O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


kzopsixika  – inson psixikasining bu bo‘lagi organizmga  nisbatan tashqi bo‘lgan voqelikni aks ettiradi. E ndopsixika



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/227
Sana03.02.2022
Hajmi2,88 Mb.
#426907
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   227
Bog'liq
Rasulov

kzopsixika 
– inson psixikasining bu bo‘lagi organizmga 
nisbatan tashqi bo‘lgan voqelikni aks ettiradi. E
ndopsixika 
– inson organizmining 
31
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd 
ed р389 
32
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd 
ed р389 


74 
holatini aks ettiruvchi psixik voqelikning bir bo‘lagi. 
Intropsixika 
– fikr, iroda 
kuchi, xayolot, tushlarni o‘z ichiga olgan psixik voqelikning bir qismi.
Psixika rivojining ikki darajasi mavjud: tuban va yuqori. Psixikaning tuban 
darajasi anglanmagan ong ostini, yuqorisi esa – ongni tashkil etadi. Bundan 
shunday xulosa kelib chiqadiki, psixika ongdan ko‘ra anchagina kengroqdir. Ong – 
muzlikning ko‘rinayotgan qismi bo‘lib, uning katta qismini esa insonning 
anglangan nazoratidan yashiringan ong osti tashkil etadi.
Inson psixikasi tarkibiga: psixik jarayonlar: bilish, hissiy, irodaviy va 
anglanmagan jarayonlar; psixik holatlar: motivatsion sohada – ehtiyojlar, 
qiziqishlar, istaklar, intilishlar; emotsional sohada – sezgilarning hissiy toni, 
emotsional aks ta’sir, kayfiyat, stress, affekt; irodaviysohada – tashabbuskorlik, 
qaror qabul qilish, maqsadga yo‘nalganlik, qat’iyatlilik; ongning umumiy tarkibini 
ifodalovchi – diqqatning turli darajalari, frustratsiya, apatiya va boshqalar; psixik 
xossalar: yo‘nalganlik, temperament, fe’l-atvor, qobiliyatlar kiradi.
Shu tarzda, inson psixikasi aks ettirish va tartibga solish faoliyatining yaxlit 
psixik hodisasi demakdir.
Psixikani tushunishga oid turli yondashuvlar mavjud:
1. Antropsixizm ta’limoti (R.Dekart) – psixika faqat insonga xos.
2. Panpsixizm ta’limoti (fransuz materialistlari) – tabiatning umumiy 
ruhlanganligi; psixika butun tabiatga, butun olamga xos (shu jumladan toshga 
ham).
3. Biopsixizm ta’limoti – psixika – bu tirik tabiatning xossasi (o‘simliklarga 
ham xos).
33
4. Neyropsixizm ta’limoti (Ch. Darvin)
34
– psixika asab tizimi mavjud 
bo‘lgan organizmlargagina xos.
33
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd 
ed р387 
34
Buss, David M. Evolutionary psychology: the new science of the mind / David M. Buss. - 3rd 
ed р388 


75 
5. Miyapsixizmi ta’limoti (K.K.Platonov) – psixika faqat bosh miyali, 
naysimon asab tizimiga ega organizmlarda mavjud (bunga ko‘ra, hasharotlarda 
psixika mavjud emas, chunki ular bosh miyasiz tugunli asab tizimiga ega).
6. Tirik organizmlarda psixika kurtaklarining namoyon bo‘lish mezoni 
bo‘lib qo‘zg‘aluvchanlik hisoblanadi (A.N.Leontev) – hayotiy ahamiyatsiz bo‘lgan 
muhit omillariga (tovush, hid va b.)javoban qo‘zg‘alish, ular ob’ektiv barqaror 
aloqasiga ko‘ra muhim hayotiy qo‘zg‘atuvchilar (ozuqa, xavf) uchun 
ogohlantiruvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixiy bosqichlari.
Shunday qilib, psixologiya predmetini to‘liq bayon etish psixologiya 
fanining o‘zini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
«Psixologiya» so‘zi birinchi marta 1590 yilda nemis teolog olimi 
R.Goklenius tomonidan qo‘llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X.Volf 
birinchi marta ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki 
yirik 
ilmiy-psixologik 
asarlar: 
«Empirikpsixologiya» 
(1732) 
va 
«Ratsionalpsixologiya» (1734) ni yaratdi.
Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan 
sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan.
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, 
Xitoy, Misr, Bobil, Yunoniston)da falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi 
amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi.
XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. 
Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 
1879 yilda Leypsig shahrida dunyoda birinchi bo‘lib eksperimental psixologik 
laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V.Vundt tan olingan. Bunga mos 
ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo‘lib 
hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida 
sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar 
(G.Ebbingauz), diqqat (Dj.Kettel), hissiy holat (U.Djeyms, T.A.Ribo), ong va iroda 
(Vyursburgskaya shkola, A.Bine) xizmat qildi.


76 
XX asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko‘plab maxsus 
bo‘limlari yuzaga keldi – bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot 
psixologiyasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko‘plab 
maxsus sohalari – psixofiziologiya, oila, yosh, differensial psixologiya va 
boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy amaliy psixologiya turli yo‘nalishlar bo‘yicha 
rivojlanib bordi, inqiroz ma’lum darajada bartaraf etilgan bo‘lsada, ko‘plab 
masalalar hal etilmagan edi. 
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir 
ko‘rsatdi. Fanda matematika, kibernetika, informatika nazariyalari metodlari, 
shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo‘llanila boshladi. Psixologiya 
tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlardan faol tarzda foydalana 
boshladi.
SHunday qilib, psixologiya rivojlanish yo‘lida uzoq tarixiy yo‘lni bosib 
o‘tgan holda, o‘rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o‘zgartirib bordi. 
L.D.Stolyarenkopsixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishini to‘rt bosqichga 
ajratadi.
Birinchi bosqich. Psixologiya – ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning 
bunday ta’rifi ikki ming avval keltirilgan edi. Ruhning mavjudligi bilan inson 
hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar.
Ikkinchi bosqich. Psixologiya – ong haqidagi fan (R.Dekart, B.Spinoza, 
D.Lokk, G.Leybnits, D.Gartli). XVII asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi. 
Fikrlash, sezish, xohishga bo‘lgan layoqat ong deb ataldi. O‘rganishning asosiy 
metodi bo‘libinsonning o‘zini kuzatishi va voqelikni bayon etishi hisoblanar edi.
Uchinchi bosqich. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda 
paydo bo‘ldi (D.Uotson, E.Torndayk). Psixologiyaning funksiyalari – tajribalar 
o‘tkazish va bevosita ko‘rish mumkin bo‘lganlarni, aniqrog‘i, insonning xulq-
atvori, harakatlari, ta’sirotlarga nisbatan javoblarini kuzatish (harakatlarni keltirib 
chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi).
To‘rtinchi bosqich. Psixologiya ob’ektiv qonuniyatlarni, psixikaning faoliyat 
va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlarni o‘rganuvchi fan sifatida.


77 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish