning barchasi kompaniyaning o’sishiga olib keladi, ammo «Diversifikatsiyalash darajasi» oshgan sari kamayuvchi qaytim «qonuni»ni nazarda tutish kerak.
Ma’lum bir nuqtadan so’ng ekstensiv diversifikatsiyalash, vertikal integratsiya va biznesning baynalminallashuvi sarflangan kapital birligiga to’gri keladigan daromadlarning kamayishiga olib keladi, chunki kompaniya birinchi navbatda eng daromadli qulay imkoniyatlarni amalga oshiradi, so’ngra eng kam daromad keltiruvchi imkoniyatlar qoladi, bu esa korxonaning o’sish imkoniyatlarini cheklab qo'yadi.
Tavsiya etilgan asosiy adabiyotlar:
1. Frank Rothoemel Strategic Management: Concepts (2nd edition) Mc Graw-H:II Education 9 January. 2014. USA. 528 p.
2. Fred R.David. Strategic Management: A Competitive Advantage Approach, Concepts & Cases. Pearson. 2014. USA. 696 p.
3. Michael A. H:II. Strategic Management: Competitiveness and Globalization - Concepts and Cases. South - Western Collage Pub. 2014. USA. 896 p.
4. Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. 2012. 778 p.
5. Лапыгин Ю.Н. Стратегический менеджмент: учеб. пособие. – М.: Эксмо, 2010. – 432 с.
6. Маленков Ю.А. Стратегический менеджмент. Учебник. – М.: Проспект, 2009. – 224 с.
7. Клифф Баумен. Основы стратегического менеджмента. М., “Банки и биржи”. 2011. –357 с.
8.Yo'ldoshev N.Q. Strategik menejment. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2011. - 140 b.
Qo'shimcha adabiyotlar:
1.SH.M. Mirziyoev "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak". Toshkent: "O'zbekiston", 2017.
2. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlartirish chora – tadbirlari to’g’risida”. Xalq so’zi. 2017 yil 21 aprel’, № 79 (6773)
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2020 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://kun.uz/99444746.
5. Yo'ldoshev N.Q. va b, "Strategik menejdment". Darslik.-T.:TDIU, 2013 y.
6. Muxammadiev U.A., Jabriev A.N., Bektemirov A.B. "Strategik menejment". O'quv qo'llanma. Toshkent. 2010.
Internet saytlari:
1. http://www.economics.ru;
2. http://www.ved.ru/;
3. http://www.ser.ru/;
4. http://www.lex.ru/;
5.http://artel.uz/;
6.http://wikipediya.ru/;
7.http://gazeta.uz/;
8.brauser:google
Do'stlaringiz bilan baham: |