Kompyuterning asosiy qurilmalari.
IBM kompyuterlarining asosiy
qurilmalariga quyidagilar kiradi: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha
bilan). Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk,
kontrollerlar, disektalar va lezerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va
boshqalar joylashadi.
Markaziy protsessor.
Kompyuterning eng muhim qismini markaziy
protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur
yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini
boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini
o’rnatadigan qurilma – protsessor deyiladi. Protsessorning vazifasi arifmetik va
mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko’rsatmalarning
berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallarni bajarish
xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |