O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov kompyuter ta’minoti


I bob. KOMPYUTER TA’MINOTI VA UNING TURLARI



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/324
Sana11.02.2022
Hajmi3,68 Mb.
#443516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   324
Bog'liq
kompyuter taminoti-1(1)

I bob. KOMPYUTER TA’MINOTI VA UNING TURLARI 
Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning 
arxitekturasi va ishlash prinsiplari, shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning 
turlari, kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari, 
kanalli va shinali sistemotexnika, mikroprosessor va kompyuter xotirasi, uzishlar 
tizimi haqidagi bilimlar va tushunchalar bilan tanishtiriladi. 
1-§. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi 
Jamiyatga kompyuter texnikasi jadallik bilan kirib keldi va kelmoqda. 
Kompyuter texnikasi ish yuritish, yangi hujjatlar va har xil axborotlarni tez va sifatli 
tayyorlash va tahlil qilish, almashish, murakkab hisob kitoblarni bajarish, ishlab 
chiqarish jarayonini ba`zi bir qismlarini avtomatlashtirishni osonlashtiradi. Yaqin 
kelajakda kompyutersiz hayotni tasavvur qilib bo`lmaydi. Shuning uchun 
kompyuter bo`yicha bilimlar juda kerak bo`ladi. 
1930-yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta 
elektromexanik analogi - differensial analizatori yaratilgan unda ma`lumotlarni 
saqlash uchun elektron lampalar qo`llanilgan. 1941- yilda nemis injeneri Z3 nomli 
birinchi bo`lib dasturlarda ishlovchi hisoblash mashinani yaratdi. 1943- yilda Buyuk 
Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring boshchiligida elektron lampalarda 
ishlovchi Koloss nomli birinchi EHM yaratildi. 1944- yilda AQSHning harbiylari 
uchun amerikalik injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida og`irligi 35 
tonnali EHM yaratdi. Bu mashina "MARK-1" deb nomlangan edi. Lekin uning 
tezligi zamon talablariga javob bermas edi. 1946- yilda amerikalik olimlar Djon 
Mochli va Prespera Ekerta birinchi universal to`liq elektron hisoblash mashinani 
yaratdilar. Ushbu mashina elektron lampalar asosida ishlaydigan "ENIAC" nomini 
olgan. 1947-yilda BELL laboratoriya xodimlari V.Shokli, J.Bardini va V.Berteyn 
tomonidan birinchi tranzistor kashf etildi. 1948-yildan esa elektron lampalar o`rniga 
kashf etilgan tranzistorlar qo`llana boshlandi. 1949-yilda Djey Forrester tomonidan 
magnitli xotira uskunalari yaratildi va shu yilda Kembridj universitetida birinchi 
xotiraga ega EHM - "EDSAC" nomli EHM yaratildi. 1959 -yilda Robert Noys 
(INTEL firmasini yaratgan shaxs) bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni 



joylashtirib integral sxemalarni yaratgan. 1968- yilda Burroughs firma tomonidan 
integral sxemalarda ishlaydigan birinchi kompyuterni ishlab chiqardi. Amerikalik 
injiner Duglas Endjelbart hozirgi sichqoncha qurilma vazifasini bajaruvchi uskunani 
1968- yilda yaratdi. 1970-yildan boshlab INTEL firmasi xotiraning integral 
sxemalarini chiqara boshladi. Marshian Edvard Xoff mikroprotsessorni kashf etgan 
(bitta kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni joylashtirdi). 1973-yildan EHM 
yangi variantlari, shaxsiy kompyuterlar yaratila boshlandi. Shu yilda Fransiyadagi 
TRUONG TRONG TI firmasi tomonidan birinchi shaxsiy kompyuter (SHK) 
yaratildi. 1973-yilda dunyoga taniqli XEROX firmasi tomonidan Alto nomli SHK 
yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi bo`lib fayllar va dasturlarni oynalar 
ko`rinishda ochish tamoyili qo`llanilgan. 1977-yilda Apple Computer firmasi 
tomonidan Apple-II nomli SHKlar ommaviy ravishda chiqarila boshlagan. 1980-
yilda Osborne Computer firmasi birinchi portativ kompyuterlarni chiqara boshladi. 
Ushbu kompyuter og`irligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega bo`lgan va narxi 1795 
dollar bo`lgan. 1981-yildan boshlab IBM (International Business Machines) firmasi 
tomonidan SHKlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi. 
Shundan beri kompyuter xayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta 
ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga taniqli bo`ldi. 
Shuning uchun SHKlar standarti shu kompyuter nomi bilan nomlanadi - IBM PC 
(Personal computer). 
Ushbu hisoblash texnikasining avlodlar almashishi elementlar bazasining 
yangilanishidangina iborat bo`lmasdan, balki har bir yangi avlod bilan EHMdan 
amaliy foydalanishda masalalarni yangicha yechish usullari va dasturli taminotning 
yangi tashkil qiluvchilari ham vujudga keldi. O`zining taraqqiyot darajasi, 
elementlar bazasi, xotirasi va tezligiga qarab EHMlar asosan besh avlodga bo`linadi.
Birinchi avlod -1946-1955-yillarni o`z ichiga oladi. EHMlarida elektron 
sxemalarning barcha elementlari alohida qismlar ko`rinishida tayyorlangan. 
Ularning ichida eng muhimlari hozirgi paytda eski radio va televizorlarda uchratish 
mumkin bo`lgan vakumli elektron lampalardir. Bunday lampalarning bir nechtasi 
metall panel shassi ustiga o`rnatilgan, o`z navbatida shassi esa EHM korpusi ichiga 



joylashtirilgan. Shu shassining o`ziga sxemaning boshqa elementlari ham 
mustahkamlab qo`yilgan. EHMning o`zi esa elektron lampali shassilar bilan 
to`ldirilib tashlangan ko`p sondagi metall shkaflardan iborat. Birinchi avlod 
mashinalari katta zallarni egallagan. Ular yuzlab tonna og`irlikka, kVt elektr 
energiyasi hisobiga ishlagan. Ularning tezligi sekundiga 10-20 ming arifmetik 
amalgacha bo`lgan. Bularga ENIAC, EDSAC, MARK-1, MESM, BESM, Strela, 
Ural, Minsk-1 kabi EHMlar kiradi. 1953-yilda yaratilgan BESM-1 kompyuterida 
4000 dona lampa, 3x5 metr hajmdagi maydonda joylashgan, tezligi sekundiga 7000 
-8000 amal bo`lib, xotirasi 4096 bayt ma`lumotni qabul qilgan.
Ikkinchi avlod -1955-1965-yillar o`rtalarini o`z ichiga oladi. EHMlari 
tranzistorlarning ixtiro qilinishi tufayli paydo bo`ldi. Tranzistorlar o`lchamlarining 
radiolampalarga nisbatan ancha kichikligi EHM bloklarini bosma platalar deb 
ataluvchi ko`rinishda tayyorlash imkonini beradi. Bunday plata bir tomondan 
tranzistorlar va boshqa elementlar joylashtirilib, kleylangan ikkinchi tomondan 
sirtida sxema elementlarini bog`lovchi yupqa ko`rinishdagi metall o`tkazgichlar 
joylashgan plastmassa plastinkadan iborat bo`lgan. Tranzistor va platalardan 
foydalanish radiolampalarga nisbatan kamroq joy egallab, kamroq energiya sarflar 
va ishonchliroq ishlar edi. Bu hol EHMni ixchamroq, arzonroq va tejamliroq 
qilishga imkon beradi. Ularning tezligi sekundiga 10 mingdan 100ming arifmetik 
amal, bunday EHMlarga hozir ishlab chiqarilmayotgan, lekin foydalanib 
kelinayotgan SA-501 modeli (AQSH,1959), Stretch (Angliya), "Minsk-2", BESM-
6, POP-8, POP-11, SM-3, SM-4, SM-1420, Ural-1, Ural-16 kabilar kiradi. 
Uchinchi avlod -1960-yillarning o`rtasi va 1970- yillarni o`z ichiga oladi. 
EHMlarining asosini integral sxemalar tashkil qiladi. Bunday sxemalar birinchi 
marta AQSHdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shahrida yaratilgan. Fizika va 
kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristalidan yasalgan 
plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerakli aralashmasining 
yupqa qatlamini surtib qo`ygan holda tuzish mumkinligini ko`rsatdi. Elementlarni 
birdagina plastinkaning ko`pgina qismlarida ham tashkil qilish mumkin. Kremniy 
kristallari ustiga surtilgan ko`p qatlamli moddalar ko`rinishidagi bunday sxema 



integral sxema nomini olgan. Bitta kristallda joylashgan dastlabki integral 
sxemelarda yuzga yaqin elementlar joylashgan edi. Integral sxemalarning ixtiro 
qilinishi EHMning elementlar bazasining keyingi rivoji uchun keng istiqbollar ochib 
berdi, bu imkoniyatlardan hozircha to`la foydalanib bo`lingani yo`q. Elektron 
sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular baholarining arzonlashishi, o`lchamlarning 
ixchamligi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga keng imkoniyat yaratdi. Bu avlod 
EHMlaridagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni saqlovchi integral sxemalar 
qo`llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan 1 mln. arifmetik amalgacha bo`lib, 
bunday EHMlarga "IBM-360" (AQSH,1965) va YeS (Ediniya sistema) oilasiga 
mansub bo`lgan YeS-1022, YeS-1035, YeS-1055, YeS-1060 kabilar kiradi. 
To`rtinchi avlod -1970 – 1980- yillarni o`z ichiga oladi. EHMlarida bir 
kremniy kristallida o`n minglab o`tkazgich elementlar bo`lgan katta integral 
sxemalar (BIS- Bolshaya integralnaya sxema) qo`llaniladi. Bir kremniy kristalida 
butunlay joylashadigan EHM protsessorining yaratilishi XX asrning ajoyib yutug`i 
bo`ldi. Bunday bir kristalli protsessorlar mikroprotsessorlar degan nomni oldi. 
Natijada bitta platada EHMning hamma qurilmalarning elektron sxemalarini 
joylashtirish mumkin bo`lib, o`ttiz yil ilgari katta zalni egallagan EHMning o`zi esa 
hajmi va narxi bo`yicha foydalanuvchining ish joyida yakka tartibda qo`llashga 
imkon yaratib berdi. Natijada shaxsiy EHMlar, cho`ntak va stol mikrokalkulyatori 
paydo bo`ldi. Hozirgi paytda ishlash tezligi, xotira sig`imi va boshqa xususiyatlari 
bo`yicha eng yuqori bo`lgan "Super EHM" mashinalari tayyorlash imkoniyati paydo 
bo`ldi. Bunday EHMlar eng zamonaviy elementlar bazasida tayyorlanib, juda 
qimmatbaho, lekin bu mashinalar fan va texnikaning turli sohalarida tengi yo`qdir. 
Ularning tezligi sekundiga 100 mingdan bir necha million arifmetik amalgacha 
bo`lib, bunday EHMlar jumlasiga hozirgi paytda ishlab chiqarishda keng 
qo`llanilayotgan Agat, Praves, IBM, DX2-66, Yamaxa, Korvet, Power Macintosh, 
Pentium rusumli SHKlar kiradi. 
Beshinchi avlod kompyuterlari optik elementlar asosida yaratilishi 
rejalashtirilayotgan bo`lib, ular kelajak mahsuli hisoblanadi. Bunda elektr toki lazer 
nurlari bilan almashtiriladi. Natijada kompyuterning tuzilishi ham tubdan o`zgaradi. 


10 
Uning asosiy xususiyatlaridan biri faqat sonli hisoblashlarni emas, balki axborotni 
kiritishda analiz qilish usuli bilan fikrlaydigan axborotlarni ham bajarish 
imkoniyatiga ega, yani kompyuter bilan muloqot tabiiy maxsus bilimga ham ega 
bo`lmog`i kerak. Xulosa qilib aytganda, beshinchi avlod kompyuterlarning ishlash 
tamoyili inson tafakko`rining faoliyatiga iloji boricha yaqinlashuvchanligi lozim. 
Demak, ushbu avlod kompyuterlarning operativ xotirasi sun`iy intellektda 
tasvirlanishi kerak. Bundan ko`rinadiki, beshinchi avlod EHMlarini faqatgina bizga 
ma`lum bo`lgan hisoblash jarayonlari uchun emas, balki inson faoliyatining turli 
sohalarida keng ko`lamda qo`llash mumkin bo`ladi. Bu sohadagi ishlar 
robototexnika sohasida sun’iy intelektga asoslangan kompyuterlardir 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish