Mikroprotsessor.
Mikroprotsessor katta bo’lmagan elektron sxema bo’lib,
barcha hisoblarni bajaradi, axborotlarni qayta ishlaydi, dasturlarning ishlashini
ta’minlaydi va kompyuter boshqa qurilmalari ishini boshqaradi. U kompyuterning
ishlash tezligini ta’minlaydi. IBM RS kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga
muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o’rnatiladi. Operativ xotira o’zida
kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar
doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur bo’lgan holda
diska qayta yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar
o’chiriladi. Bu xotira ikki qismdan iborat bo‘ladi. 1-qism operatsion sistema va
amaliy programmalar uchun mo‘ljallangan. 2-qismi tashqi xotira bo‘lib, xizmat
uchun foydalaniladi. Qattiq disk (винчестер) kompyuter bilan ishlaganda
foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo‘ljallangan.
Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot
almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda
umumiy portlar mavjud.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |