3-Mavzu:Korxonaning moddiy resurslar bilan ta'minlanganligi tahlili. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini natijasi hamda samaradorligi ularning material resurslari bilan ta'minlanganligiga bevosita bog‘liqdir. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni hajmi, sifati ulardagi material resurslarining talab darajasida bo‘lishligini obyektiv ravishda taqozo etadi. Resurslar universalligi, yangiligi hamda arzonligi nuqtayi nazaridan zamon talabiga ham mos kelishi lozim, ya'ni korxonalarning material resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashda me'yoriy hujjat va me'yoriy ma'lumotlardan foydalanish lozim. Sanoat korxonalarida biznes-rejada ko‘rsatilgan mahsulotlar miqdorini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan material resurslarining miqdori va qiymati aniqlanadi, ya'ni qancha stanoklar qancha mashinalar, mexanizmlar, shuningdek, boshqa moddiy resurslar bo‘yicha alohida-alohida hisob- kitoblar qilinadi.
Korxonalarning o‘zlarida mavjud bo‘lgan material resurslarining yil boshiga bo‘lgan miqdori yillik inventarizatsiya natijasida aniqlanadi. Ularda mavjud bo‘lgan material resurslar korxona ishlab chiqarishini davomiyligini ta'minlash uchun yetarli bo‘lmagan holarda korxonalarni zarur bo‘lgan material resurslari bilan ta'minlash uchun shartnomalar tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan.
Sotib olinayotgan material resurslarini oqimi natijasida korxo- nalarga material resurslari bilan ta'minlanganlik darajasi ortib boradi. Sanoat korxonalarining material resurslari bilan ta'minlanganligi hamda mehnatni ular bilan qurollanganligini ikkinchi savolda keltirilgan ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Masalan, korxona ixtiyorida yil boshiga 100 mln so‘mlik material resurslarining mavjudligi balansda ko‘rsatilgan. Korxona uchun esa ishlab chiqarishni bir me'yorda rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so‘mlik material resurslari zarurligi aniqlangan, demak, korxona uchun ularga bo‘lgan talab to‘liq qondirilayotgani yo‘q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo‘shimcha 70 mln so‘mga material resurslarini sotib olishni yoki qarzga, ijaraga olishni rejalashtiradi. U shu masala bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda o‘z aksini topadi. Korxona moddiy texnika ta'minotini hal etilishi natijasida yil davomida 50 mln so‘mlik material resurslari sotib olingan. Shunda korxonaning material resurslar bilan ta'minlanganlik darajasi 88,2 % ni tashkil etgan bo‘ladi (100+150)/170. Keltirilgan ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, korxona material resurslari bilan to‘liq ta'minlanmagan, ya'ni ularning miqdori 11,8 % ga kam bo‘lgan. Bu hol korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Korxonaning material resurslari bilan ta'minlanganligini tahlil etish natijasida ular bilan to‘liq ta'minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda uni kelib chiqish sabablari o‘rganiladi. Shuning bilan birgalikda ushbu salbiy natijalarni bartaraf etish imkoniyatlari va chora tadbirlari belgilanadi.
Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o‘rtacha xarajatlari ya'ni tannarxlari - ko‘p jihatdan xomashyo va materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Material resurslar miqdorini rejalashtirilgan hajmda tayyorlash mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. Material resurslardan tejab-tergab foydalanilmasa hamda ularning amaliyotdagi foydalanilishi belgilangan me'yorlarga nisbatan ortiqcha bo‘lsa, u holda keltirilgan materiallar mahsulot ishlab chiqarish davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Material resurslardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishda ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, bu holda mahsulot hajmi qanchaga kam yara- tilganligi yoki moddiy resurslardan samarali foydalanish natijasida qancha qo‘shimcha mahsulot barpo etilganligi aniqlanadi.Ularni quyidagi usullardan foydalangan holda hisoblash mumkin:
korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot birligi uchun belgilangan xarajat me'yori material resurslarga ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi;
erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko‘paytiriladi;
moddiy resurslardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan ortiqcha xarajat reja bo‘yicha ko‘zlangan xarajat me'yoriga taqsimlanadi.
Shu tartibda materiallardan samarali foydalanish natijasida erishilgan iqtisod asosida qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ularni tejab-tergab foydalanmaslik oqibatida ortiqcha xarajatlarni yuzaga kelishi zaminida ishlab chiqarilmagan mahsulot hajmi aniqlanadi. Materiallardan foydalanishni yanada chuqurroq tadqiq etish maqsadida quyidagi jadvaldan foydalanamiz: