3-§. Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari
Ma’lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyatining hamma
jabxalarga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib chuqurlashib bormoqda.
Umumiy soni, ko‘p yuz milliondan oshib ketgan, keng tarqalgan shaxsiy
kompyuterlardan tashqari, hisoblash tizimlarining maxsus vositalari ham
ko‘payib bormoqda. Kompyuterlar va axborot tizimlari borgan sari “do‘stona”
bo‘lib bormoqda, va hatto ular informatika sohasida mutahassis bo‘lmagan
odamlar uchun ham tushunarli bo‘lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo
foydalanuvchilar va kompyuterlarning dasturlari, bilan maxsus (tizimli) dasturiy
ta’minot – operatsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi.
Shaxsiy kompyuter uchta tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy
ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software) va mantiqiy ta’minot
(brainware)lardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |