O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti


-jadval. Mehnat motivatsiyasiga taʼsir koʼrsatuvchi omillar



Download 0,82 Mb.
bet9/13
Sana11.11.2020
Hajmi0,82 Mb.
#52049
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sheraliyeva Zilola. Kurs ishi

2-jadval. Mehnat motivatsiyasiga taʼsir koʼrsatuvchi omillar

Ragʼbatlantirish qancha yuqori boʼlsa, mehnatning ham samaradorligi shuncha yuqori boʼladi. Mehnatni moddiy ragʼbatlantirish bilan birga maʼnaviy ragʼbatlantirish ham mavjudki, buning taʼsir kuchi ham moddiy ragʼbatlantirishdan kam emas. Maʼnaviy ragʼbatlantirishga quyidagilar kiradi:

 jamoa oldida yaxshi ishlayotganligini qayd etish, maʼmuriyat buyrugʼi bilan raxmatnoma va tashakkur eʼlon qilish;

 faxriylar taxtasiga, kitobiga yozish, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash;

 unvonlar berish.

 orden va medallar bilan taqdirlash.

Kadrlarning mehnat qilishi uchun bir qancha motivlar borki, bularsiz samarali mehnatning sodir boʼlishi mumkin emas. Bularga quyidagilar kiradi:

1. Koʼproq mehnat haqi toʼlanishi.

2. Yaxshi mehnat sharoitining yaratilishi. Bu xodim uchun juda katta ahamiyatga ega. Mehnat sharoiti xodimlarni ishga olib kelish, ishlash jarayonini taʼminlash va ishdan uygacha kuzatib qoʼyishni oʼz ichiga oladi. Hozir transport xarajatlari qimmat. Xodimlarning ishga borib-kelishi uchun oylik maoshning asosiy qismi ketib qoladi. Shu tufayli odamlar ozroq ish haqi boʼlsa ham, yashash joyiga yaqinroq joydagi korxonalarda ishlashni xohlaydi. Аlbatta, bu xodimning malakasiga ham, mutaxassisligiga ham toʼgʼri kelmasligi mumkin. Lekin u yoʼl haqini tejash evaziga koʼproq moddiy manfaatdor. Аmmo bundan xodim ham, uzoqroqda joylashgan korxona ham, jamiyat ham katta zarar koʼradi. Shu tufayli har bir korxona oʼz xodimini ishlatish bilan birga uni ishga olib kelish va ishdan uyigacha kuzatib qoʼyish chorasini ham koʼrishi kerak.

Har bir xodimning ishlaydigan joyi har tomonlama qulay, yorugʼ, ozoda, bahavo boʼlishi lozim. Bu borada mehnat ergonomikasi talablariga javob beradigan boʼlishi kerak. Bu ham yaxshi va samarali ishlash uchun asosiy motivlardan biridir. Korxona jugʼrofiy jihatdan ham qulay joylashgan boʼlishi lozim. U transport vositasi bekatiga yaqin, doʼkonga, oshxonaga, bozorlarga yaqin va ularga borish ham qulay joyda joylashishi ham unda ishlaydigan xodimlar uchun ahamiyatlidir.

3. Xodimning malakasiga mos ish bilan taʼminlanishi. Bu ham mehnatning muhim motivlaridan biridir. Xodim malakali boʼlsa-yu, u oddiy, malaka talab qilmaydigan ishga qoʼyilsa ham, malakasi boʼlmasdan, malaka talab qiladigan ishga qoʼyilsa ham, uning mehnatida samara boʼlmaydi. Masalan, yuqori malakali kompьyuter operatorini oddiy kalьkulyator bilan ishlaydigan joyga va oddiy kalьkulyatorda ishlay oladigan kishini kompьyuterga oʼtqazib qoʼyish ham samarasizdir. Ikki holda ham korxona, xodim, jamiyat yutqazadi. Shu uchun har bir xodimni yaxshi oʼrganib, uning qobiliyati va malakasiga yarasha ish bilan taʼminlash lozim. Korxonada shunday muhit yaratilishi lozimki, qaysiki biror xodim malakasini muntazam oshirib borsa, shunga yarasha u moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirilishi lozim, yaʼni unga loyiq ishni topib berib, kerak boʼlsa, lavozimini koʼtarib qoʼyish kerak. Bu, birinchidan, shu xodim uchun juda katta ragʼbat boʼladi. Ikkinchidan, esa korxonada texnologik jarayon takomillashib boradi. Malaka talab qiladigan ilgʼor dastgohlar ishlab chiqarishga, boshqarishga joriy qilinishining intellektual asosi yaratiladi.

4. Korxonada yaxshi maʼnaviy-ruhiy muhitning yaratilishi. Bu ham mehnat samaradorligini oshirish uchun eng muhim omillardan biridir. Chunki har bir kishi maʼnaviy jihatdan mustaqil. U mehnat jamoasida, jamiyatda oʼz oʼrniga, mavqeiga ega boʼlishni xohlaydi. Shu tufayli har bir shaxs oʼz oʼrnida yetarli darajada obʼektiv ravishda baholanishi lozim. Uning izzat-obroʼi oʼz oʼrniga qoʼyilishi kerak.

5. Har bir xodimning oʼz oʼrniga ega boʼlishini taʼminlash. Bu borada maʼnaviy-ruhiy muhitning oʼrni katta. Chunki bu omillar bir-biri bilan uzviy bogʼliq omillardir. Har bir xodim oʼzining mehnati bilan jamoaning umumiy muvaffaqiyatiga u yoki bu darajada ozmi-koʼpmi hissa qoʼshadi. Lekin u har bir xodim uchun juda kattadek tuyuladi. Shu jihatdan u oʼzi ishlayotgan mehnat jamoasida oʼz oʼrnim bor, deb his qiladi. Аynan xodimlarda shakllangan shu tuygʼuni poymol qilmaslik kerak. Zarur hollarda faqat uning yutugʼi, ishi qayd qilinsa, demak u faqat hamma ishni oʼzi qilayotgandek tuyuladi. Shuningdek, jamoaning muvaffaqiyati bevosita unga bogʼliq ekanligi va oʼzining jamiyatga, jamoaga kerakligini his qiladi. Bunday his-tuygʼu bilan bogʼliq mehnat motivatsiyasi uning samarali, unumli ishlashi uchun asos va omil boʼladi.

6. Har bir kishini shu korxonaning egasi, xoʼjayini va uning bu yerda zarur ekanligini his kilishni taʼminlash. Har bir xodim oʼzi ishlagan joyining xoʼjayini yoki egasi ekanligini his qilishi lozim. Bunga ishlaganiga qarab, yaʼni ish natijasining hajmiga qarab ish haqini oshirib borish, yil oxirida olingan foydaning bir qismini dividend tariqasida boʼlib berish orqali erishiladi. Bu tuygʼu har bir xodimda shu xoʼjalik mulkini saqlashga, tejamli boʼlishga, yilni koʼproq foyda bilan yakunlashga daʼvat etadi. Shuningdek har bir kishi samarali mehnat qilishga harakat qiladi.




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish