6. Paporotniksimonlar - Pterophyta. Bular qadimiy o‘simliklar bo‘lib hisoblanadi. Qadimiyligi bilan ular riniofit va plaunsimonlardan keyin turadi. Geologik kelib chiqishi tahminan qirq bo‘g‘imsimonlar bilan bir davrga to‘g‘ri keladi.
Poporotniklar 300 avlod va 10000 turni o‘z ichiga oladi. Bular cho‘l, dasht, botqoqlik, ko‘llar, sho‘r suvlar va o‘rmonlarda hayot kechiradi. Tropik iqlim sharoitida o‘suvchi vakillarinnig balandligi 25 - 30 m ga, tanasining diametri 50 sm ga yetadi. Mayda vakillari bir necha mm ni tashkil qiladi.
Paporotniklar barglari yirik patsimon bo‘lib, ular yer usti poyasida va yer osti ildiz poyasida spiral shaklida joylashadi.
Poporotniksimonlar sporadan ko‘payadi. Sporalar sporangiyda, barglarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan soruslarda yetishadi - sporalar paydo bo‘lish oldidan reduksion yo‘l bilan bo‘linadi. Sporalardan yangi yuraksimon o‘simta rivojlanadi. Bu o‘simtalardan urg‘ochi jinsiy organ-arxegoniyli va erkak jinsiy organ-anteridiy vujudga keladi. Urug‘lanish nam yoki kuchli yomg‘ir, shudringda ro‘y beradi. Paporotniklar, suvda urug‘lanadi. Paporotniksimonlar 2 sinfga: dastlabki paporotniklar va chin paporotniklarga bo‘linadi.
Dastlabki paporotniklar sinfi vakillari faqat qazilma holda topilgan. Ular hozirgi paporotniklardan kalta bo‘yi, barglarining maydaligi, poyasining yaxshi o‘smaganligi bilan farq qiladi. Hozir dastlabki paporotniklarning 60 ga yaqin turlari borligi aniqlangan.
Chin poporotniklar sinfi. Bunga kazilma holldagi va hozirgi vaqtda uchraydigan paporotniklar kiradi. Polebotanika fani chin paporotniklar yuqori perm davrida paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. Chin paporotniklar sinfi 2 ta tartibga bo‘linadi: chin yoki teng sporali hamda suv paporotniklar yoki har xil sporali paporotniklar.
GENERATIV ORGANLAR. GULNING TUZILISHI, XILMA-XILLIGI VA TO‘PGULLAR
1. Generativ organlarning vazifasi o‘simliklarni jinsiy ko‘payishiga xizmat qilishdir. Evolyutsiyaning dastlabki bosqichlarida generativ organlar vazifasini bir xujayrali gameta bajargan bo‘lsa yuksak o‘simliklargacha ma’lum evalyutsion bosqich bosib o‘tilgan. Kanyugatlar, diatom suv o‘tlari, bazidiyaali zamburug‘larda jinsiy ko‘payish organi yo‘q. Saprolegniya zamburug‘ida ogoniy va anteridiy hosil bo‘lgan bo‘lsa, xaltachali zamburug‘lar, lishayniklarda arxegoniy hosil bo‘ladi. Moxsimonlarda, paporotniklarda jinsiy ko‘payishga xizmat qiluvchi arxegoniy va anteridiy hosil bo‘lgan.
Gul yuksak o‘simliklar uchun xos bo‘lib evalyutsion taraqqiyotning sungi bosqichida vujudga kelgan. Gul - shakli o‘zgargan, o‘sishi chegaralangan spora hosil qilishga xizmat qiladigan organ hisoblanadi. Gulning taraqqiyoti natijasida changlanish jarayonidan keyin otalanish natijasida tuxum xujayrasi rivojlanib urug‘ va meva hosil bo‘ladi.
2. Gul kelib chiqishiga ko‘ra o‘zgargan novda bo‘lganidan barg va poya kelib chiqish xususiyatiga egadir. Poya qismiga gul bandi va gul o‘rni kirsa barg kelib chiqishiga ega bo‘lgan qismlariga gulkosabarg gultojibarg, urug‘chi va changchilar kiradi.
Yuqoridagi qismlar o‘ziga xos vazifani bajarish xususiyatiga ega. Gul bandi poyaning davomi bo‘lib, ayrim o‘simliklarda o‘z rivojlanishini tezda to‘xtatsa (olma, o‘rik, shaftoli) ko‘pchilik o‘simliklarda meva pishgungacha o‘sishni davom etiradi.
Gul urnida barcha gul qismlari joylashgan bo‘ladi. Ulvarning joylanishiga qarab gullarni uch guruhga bo‘lish mumkin.
Siklik gullar (sabzida)
Atsiklik gullar (magnoliya)
Gemitsiklik gullar (ayik-tovonda)
Siklik gullarda gul qismlari doira hosil qilib joylashadi. Doiralar soni ayrim gullarda 1 ta bo‘lsa ayrimlarida 16 tagacha bo‘ladi. bunday gullar sabzi gulini tuzilishida yaxshi ifodalangan.
Atsiklik gullarda gulkosa va gultojibarglar speral hosil qilib joylashadi. Masalan: Magnoliyada.
Gemitsilik gullarda gulkosa va gultojibarglar doira hosil qilib joylashsa, changchi va urug‘chilar speral hosil qiladi. Masalan: ayiqtovon gulida. Gul o‘rnida gul qismlarning joylanishi ma’lum qonuniyatga amal qiladi. Gulkosa va gultojibarglar gulni muhafoza qilishga xizmat qilsa, changchilar yigindisi androtseyni, urug‘chilar yigindisi ginetseyni hosil qiladi.
Gulkosa va gutojibarglar gul qavatlarini tashkil qiladi. gulda ham gulkosa, ham gultoji bargi bo‘lsa ikki qavatli, gulda yoki gulkosacha yoki gultoji barg bo‘lsa bir qavatli gullar deyiladi.
Bir qavatli gullar ayrimlari gulkosabargli (lavlagi, shavel) va gultojibargli (lola) bo‘ladi.
Gultojibarglar - gulning ikkinchi qoplamini hosil qiladi. Ularning rangi xromoplastalar va xujayra shirasi pigmentlarga bog‘liqdir. Xujayra shirasi tarikibidagi axtotsian va antoxlor pigmentlari kislotali va ishqoriy muhitga bog‘liq holda o‘z rangini nomoyon qiladi. Gul tekisligi tuzilishiga qarab gullarni 3 guruhga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |