O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti


Kurs ishining predmeti va obyekti



Download 0,82 Mb.
bet2/13
Sana11.11.2020
Hajmi0,82 Mb.
#52049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sheraliyeva Zilola. Kurs ishi

Kurs ishining predmeti va obyekti, ishlab chiqarish tizimi faoliyat koʼrsatayotgan sharoitda xodimlarning salohiyatidan toʼlaqonli va samarali foydalanish, ularning mehnatini tashkil etish va rag’batlantirish tizimi kurs ishi obyekti hisoblansa, mehnatini tashkil etish va rag’batlantirish tizimidagi munosabatlari kurs ishining predmeti hisoblanadi. To’g’ri yunaltirlgan motivatsiya nafaqat ishchi kadrlarni korxonaga bo’lgan sodiqligini va ish samaradorligini oshiradi balki, keljakda rejalashtirilga o’rinlar uchun ham iqtidorli kadrlarni o’ziga jalb qiladi. Shu bilan birgalikda kadrlar menejeri bu ishlarni olib borish mobaynida normativ-huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, qonun doirasida ish olib bormog’i lozim. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining X bob. Kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari; 166-modda. Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar, 167-modda. Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda beriladigan kafolatlar, 168-modda. Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilishi bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni pul bilan ta’minlash manbalari va bu to‘lovlarni amalga oshirish tartibi, 169-modda. O‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish, 170-modda. Ish bilan bog‘liq xarajatlarning kompensatsiyasi, 171-modda. Xizmat safari davrida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda xarajatlarni to‘lash,172-modda. Boshqa joydagi ishga ko‘chib borganda xarajatlarni to‘lash, 173-modda. Xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun xarajatlarni to‘lash1 kabi moddalarga asosan xodimlarni mehnat faoliyatini kafolatlab, ularning bajargan ishlari uchun munosib ravishda kompensatsiyalanadi. XI bob. Mehnat intizomi; 174-modda. Korxonada mehnat tartibi, 175-modda. Intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlar, 176-modda. Xodimning burchlari,177-modda. Ish beruvchining burchlari, 178-modda. Xodimlarni ularga yuklatilgan mehnat vazifalari bilan tanishtirish,179-modda. Mehnat intizomini ta’minlash,180-modda. Mehnat uchun rag‘batlantirish,181-modda. Intizomiy jazolar, 183-modda. Intizomiy jazoning amal qilish muddati, 184-modda. Intizomiy jazo ustidan shikoyat qilish singari moddalarga asoslanib tashkilotda mehnat intizomini yaratish va bu intizomga rioya qilmaganlarni munosib ravishda jazolar tayinlash yoki rioya qilgan holda o’z mehnat vazifasini bajargan holda, korxona samaradorligiga o’z hissasini qo’shgan xodimlarni munosib ravishda rag’batlantirishi mumkin. Xususan, Oliy ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish va ta’lim-tarbiya ishlari darajasi hamda sifatini oshirishda ularni moddiy rag‘batlantirishning samarali mexanizmini joriy etish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari hamda sohalarida ehtiyoj sezilayotgan yuqori malakali, raqobatdosh kadrlar tayyorlashda professor-o‘qituvchilar tarkibi qo‘shayotgan hissasi munosib baholanishini ta’minlash maqsadida o’zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan o’qituvchilar uchun keng imkoniyatlar va rag’batlantirish ishlari yo’lga qo’yilmoqda. Misol uchun, “Fuqarolar uchun 2019 yil byudjeti” loyihasi doirasida Moliya vazirligi 2019 yil uchun o‘qituvchilarning ish haqini oshirish jadvalini e’lon qildi. 2019 yilda umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini moliyalashtirish uchun jami 17 100,1 mlrd. so‘m yoki umumiy byudjet xarajatlarining 60, 2 foizini ajratish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 2018 yilda umumta’lim muassasalari xodimlari uchun bazaviy tarif stavkalari ikki bosqichga ko‘tarildi. 2019 yil boshida ular quyidagi o‘lchamlarda bo‘lishi prognoz qilinmoqda: 2019 yil 1 yanvardan boshlab boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘qituvchilari toifasiga qarab 1 614 581 so‘mdan 2 225 864 so‘mgacha ish haqi oladilar. Maktab direktori guruhiga qarab 2 236 441 so‘mdan 2 532 184 so‘mgacha ish haqi oladi.  Bundan tashqari, direktor o‘rinbosarlari uchun ish haqi miqdorini 2 387 979 so‘mgacha,  psixologlar uchun - 1 453 123 so‘mgacha,  kutubxonachilar uchun esa 966 740 so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, sinf rahbarligi uchun EKIHning 10 foizgacha miqdorida, daftarlarni tekshirganlik uchun 50 foizgacha miqdorda va 40 foizgacha bo‘lgan miqdorda rahbariyat hisobidan kasbiy mahorat uchun ustamalar to‘lanadi.2 Bu esa o’z navbatida o’qituvchi xodimlarning o’z ishiga nisbatan sadoqatini yanada oshiradi va yosh kadrlarni bu kasbga nisbatan qiziqishini oshiradi.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish